Levilar 25 bob

1 Yettinchi yil. 8 Qutlug‘ yil. 35 Kambag‘allarga qarz berish haqida. 39 Qullarni ozod qilish haqida.

1 Egamiz Muso orqali Isroil xalqiga Sinay tog‘ida shunday dedi:
2 “Men sizlarga berayotgan yurtga kirganingizdan keyin, har yettinchi yili yeringizga dam bering.
3 Olti yil davomida dalalaringizga ekin ekinglar, uzumzorlaringizni butab, hosilini yig‘inglar.
4 Yettinchi yili esa yer to‘liq dam olsin, Men, Egangizga bag‘ishlangan yil bo‘lsin. Shu yili dalalaringizga ekin ekmanglar, uzumzoringizni xomtok qilmanglar.
5 Yerdan o‘sib chiqqan boshoqlarni o‘rmanglar, xomtok qilinmagan tokdagi uzum boshlarini yig‘manglar. Yer bir yil to‘liq dam olsin.
6 Ammo o‘sha yili yerdan tabiiy holda o‘sib chiqqan hamma narsani yeyishingiz mumkin. Bular sizlar uchun, qulu cho‘rilaringiz uchun, mardikoru siznikida vaqtinchalik turgan musofirlar uchun ozuqa bo‘ladi.
7 Mol–holingiz va yurtingizdagi yovvoyi hayvonlar ham yer hosilidan oziqlanishadi.
8 Yetti yilni yetti marta qo‘shib sana, hammasi bo‘lib qirq to‘qqiz yil bo‘lsin.
9 So‘ng yettinchi oyning o‘ninchi kuni, ya’ni Poklanish kuni butun yurt bo‘ylab karnaylar chalinsin.
10 Elliginchi yilni muqaddas deb biling. O‘sha yili yurt bo‘ylab hamma odamga ozodlik e’lon qiling. Shu yil sizlar uchun Qutlug‘ yil bo‘lsin. Har kim ota–bobosining joyiga, o‘z qavmiga qaytib borsin.
11 Ha, elliginchi yil sizlar uchun Qutlug‘ yil bo‘lsin. Shu yili ekin ekmanglar, yerdan o‘sib chiqqan boshoqlarni o‘rmanglar, xomtok qilinmagan tokdagi uzum boshlarini yig‘manglar.
12 Bu Qutlug‘ yil bo‘lgani uchun, uni muqaddas deb bilinglar. To‘g‘ridan– to‘g‘ri daladan uzilgan hosilni yeyishingiz mumkin.
13 Qutlug‘ yili hammangiz ota–bobongizdan qolgan mulkingizga qaytib boring.
14 Yeringizni qo‘shningizga sotganingizda yoki qo‘shnidan yer sotib olganingizda g‘irromlik qilmang.
15 Yer sotib olganingizda yerning narxi keyingi Qutlug‘ yilgacha qolgan yillarning hisobiga asoslangan bo‘lsin. Sotuvchi yerning narxini qolgan hosilli yillarning miqdoriga qarab belgilasin.
16 Agar hali ko‘p yil bor bo‘lsa, yerning bahosini oshirsin. Bordi–yu, ozroq yil qolgan bo‘lsa, bahosini kamaytirsin. Sotuvchi aslida yerni emas, balki yer beradigan hosil miqdorini sotadi.
17 G‘irromlik qilmang, Men, Xudoyingizdan qo‘rqing. Men Egangiz Xudoman.
18 Qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaring, shunda yurtingizda tinch yashaysizlar.
19 Yer hosilini beradi, sizlar to‘yguningizcha uning ne’matlaridan yeysizlar. Yurtingizda bexatar yashaysizlar.
20 Sizlar: — Ekin ekib hosil olmasak yettinchi yili nima yeymiz? — deb so‘rashingiz mumkin.
21 Men oltinchi yili hosilingizga baraka beraman. O‘sha yili sizlar uch yilga yetadigan hosil yig‘ib olasizlar.
22 Sakkizinchi yili urug‘ ekkaningizda oltinchi yil davomida yiqqan hosildan tanovul qilasizlar. To‘qqizinchi yili ham hosilingiz pishguncha hanuz eski hosildan yeysizlar.
23 Yerni faqat vaqtinchaga soting, chunki yer Menikidir. Sizlar esa Mening yerimda yashab yurgan musofir va kelgindisizlar.
24 O‘z yerini sotgan odamga yerini qayta sotib olish imkoniyatini yaratib bering.
25 Agar yurtdoshingiz qashshoqlashib meros qilib olgan yerining bir qismini sotsa, uning eng yaqin qarindoshi sotilgan yerni qaytarib sotib olsin.
26 Agar yerni qaytarib sotib oladigan qarindoshi bo‘lmasa va u odamning o‘zi keyinchalik mol–dunyo topib, yetarli mablag‘ yig‘sa, u o‘z yerini qaytarib sotib olishi mumkin.
27 Buning uchun u Qutlug‘ yilgacha qolgan yillar davomida yerdan olinadigan daromadni hisoblab chiqib, xaridorga to‘lasin, shundan keyin o‘z mulkini qaytarib olsin.
28 Bordi–yu, yerni qaytarib sotib olishga qurbi yetmasa, yer xaridorning ixtiyorida Qutlug‘ yilgacha qolsin. Qutlug‘ yili yer asl egasiga qaytib berilsin.
29 Bordi–yu, birortasi devor bilan o‘ralgan shahar ichidagi uyini sotsa, sotilgan kundan boshlab bir yil o‘tguncha uyini qaytarib sotib olishi mumkin. Uyni qaytarib sotib olish muddati bir yildir.
30 Bir yil o‘tguncha u uyini qaytarib sotib olmasa, devor bilan o‘ralgan shahar ichidagi bu uy xaridorning mulkiga aylanib, abadiy uning va naslining ixtiyorida qoladi. Qutlug‘ yilida ham uning ixtiyoridan chiqmaydi.
31 Atrofi devor bilan o‘ralmagan qishloqlardagi uylar dala sifatida hisoblansin. Bunday uylarni har qanday vaqtda qaytarib sotib olish mumkin, Qutlug‘ yilda ular asl egasiga qaytarib berilsin.
32 Levilarning shaharlariga kelsak, levilar o‘z shaharlaridagi uylarini qaytarib sotib olish huquqiga doimo ega bo‘lishsin.
33 Bordi–yu, levi bunday shahardagi sotilgan uyini qaytarib sotib olmasa, bu uy unga Qutlug‘ yili qaytarib berilsin. Zotan levilarga qarashli shaharlardagi uylari levilarning Isroil xalqi orasidagi mulkidir.
34 Lekin ularning shaharlari atrofidagi yerlar zinhor sotilmasin, chunki bu yerlar levilarning abadiy mulkidir.
35 Agar biror yurtdoshingiz nochor ahvolga tushib, sizga qarab qolsa, unga yordam bering. U orangizda g‘arib yoki musofirday yashasin.
36 Undan foydalanib pul ishlamang, foyda ham olmang, Men, Xudoyingizdan qo‘rqing. Bunday yurtdoshingizning orangizda yashashiga yo‘l qo‘ying.
37 Bergan qarzingizdan foiz talab qilmang, ovqatni o‘z narxidan qimmatga sotmang.
38 Men Egangiz Xudoman. Men Xudoyingiz bo‘lishim uchun va sizlarga Kan’on yurtini berish uchun sizlarni Misrdan olib chiqqanman.
39 Agar yurtdoshingizdan birortasi o‘ta qashshoqlashib, o‘zini sizga sotsa, uni qulday ishlatmang.
40 Unga mardikor yoki musofirday muomala qiling. U Qutlug‘ yilgacha siznikida xizmat qilsin.
41 Qutlug‘ yili u bolalari bilan ozod bo‘lsin. Ular o‘z xonadoniga, ota–bobolarining mulkiga qaytib borishsin.
42 Binobarin ular Mening qullarimdir, Men ularni Misr yurtidan olib chiqqanman. Ularni qulday sotmanglar.
43 Ularga zulm o‘tkazmanglar, Men, Xudoyingizdan qo‘rqinglar.
44 Agar qulu cho‘rilarga muhtoj bo‘lsangiz, ularni atrofingizdagi xalqlardan sotib olishingiz mumkin.
45 Orangizda yashayotgan musofirlardan va ularning Isroil yurtida tug‘ilgan bolalaridan ham qulu cho‘rilar sotib olishingiz mumkin. Ular sizning mulkingiz bo‘ladi.
46 Ularni o‘zingizdan keyin bolalaringizga meros qilib berishingiz mumkin. Ularga qullarga muomala qilganday muomala qiling. Lekin Isroil xalqidan bo‘lgan birodarlaringizga zulm qilmang.
47 Agar orangizda yashayotgan musofir boylik orttirsayu, Isroillik birodaringiz esa qashshoqlashib o‘zini musofirga yoki musofirning qavmidan bo‘lganlarga sotsa,
48 birodaringiz ozod bo‘lish huquqiga ega bo‘lsin. Uning aka–ukasi ozodlik haqini to‘lab, uni ozod qilsin.
49 Shuningdek, amakisi, amakivachchasi yoki boshqa bir qarindoshi ozodlik haqini to‘lab, uni ozod qilishi mumkin. Sotilgan odamning o‘zi ham davlat orttirsa, o‘z o‘zini ozod qila oladi.
50 Buning uchun u xaridori bilan kelishib, o‘zini sotgan yildan boshlab Qutlug‘ yilgacha qolgan yillarning sonini hisoblab chiqsin. Ozodligining bahosi o‘sha yillar davomida mardikorga to‘lanadigan ish haqi asosida belgilansin.
51 Agar Qutlug‘ yilgacha hali ko‘p yillar bor bo‘lsa, ozodlik bahosi xaridor to‘lagan narxga asoslangan bo‘lsin.
52 Bordi–yu, Qutlug‘ yilgacha oz qolgan bo‘lsa, qolgan yillarni hisoblab, shunga yarasha ozodligining narxini to‘lasin.
53 Musofir sotib olgan birodaringizga bir yilga yollagan ishchiga muomala qilganday muomala qilsin. Isroillik birodaringizga zulm o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymang.
54 Agar sotilgan birodaringiz ozodlik haqini to‘lab ozod bo‘lmasa, u Qutlug‘ yili bola–chaqalari bilan ozod qilinsin.
55 Zotan Isroil xalqi Mening qullarimdir, ularni Misr yurtidan Men olib chiqqanman. Men Egangiz Xudoman.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак