Levilar 4 bob

1 Bilmasdan qilingan gunoh uchun nazrlar.

1 Egamiz Muso orqali
2 Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: agar birorta odam Egamizning amriga ko‘ra, taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qo‘yib, gunoh orttirib olsa, quyidagicha ish tutsin:
3 moy surtib tanlangan ruhoniy gunoh qilib qo‘ysa, u butun xalqni aybdor qilib qo‘ygan bo‘ladi. U qilgan gunohi uchun nuqsonsiz buqani gunoh qurbonligi sifatida Egamizga keltirsin.
4 Buqani Uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kelib, qo‘lini buqaning boshiga qo‘ysin. So‘ng buqani o‘sha yerda — Egamizning oldida so‘ysin.
5 Moy surtib tanlangan ruhoniy buqaning qonidan olib, Uchrashuv chodiriga olib kirsin.
6 U barmog‘ini qonga botirib, qonni Egamizning oldida, Eng muqaddas xonani to‘sib turgan ichki parda tomonga yetti marta sepsin.
7 So‘ng qonni Egamizning oldida Uchrashuv chodiridagi xushbo‘y tutatqi qurbongohi shoxlariga surtsin. Buqaning ortgan qonini esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi qurbonlik kuydiriladigan qurbongohning yoniga to‘ksin.
8 Gunoh qurbonligi qilingan buqaning hamma yog‘ini ajratib olsin: ichak–chovoqlarini qoplab turgan yog‘larni, hamma charvini,
9 ikkala buyrakni, buyrak atrofidagi yog‘larni va jigarning a’lo qismini. Jigarning a’lo qismi buyraklar bilan birga ajratib olingan bo‘lishi lozim.
10 Tinchlik qurbonligining yog‘lari qanday ajratib olinsa, gunoh qurbonligining yog‘lari ham shu usulda ajratib olinsin. Ruhoniy yog‘larni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh ustida kuydirsin.
11 Buqaning qolgan qismlarini: terisini, go‘shtini, kallasini, oyoqlarini va ichak–chovoqlarini
12 qarorgohning tashqarisidagi kul to‘kiladigan halol joyga olib chiqib, o‘tinlar ustida kuydirsin.
13 Agar butun jamoa Egamizning amriga ko‘ra, taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib, gunoh orttirib olsa, ular bundan xabarsiz bo‘lgan taqdirda ham, baribir aybdor bo‘ladilar.
14 Qilgan gunohlari fosh bo‘lgandan keyin, ular butun jamoa nomidan gunoh qurbonligi qilish uchun buqani Uchrashuv chodiri oldiga olib kelishsin.
15 Jamoa oqsoqollari buqaning boshiga qo‘llarini qo‘yib, uni o‘sha yerda — Egamizning oldida so‘yishsin.
16 Moy surtib tanlangan ruhoniy buqaning qonidan Uchrashuv chodiriga olib kirsin.
17 U barmog‘ini qonga botirib, qonni Egamizning oldida ichki parda tomonga yetti marta sepsin.
18 So‘ng Egamizning oldida turgan Uchrashuv chodiridagi tutatqi qurbongohining shoxlariga qondan surtsin. Buqaning qolgan qonini esa Uchrashuv chodiriga kiraverishdagi qurbonlik kuydiriladigan qurbongohning yoniga to‘ksin.
19 Keyin buqaning hamma yog‘ini ajratib olib qurbongoh ustida kuydirsin.
20 Ruhoniyning gunohi uchun keltirilgan buqani nima qilgan bo‘lsa, bu buqani ham o‘shanday qilsin. Shu yo‘sin ruhoniy jamoani gunohdan poklasin, shunda ularning gunohi kechiriladi.
21 So‘ng ruhoniy buqaning qolgan qismlarini qarorgohdan tashqariga olib chiqib, oldingi buqani kuydirganday kuydirsin. Jamoaning gunohi uchun keltiriladigan qurbonlik shudir.
22 Agar hukmdor o‘z Egasi Xudoning amriga ko‘ra, taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qo‘yib, gunoh orttirib olsa, u aybdor bo‘ladi.
23 Qilgan gunohi fosh bo‘lgandan keyin, u nuqsonsiz bir takani qurbonlik qilish uchun olib kelsin.
24 So‘ng qo‘lini takaning boshiga qo‘yib, takani Egamizning oldida, kuydiriladigan qurbonliklar bo‘g‘izlanadigan joyda so‘ysin. Bu gunoh qurbonligidir.
25 Ruhoniy barmog‘ini gunoh qurbonligi qoniga botirib, qonni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga surtsin. Qonning qolganini esa qurbongohning yoniga to‘ksin.
26 So‘ng takaning hamma yog‘ini tinchlik qurbonligining yog‘ini kuydirganday qurbongoh ustida kuydirsin. Ruhoniy shu tariqa hukmdorni gunohdan poklasin, shunda hukmdorning gunohi kechiriladi.
27 Agar jamoa a’zosi Egamizning amriga ko‘ra, taqiqlangan biror ishni bilmasdan qilib qo‘yib, gunoh orttirib olsa, u aybdor bo‘ladi.
28 Qilgan gunohi fosh bo‘lgandan keyin, nuqsonsiz echkini qurbonlik qilish uchun olib kelsin.
29 U qo‘lini gunoh qurbonligining boshiga qo‘ysin, so‘ng uni kuydiriladigan qurbonliklar bo‘g‘izlanadigan joyda so‘ysin.
30 Ruhoniy barmog‘ini qurbonlikning qoniga botirib, qonni kurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga surtsin. Qonning qolganini esa qurbongohning yoniga to‘ksin.
31 Tinchlik qurbonligining yog‘i ajratib olinganday, echkining hamma yog‘ini ajratib olsin. Egamizga yoqimli hid borishi uchun yog‘ni qurbongoh ustida kuydirsin. Shu tariqa ruhoniy gunoh qilgan odamni gunohidan poklasin, shunda uning gunohi kechiriladi.
32 Agar jamoa a’zosi qo‘yni gunoh qurbonligi qilmoqchi bo‘lsa, nuqsonsiz sovliqni olib kelsin.
33 U qo‘lini gunoh qurbonligining boshiga qo‘ysin, so‘ng uni kuydiriladigan qurbonliklar bo‘g‘izlanadigan joyda so‘ysin.
34 Ruhoniy barmog‘ini gunoh qurbonligining qoniga botirib, qonni qurbonlik kuydiriladigan qurbongoh shoxlariga surtsin. Qolgan qonni esa qurbongohning yoniga to‘ksin.
35 Tinchlik qurbonligi qilingan qo‘yning yog‘i qanday ajratib olinsa, bu qurbonlikning ham hamma yog‘ini xuddi shunday qilib ajratib olsin. So‘ng bularni qurbongoh ustida, Egamizga keltirilgan nazrlar bilan birga olovda kuydirsin. Shu tariqa ruhoniy gunoh qilgan odamni gunohdan poklasin, shunda uning gunohi kechiriladi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак