Levilar 22 bob

1 Nazrlarning muqaddasligi.

1 Egamiz Muso orqali
2 Horun va uning o‘g‘illariga shunday dedi: “Sizlar Isroil xalqining Menga bag‘ishlagan ehsonlari bilan ehtiyotkor bo‘linglar, yana Meni — Muqaddas Xudoni badnom qilib qo‘ymanglar. Men Egangizman.
3 Agar naslingizdan birontasi harom bo‘la turib, Isroil xalqi Menga bag‘ishlagan ehsonlarga yaqinlashsa, u Mening huzurimda boshqa xizmat qilmaydigan bo‘lsin. Men Egangizman.
4 Horunning naslidan teri kasalligiga chalingan yoki ajralmasi oqqan hech kim poklanmaguncha ehsondan tanovul qilmasin. Bordi–yu, ruhoniylardan birortasi jasad tufayli bulg‘angan narsaga tegsa yoki jinsiy a’zosidan maniy oqsa,
5 yohud o‘rmalab yuradigan harom jonivorga yo harom bo‘lgan odamga tegsa, o‘zi harom bo‘lgan hisoblanadi. U tekkan odam qanday yo‘l bilan harom bo‘lganligidan qat’iy nazar,
6 ruhoniy kechgacha harom bo‘ladi. Ruhoniy badanini yuvmagunicha ehsondan tanovul qilmasin.
7 Quyosh botgandan keyin u pok bo‘ladi. Ana shundagina u ehsonlardan tanovul qila oladi, chunki bu ehsonlar uning taomidir.
8 Harom o‘lgan yoki yovvoyi hayvon g‘ajigan jonivorning go‘shtini ruhoniy yemasin. Aks holda u o‘z o‘zini harom qiladi. Men Egangizman.
9 Ruhoniylar talablarimni bajarishsin. Aks holda gunohlarining jazosini olib, talablarimga rioya qilmaganlari uchun nobud bo‘ladilar. Ularni muqaddas qiladigan Egangiz Menman.
10 Ruhoniy xonadoniga mansub bo‘lgan kishilargina ehsonlardan tanovul qilishlari mumkin. Ruhoniynikida turgan musofir yoki mardikor ehsonlardan tanovul qilmasin.
11 Lekin ruhoniy o‘z kumushiga sotib olgan yoki uning xonadonida tug‘ilgan qulu cho‘rilar bu nazrlardan tanovul qilishlari mumkin.
12 Agar ruhoniyning qizi ruhoniylar qavmiga mansub bo‘lmagan odamga turmushga chiqsa, ehsonlardan tanovul qilish unga man etilsin.
13 Bordi–yu, ruhoniyning bu qizi farzand ko‘rmay beva bo‘lib qolsa yoki eridan ajralsa, otasining xonadoniga qaytib kelganidan keyin qizlik davridagiday otasining taomidan tanovul qilishi mumkin. Ammo ruhoniylar qavmiga mansub bo‘lmagan odam ruhoniyning taomidan tanovul qilmasin.
14 Agar biror odam bilmagan holda ehsondan yeb qo‘ysa, u ruhoniyga keltirgan zararni to‘lab, ustiga beshdan bir qismini qo‘shib bersin.
15 Ruhoniylar Isroil xalqining Menga keltirgan ehsonlarini bulg‘ashmasin.
16 Ularni boshqalarning tanovul qilishiga yo‘l qo‘yishmasin. Aks holda ruhoniylar Isroil xalqini aybdor qilib qo‘yishadi, xalq ayb qurbonligi keltirishi kerak bo‘ladi. Ehsonni muqaddas qiladigan Egangiz Menman.”
17 Egamiz Muso orqali
18 Horunga, uning o‘g‘illariga va butun Isroil xalqiga quyidagi qoidalarni berdi: Isroil xalqidan yoki orangizda yashayotgan musofirlardan birortasi bergan va’dasi ustidan chiqmoqchi bo‘lib yoki ko‘ngildan chiqarib, kuydiriladigan qurbonlik keltirmoqchi bo‘lsa
19 nuqsonsiz buqa, qo‘chqor yoki takani olib kelsin. Shunda qurbonligi qabul bo‘ladi.
20 Nuqsoni bor jonivorni olib kelmang, bunday qurbonligingiz qabul bo‘lmaydi.
21 Agar birortasi bergan va’dasi ustidan chiqish uchun yoki ko‘ngildan chiqarib, Egamizga tinchlik qurbonligini keltirmoqchi bo‘lsa, podasi yoki suruvidan nuqsonsiz jonivorni tanlab olsin. Qurbonligi qabul bo‘lishi uchun jonivor bekami– ko‘st bo‘lsin.
22 Ko‘r, jarohatlangan, mayib, yarasidan yiring oqqan, qo‘tir yoki qichimasi bor jonivorni Egamizga keltirmang, uni olovda kuydiriladigan nazr sifatida qurbongoh ustida kuydirmang.
23 Bir tuyog‘i kalta yoki uzun bo‘lgan buzoqni yoki qo‘zichoqni ko‘ngildan chiqarib beradigan qurbonlik sifatida keltirishingiz mumkin. Lekin bunday jonivorni bergan va’dangiz ustidan chiqish uchun olib kelmang, u qabul bo‘lmaydi.
24 Moyagi ko‘kargan, ezilgan, uzilgan yoki kesib olingan jonivorni Egamizga keltirmang. Yurtingizda bunga yo‘l qo‘ymang.
25 Xudoyingizga qurbonlik keltirmoqchi bo‘lgan musofirdan ham mayib jonivorni qabul qilmang. Bunday jonivor nuqsonli bo‘lgani uchun qabul bo‘lmaydi.
26 Egamiz Musoga yana dedi:
27 “Yangi tug‘ilgan buzoq, qo‘zichoq yoki uloqcha yetti kun onasining yonida bo‘lsin. Yettinchi kundan keyin uni olovda kuydirib, Menga nazr qilishingiz mumkin.
28 Lekin podangizdagi yoki suruvingizdagi ona, bolani bir kunda so‘ymang.
29 Menga shukrona qurbonligini keltirmoqchi bo‘lganingizda qoidalarga rioya qilgan holda keltiring, toki qurbonligingiz qabul bo‘lsin.
30 Qurbonlikning go‘shtini o‘sha kuniyoq tanovul qiling. Undan ertalabgacha hech narsa qoldirmang. Men Egangizman.
31 Amrlarimni bitta qoldirmay bajaring. Men Egangizman.
32 Meni — Muqaddas Xudoni badnom qilmang. Butun Isroil xalqi Meni muqaddas deb bilsin. Men sizlarni muqaddas qiladigan Egangizman.
33 Xudoyingiz bo‘lish uchun sizlarni Misr yurtidan olib chiqqanman. Men Egangizman.”


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак