Levilar 13 bob

1 Teri kasalligi haqida qonun. 47 Mog‘orga oid qonunlar.

1 Muso va Horunga Egamiz quyidagi qonunlarni berdi:
2 agar birortasining badanida teri kasalligiga aylanishi mumkin bo‘lgan shish, toshma yoki dog‘ paydo bo‘lsa, o‘sha odamni ruhoniy Horun yoki uning o‘g‘illaridan biri huzuriga olib keling.
3 Ruhoniy badandagi yarani ko‘rsin. Agar yara ustidagi tuklar oqargan va yara teri ostiga o‘tgan bo‘lsa, bu teri kasalligidir. Ruhoniy yarani ko‘rib bo‘lishi bilanoq o‘sha odamni, harom, deb e’lon qilsin.
4 Bordi–yu, odamning badanida oq dog‘ bo‘lib, teri ostiga o‘tmagan bo‘lsa va dog‘ ustidagi tuklar oqarmagan bo‘lsa, ruhoniy kasallangan odamni yetti kunga yolg‘izlatib qo‘ysin.
5 Yettinchi kuni ruhoniy yana o‘sha odamni ko‘rsin. Agar yara o‘zgarmagan bo‘lsa va atrofidagi teriga yoyilmagan bo‘lsa, ruhoniy o‘sha odamni yana yetti kunga yolg‘izlatib qo‘ysin.
6 Yettinchi kuni ruhoniy uni yana ko‘rsin. Agar yara tuzala boshlagan bo‘lib, atrofidagi teriga yoyilmagan bo‘lsa, ruhoniy u odamni pok deb e’lon qilsin. Bu toshmadir. U odam kiyimlarni yuvsin va u pok bo‘ladi.
7 Bordi–yu, ruhoniy tekshirib, pok deb e’lon qilgan o‘sha odamning terisidagi toshmasi yoyilib ketsa, u qaytadan ruhoniyga ko‘rinsin.
8 Ruhoniy kasalni yana tekshirsin. Agar toshma teriga yoyilgan bo‘lsa, ruhoniy u odamni harom, deb e’lon qilsin. Bu teri kasalligidir.
9 Agar odam teri kasalligiga chalinsa, uni ruhoniy huzuriga olib keling.
10 Ruhoniy uni tekshirsin. Agar teri ustida oq shish paydo bo‘lgan bo‘lib, shish ustidagi tuklar oqargan bo‘lsa va ochiq yara hosil bo‘lgan bo‘lsa,
11 bu tuzalmas teri kasalligidir. Ruhoniy u odamni harom deb e’lon qilsin, uni yolg‘izlatib o‘tirmasin, chunki uning haromligi oydindir.
12 Bordi–yu, teridagi toshma odamning butun tanasini boshdan–oyoq qoplab olsa,
13 ruhoniy uni tekshirsin. Agar toshma butun tanaga yoyilgan bo‘lsa, ruhoniy uni pok deb e’lon qilsin. Hamma teri birday oqargani uchun, bunday odam pok hisoblanadi.
14 Bordi–yu, uning badanida ochiq yara hosil bo‘lsa, o‘sha odam harom hisoblanadi.
15 Ruhoniy ochiq yarani ko‘rsin va u odamni harom deb e’lon qilsin. Ochiq yara haromdir, bu teri kasalligining belgisidir.
16 Lekin ochiq yara tuzalib, oqarsa o‘sha odam ruhoniyning oldiga kelsin.
17 Ruhoniy uni ko‘rsin. Agar yara haqiqatan ham oqargan bo‘lsa, ruhoniy kasal odamni pok deb e’lon qilsin. Shunda u pok bo‘ladi.
18 Agar birortasining badaniga chipqon chiqib, bitgan bo‘lsa–yu,
19 lekin chipqon o‘rnida oq shish yoki qizg‘ish–oq dog‘ paydo bo‘lsa, u odam ruhoniyga ko‘rinsin.
20 Ruhoniy uni ko‘rsin. Agar dog‘ teri ostiga o‘tgan bo‘lsa va tuklari oqarib qolgan bo‘lsa, ruhoniy o‘sha odamni harom deb e’lon qilsin. Demak, chipqon o‘rnida teri kasalligi hosil bo‘lgan.
21 Lekin ruhoniy uni tekshirganda, dog‘ ustidagi tuklar oqarmagan, dog‘ terining ostiga o‘tmagan va tuzala boshlagan bo‘lsa, ruhoniy o‘sha odamni yetti kunga yolg‘izlatib qo‘ysin.
22 Agar dog‘ teriga yoyilib ketsa, ruhoniy u odamni harom deb e’lon qilsin. Bu teri kasalligidir.
23 Bordi–yu, dog‘ o‘zgarmasa va yoyilmasa, chipqonning chandig‘i bo‘ladi, xolos. Ruhoniy bu odamni pok deb e’lon qilsin.
24 Agar birortasi kuyib qolsa va kuygan joyining rangi o‘zgarib, qizg‘ish–oq yoki oppoq tusga kirsa,
25 ruhoniy kuygan joyni tekshirsin. Agar kuygan joy ustidagi tuklar oqarib qolgan bo‘lsa va dog‘ teri ostiga o‘tgan bo‘lsa, demak, kuygan joy o‘rnida teri kasalligi hosil bo‘lgan. Ruhoniy bu odamni harom, deb e’lon qilsin.
26 Lekin ruhoniy uni tekshirganda tuklar oqarmagan va dog‘ teri ostiga o‘tmagan bo‘lsa, buning ustiga dog‘ tuzala boshlagan bo‘lsa, ruhoniy u odamni yetti kunga yolg‘izlatib qo‘ysin.
27 Yettinchi kuni ruhoniy u odamni ko‘rsin. Agar dog‘ teriga yoyilgan bo‘lsa, ruhoniy u odamni harom deb e’lon qilsin. Bu teri kasalligidir.
28 Bordi–yu, dog‘ o‘zgarmasa va atrofdagi teriga yoyilmasa, buning ustiga tuzala boshlagan bo‘lsa, demak, bu kuyish natijasida paydo bo‘lgan shishdir. Ruhoniy u odamni pok deb e’lon qilsin. Bu kuygan joyning izidir.
29 Agar erkak yoki ayolning boshiga yo jag‘iga yara chiqsa,
30 ruhoniy yarani tekshirsin. Yara terining ostiga o‘tgan bo‘lsa va yara ustidagi tuklar sarg‘ayib, nimjon bo‘lib qolgan bo‘lsa, ruhoniy o‘sha erkak yoki ayolni harom deb e’lon qilsin. Demak, uning boshi yoki jag‘iga qichitma chiqqan, bu teri kasalligidir.
31 Agar ruhoniy qichitmani tekshirganda yara terining ostiga o‘tmagan bo‘lsa, lekin yaraning ustida sog‘lom tuklar bo‘lmasa, ruhoniy qichitmaga chalingan bu odamni yetti kunga yolg‘izlatib qo‘ysin.
32 Yettinchi kuni ruhoniy qichitmani yana ko‘rsin. Agar qichitma yoyilmagan bo‘lsa, uning ustida sarg‘ish tuklar bo‘lmasa, yara terining ostiga o‘tmagan bo‘lsa,
33 kasal odam hamma sochini qirsin, lekin qichitma bor joyiga tegmasin. So‘ng ruhoniy uni yana yetti kunga yolg‘izlatib qo‘ysin.
34 Yettinchi kuni ruhoniy qichitmani ko‘rsin. Agar qichitma yoyilmagan va terining ostiga o‘tmagan bo‘lsa, ruhoniy u odamni pok deb e’lon qilsin. U odam kiyimlarini yuvsin, shunda u pok bo‘ladi.
35 Bordi–yu, ruhoniy uni pok deb e’lon qilgandan keyin qichitma yoyilsa,
36 ruhoniy u odamni yana tekshirsin. Agar qichitma haqiqatan ham yoyilgan bo‘lsa, sarg‘ish tukni qidirishning hojati yo‘q. U odam haromdir.
37 Bordi–yu, ruhoniyning nazarida qichitma o‘zgarmagan bo‘lsa va uning ustida qora tuklar o‘sa boshlagan bo‘lsa, qichitma tuzalgan bo‘ladi. Ruhoniy u odamni pok deb e’lon qilsin.
38 Agar erkak yoki ayolning badanida oq dog‘lar paydo bo‘lsa,
39 ruhoniy o‘sha odamni tekshirsin. Agar bu dog‘lar ko‘rinar–ko‘rinmas oqishroq tusda bo‘lsa, bu bor–yo‘g‘i toshmadir. Bunday odam pokdir.
40 Agar odamning sochi to‘kilgan bo‘lsa, u odam kal, lekin pok hisoblanadi.
41 Boshning old tomonidagi va chakkalaridagi sochlari to‘kilgan bo‘lsa, u odam kal bo‘lgani bilan pok hisoblanadi.
42 Bordi–yu, boshning kal joyida qizg‘ish–oq dog‘ paydo bo‘lsa, bu teri kasalligidir.
43 Ruhoniy uni ko‘rsin. Agar shish haqiqatan teri kasalligi singari qizg‘ish–oq tusda bo‘lsa,
44 demak, odam kasallangan, u haromdir. Boshidagi yarasi tufayli ruhoniy uni harom deb e’lon qilsin.
45 Bunday yomon teri kasalliklaridan biriga chalingan odam kiyimlarini yirtsin, sochini to‘zsin, yuzining quyi qismini berkitsin. So‘ng: “Harom! Harom!” deb baqirsin.
46 U odam kasalligi davomida harom hisoblanadi. U alohida, qarorgohdan tashqarida yashasin.
47 Agar kiyimni mog‘or bossa, jun yoki zig‘ir matosidan tikilgan kiyimni,
48 jun yoki zig‘irdan to‘qilgan matoni, charmni yo charmdan yasalgan buyumni
49 bosgan o‘sha mog‘or ko‘kimtir yoki qizg‘ish rangda bo‘lsa, bu yoyiladigan zamburug‘dir, uni ruhoniyga ko‘rsatish lozim.
50 Ruhoniy mog‘orni tekshirsin, so‘ng zararlangan narsani yetti kunga olib qo‘ysin.
51 Yettinchi kuni ruhoniy uni yana ko‘rsin. Agar mog‘or kiyimga, to‘qilgan matoga yo charmdan yasalgan har qanday buyumga yoyilgan bo‘lsa, bu yoyiladigan zamburug‘dir. Zararlangan narsa harom hisoblanadi.
52 Ruhoniy o‘sha narsani kuydirsin. Buyum yoyiladigan zamburug‘ bilan zararlangani uchun uni kuydirib yuborish kerak.
53 Bordi–yu, mog‘or kiyimga, matoga yoki charmga yoyilmagan bo‘lsa,
54 ruhoniy zararlangan o‘sha narsani yuvdirsin. So‘ng uni yana yetti kunga olib qo‘ysin.
55 Ruhoniy yuvilgan o‘sha narsani yana tekshirsin. Agar mog‘orlagan joyning rangi o‘zgarmagan bo‘lsa, mog‘or yoyilmagan taqdirda ham harom hisoblanadi. Narsaning mog‘orlagan joyi ichki yoki tashqi tomonida bo‘lishidan qat’iy nazar, uni kuydirib yuboring.
56 Bordi–yu, ruhoniy yuvilgan narsani tekshirganda mog‘orning rangi o‘chgan bo‘lsa, ruhoniy kiyim, mato yoki charmdagi mog‘orlagan joyni yulib olsin.
57 Agar mog‘or o‘sha narsada yana paydo bo‘lsa, zamburug‘ yana ko‘payishni boshlagandir, narsaning egasi uni kuydirib yuborsin.
58 Bordi–yu, yuvilgandan keyin narsadagi mog‘or ketsa, uni ikkinchi marta yuving va u pok bo‘ladi.
59 Jun yoki zig‘ir matosidan tikilgan kiyimda, jun yoki zig‘irdan to‘qilgan matoda va charmdan yasalgan har qanday buyumda hosil bo‘lgan yoyiladigan zamburug‘ga oid qoidalar shulardan iboratdir. Bular sizlarga halolni haromdan ajrata olishingiz uchun xizmat qiladi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак