Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy 11 bob

1 Oxirzamonning ikki shohidi. 15 Yettinchi karnay: samodagi hamdu sano.

1 Menga o‘lchash uchun bir qamish berildi, so‘ng shunday deb aytildi: “Bor, Xudoning Ma’badini va qurbongohni o‘lchab chiq. U yerda sajda qiluvchilarni sanagin.
2 Ma’badning tashqi hovlisini esa qoldir, uni o‘lchama. Chunki u yer butparastlarga berilgan. Ular muqaddas shaharni qirq ikki oy oyoq osti qiladilar.
3 Men ikki shohidimga qudrat beraman. Ular egnilariga qanor kiyib, 1260 kun davomida va’z qiladilar.
4 Bu ikki shohid — butun dunyo Egasining huzurida turgan ikkita zaytun daraxti va ikkita chiroqpoyadir.
5 Bordi–yu, birontasi ularga ozor yetkazmoqchi bo‘lsa, ularning og‘zidan olov chiqib, o‘sha dushmanni yeb bitiradi. Ularga ozor berishni istaganlar shu yo‘sinda halok bo‘ladi.
6 Bu ikki shohid va’z qiladigan kunlarda yomg‘ir yog‘masligi uchun Xudo ularga osmonni berkitish qudratini bergan. Ularga yana suvni qonga aylantirish va yer yuzini istagan vaqtlarida turli baloyu ofatlarga yo‘liqtirish qudrati berildi.
7 Ular shahodat berib bo‘lganlaridan keyin, tubsiz chuqurlikdan chiqqan bir mahluq ular bilan jang qiladi, ularni yengib, o‘ldiradi.
8 Ularning jasadlari buyuk shaharning ko‘chasida yotadi. Shohidlarning Rabbiysi Iso ham o‘sha shaharda xochga mixlangan edi. O‘sha shaharning ramziy nomi Sado‘m va Misrdir.
9 Barcha elu qabilalar, millatu xalqlardan bo‘lgan odamlar uch yarim kun davomida ularning jasadlarini tomosha qiladilar. Ularni dafn etishga ruxsat berishmaydi.
10 Yer yuzida yashayotganlar shohidlarning o‘limidan sevinib xursandchilik qilishadi. Bir–birlariga hadyalar yuborishadi. Chunki ikkala payg‘ambar yer yuzida yashovchilarga ko‘p azob bergan edi.”
11 Ammo uch yarim kundan keyin ikkala payg‘ambarning vujudiga Xudoning hayot nafasi kirdi. Shunda ular oyoqqa turdilar. Ularni ko‘rgan hammani qattiq vahima bosdi.
12 Ikki payg‘ambar osmondan kelgan baland bir ovozning: “Bu yoqqa chiqinglar!” — deganini eshitishdi, shunda ular dushmanlarining ko‘z o‘ngida bulut ichida osmonga ko‘tarilishdi.
13 O‘sha zahoti shiddatli zilzila yuz berdi. Shaharning o‘ndan bir qismi quladi. Zilzilada yetti ming kishi nobud bo‘ldi. Qolganlari esa vahimaga tushib, Samoviy Xudoni ulug‘lashdi.
14 Ikkinchi halokat o‘tdi. Mana, uchinchi halokat tez yaqinlashyapti.
15 Yettinchi farishta karnayini chaldi. Osmonda baland ovozlar yangradi. Ular shunday deb aytayotgan edilar: “Endi bu dunyo hukmronligi, Egamizga va Uning Masihiga tegishlidir. Ular abadulabad hukmronlik qilishadi.”
16 Shunda Xudoning huzuridagi o‘z taxtlarida o‘tirgan yigirma to‘rt nafar oqsoqol yuz tuban yerga muk tushdilar. Ular Xudoga sajda qilib dedilar:
17 “Yo Qodir Xudo — Egamiz! Sen bor bo‘lgansan, hozir ham borsan. Biz Senga tashakkurlar aytamiz. Axir, Sen buyuk qudratingni namoyon etding, Hukmronlik qila boshlading.
18 Xalqlar Sendan g‘azablangandi, Endi Sen ham g‘azabga minding. Endi vaqti keldi o‘liklarni hukm qilishga, Payg‘ambar qullaringni, azizlaringni mukofotlashga, Sendan qo‘rqqan kattayu kichikni taqdirlashga. Yerni vayron qilganlarni vaqti keldi xonavayron qilishga!”
19 So‘ng Xudoning osmondagi Ma’badi ochildi. Ma’badda Xudoning Ahd sandig‘i ko‘rindi. O‘shanda chaqmoq chaqib, momaqaldiroqning gulduros sadolari yangradi, zilzila boshlandi, shiddatli do‘l yog‘di.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18