Levilar 11 bob

1 Halol va harom hayvonlar.

1 Egamiz Muso va Horun orqali
2 Isroil xalqiga shunday dedi: “Yer yuzidagi jamiki hayvonlardan
3 ayri tuyoq va kavsh qaytaradigan har qanday hayvonni tanovul qilishingiz mumkin.
4 Lekin kavsh qaytaradigan yoki ayri tuyoq hayvonlardan quyidagilarni tanovul qilmang: tuya kavsh qaytaradiyu, lekin ayri tuyoq emas. U sizlar uchun haromdir.
5 Sug‘ur kavsh qaytaradi, lekin ayri tuyoq emas. U sizlar uchun haromdir.
6 Quyon kavsh qaytaradi, lekin ayri tuyoq emas. U sizlar uchun haromdir.
7 Cho‘chqa ayri tuyoq bo‘lgani bilan kavsh qaytarmaydi. U sizlar uchun haromdir.
8 Bu hayvonlarning go‘shtini zinhor tanovul qilmang, ularning jasadlariga qo‘l tekkizmang. Ular sizlar uchun haromdir.
9 Dengiz va daryolarda yashaydigan suzgichi va tangachalari bor har qanday jonivorni yesangiz bo‘ladi.
10 Biroq suvda yashaydigan, suzgichi va tangachalari bo‘lmagan har qanday suzadigan va boshqa turdagi jonivorni yemang. Ulardan hazar qiling.
11 Bunday jonivorlar sizlar uchun jirkanchdir. Ularning go‘shtini og‘zingizga olmang, murdasidan hazar qiling.
12 Suzgichi va tangachalari bo‘lmagan har qanday suv jonivori sizlar uchun jirkanchdir.
13 Parrandalar orasidagi quyidagi qushlarni zinhor yemang, ulardan hazar qiling, ular sizlar uchun jirkanchdir: qumoy, boltayutar, tasqara,
14 qizil kalxat, qirg‘iy va uning zoti,
15 har qanday qarg‘a va uning zoti,
16 tuyaqush, lochin, quloqli ukki, qarchig‘ay va uning zoti,
17 yapaloq qush, baliqchi ukki, boyo‘g‘li,
18 oq boyo‘g‘li, birqozon, jo‘rchi,
19 laylak, oq qarqara va uning zoti, sassiqpopishak, qo‘rshapalak.
20 To‘rt oyog‘ida yuradigan hamma qanotli hasharotlar sizlar uchun jirkanchdir.
21 Lekin qanotli hasharotlar orasidagi, to‘rt oyoqda yuradigan ba’zilarini yeyishingiz mumkin. Oyoqlari sakrash uchun bo‘g‘inlar bilan moslangan
22 chigirtkaning hamma turini va ularning zotini yeyishingiz mumkin.
23 Boshqa hamma to‘rt oyoqli, qanotli hasharotlar sizlar uchun jirkanchdir.
24 Ba’zi hayvonlar sizlarni bulg‘aydi. Ularning o‘ligiga qo‘l tekkizsangiz, kechgacha harom bo‘lasiz.
25 Harom hayvonning murdasini ko‘targan odam kiyimlarini yuvsin. U kechgacha harom bo‘ladi.
26 Tuyoqli, lekin tuyoqlari butunlay ayrilmagan yoki kavsh qaytarmaydigan har qanday hayvon sizlar uchun haromdir. Bunday hayvonning murdasiga tekkan odam harom bo‘ladi.
27 To‘rt oyog‘ida yuradigan panjali hayvonlar ham sizlar uchun haromdir. Ularning murdasiga tekkan har bir odam kechgacha harom bo‘ladi.
28 Bunday hayvonning murdasini ko‘targan odam kiyimlarini yuvsin, u kechgacha harom bo‘ladi. Ular sizlar uchun haromdir.
29 Yerda o‘rmalab yuradigan mayda jonivorlardan sizlar uchun quyidagilar haromdir: kalamush, sichqon, echkemar va uning zoti,
30 gekkon, kulrang echkemar, oddiy kaltakesak, cho‘l kaltakesagi va buqalamun.
31 Bularning hammasi sizlar uchun haromdir. Ularning murdasiga tekkan odam kechgacha harom bo‘ladi.
32 Agar bunday jonivorning murdasi biror narsaning ustiga tushsa, o‘sha narsa harom bo‘ladi. Harom bo‘lgan bunday narsa — yog‘och, mato, charm yoki qanordan bo‘lishidan va nimaga ishlatilishidan qat’iy nazar, uni suvga botirib, chayib oling. Bu narsa kechgacha harom bo‘lib, so‘ng yana halol bo‘ladi.
33 Bordi–yu, bunday jonivor o‘lib, sopol idishning ichiga tushsa, idishdagi hamma narsa harom bo‘ladi. Shunda idishning o‘zini ham sindiring.
34 Bunday idishdagi suv har qanday ovqat ustiga tushsa, ovqat ham harom bo‘ladi. Harom idishdagi har qanday ichimlik harom hisoblanadi.
35 Jonivorning murdasi tushgan hamma narsa harom bo‘ladi. Murda tandir yoki o‘choqqa tushgan bo‘lsa, shu narsalar harom hisoblanib buzib tashlansin. Ularni harom deb biling.
36 Lekin murda buloq yoki suv yig‘iladigan sardobaga tushsa, buloq va sardoba halolligicha qoladi. Ammo o‘sha jonivorning murdasiga nimaiki tegsa, bu narsa harom hisoblanadi.
37 Bordi–yu, murda ekish uchun ajratib qo‘yilgan urug‘ ustiga tushsa, urug‘ halol hisoblanadi.
38 Ammo murda suvda ivitilgan urug‘ ustiga tushsa, urug‘ harom bo‘ladi.
39 Bordi–yu, yeb bo‘ladigan hayvon o‘lsa, bunday hayvonning murdasiga tekkan odam kechgacha harom bo‘ladi.
40 Uning go‘shtidan yegan yoki murdasini ko‘targan odam kiyimlarini yuvsin. Bunday odam kechgacha harom bo‘ladi.
41 Yerda o‘rmalab yuruvchi har qanday jonivor sizlar uchun jirkanchdir. Ularni tanovul qilmang.
42 Qorni bilan sudralib yuruvchi, to‘rt oyoqli va ko‘p oyoqli jonivorlarni yemang. Ular sizlar uchun jirkanchdir.
43 Bunday jonivorlarni yeb, bulg‘anmang. Ular tufayli o‘zingizni harom qilmang.
44 Zotan Men Egangiz Xudoman. O‘zingizni Menga bag‘ishlab muqaddas bo‘linglar, chunki Men muqaddasman. O‘rmalab yuradigan jonivorlar tufayli o‘zingizni bulg‘amanglar.
45 Men Egangizman, Xudoyingiz bo‘lishim uchun sizlarni Misrdan olib chiqqanman. Shunday ekan, Muqaddas bo‘linglar, chunki Men muqaddasman.
46 Hayvonlar, qushlar, suvdagi turli jonivorlar va yerda sudraluvchi jonzotlarga oid qonunlar shudir.
47 Sizlar halolni haromdan ajrata oling, yeyish mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan tirik jonivorlarning farqiga boring.”


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак