Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy 18 bob

1 Bobil vayron bo‘ladi.

1 Bundan keyin men osmondan tushib kelayotgan boshqa bir farishtani ko‘rdim. Unda buyuk hokimiyat bor edi. Uning ulug‘vorligidan yer yuzi yorishib ketdi.
2 U qattiq hayqirib, shunday dedi: “Vayron bo‘ldi! Buyuk Bobil vayron bo‘ldi! U jinlarning makoni, har turli yovuz ruhning panohi, Har qanday harom va jirkanch qushning uyasi bo‘lib qoldi. Axir, barcha xalqlar Bobilning Shahvoniy hirsi sharobidan ichgandi.
3 Yer yuzi shohlari u bilan zino qilgandi, Yer yuzi savdogarlari Uning cheksiz shahvati tufayli boylik orttirgandi.”
4 Shu payt men osmondan kelayotgan boshqa bir ovozni eshitdim. U shunday dedi: “Ey xalqim, Bobildan chiqib keting! Tag‘in gunohlariga sherik bo‘lib qolmang, Tag‘in sizlar ham balolariga duchor bo‘lmang!
5 Zero, uning gunohlari uyulib ko‘kka yetdi, Xudo uning jinoyatlarini yodga oldi.
6 Bobil sizga nima qilgan bo‘lsa, Xudo ham unga shuni qilsin! Qilmishiga yarasha ikki barobar jazosini bersin! O‘zi tayyorlagan ichimlikdan unga ikki barobar ichirsin!
7 Bobil qay darajada kekkayib, kayf–safo surgan bo‘lsa, Unga shu darajada azobu iztirob berilsin! Axir, u dilida shunday demoqda: Men malikaman, beva emasman, Aslo qayg‘u chekmayman.”
8 Shu bois uning boshiga balolar keladi, U bir kunning ichida o‘lat, qayg‘u, qahatchilikka duchor bo‘ladi. Uni olovda yondirishadi. Axir, uni hukm qiluvchi Egamiz Xudo qudratlidir!
9 Bobil bilan zino qilib, kayf–safo surgan yer yuzi shohlari yonayotgan Bobilning tutunini ko‘rib, uning holiga ho‘ngrab yig‘laydilar.
10 Bobilning azob–uqubatidan dahshatga tushib, uzoqdan turib, deydilar: “Ey buyuk shahar, holingga voy! Ey qudratli Bobil, holingga voy! Sen bir soatdayoq jazoingni olding!”
11 Yer yuzi savdogarlari ham uning holiga yig‘lab motam tutadilar. Chunki ularning molini endi hech kim sotib olmaydi.
12 Oltin, kumush, javohirlaru marvaridlarni, mayin zig‘ir matosi, shoyi, safsaru qirmizi gazlamalarni, turli xil xushbo‘y yog‘ochlarni, fil suyagidan yasalgan har xil buyumlarni, eng qimmatbaho yog‘ochdan, bronzadan, temirdan va marmardan yasalgan buyumlarni,
13 dolchin, ziravorlar, xushbo‘y tutatqilar va mirrani, sharob, zaytun moyini, oliy navli un va bug‘doyni, mol–qo‘ylarni, otlaru aravalarni, odamlarning jonini, tanasini ham sotib oladigan boshqa hech kim bo‘lmaydi.
14 Savdogarlar shunday deb aytishadi: “Ey Bobil, sen orzu qilgan ne’matlaring yo‘q bo‘ldi. Hashamatu savlating nom–nishonsiz g‘oyib bo‘ldi.”
15 Ha, o‘sha mollarini Bobilga sotib, boyib ketgan savdogarlar Bobilning azob–uqubatidan dahshatga tushib, qayg‘urib yig‘laydilar:
16 “Holingga voy! Ey buyuk shahar, holingga voy! Sen mayin zig‘ir matosidan kiyim kiyar eding, Safsaru qirmizi liboslar ila yasanarding. Oltin, javohirlaru marvaridlar ila bezanarding.
17 Shunday boyliging bir soatdayoq nobud bo‘ldi–ya!” Har bir kema darg‘asi, kemadagi yo‘lovchilar, dengizchilar va dengizda savdo–sotiq qiluvchilarning hammasi uzoqdan Bobilga qarab turadilar.
18 Shahardagi yong‘indan chiqayotgan tutunni ko‘rib, shunday faryod qiladilar: “Bu buyuk shaharga teng keladigani yo‘
19 Ular boshlariga kul sochib, faryod chekib, qayg‘urib, dod soladilar: “Holingga voy! Ey buyuk shahar, holingga voy! Dengizdagi kemalarga ega bo‘lganlar Sening ziynatlaring tufayli boylik orttirdilar. Endi esa sen bir soatdayoq xarob bo‘lding!”
20 Ey osmon, uning holidan shodlangin, Ey Xudoning azizlari, xursand bo‘ling, Havoriylaru payg‘ambarlar, sevining! Zero, Xudo sizlarni deb, Bobilni jazoladi.
21 Keyin kuchli bir farishta tegirmon toshiga o‘xshash katta toshni ko‘tarib dengizga uloqtirdi– da, shunday dedi: “Mana shunday shiddat bilan Buyuk shahar Bobil qulaydi! Endi u aslo qad ko‘tarmaydi.
22 Arfachilaru ashulachilarning ovozlari senda eshitilmas, Naychiyu karnaychilarning kuyi senda yangramas. Endi bironta hunarmand senda ustaxona ochmaydi. Tegirmon toshining tovushi ko‘chalaringda eshitilmaydi.
23 Endi ko‘chalaringdagi chiroqlar shu’la sochmaydi, Kuyov bilan kelinning ovozi eshitilmaydi. Zero, savdogarlaring butun dunyoga so‘zini o‘tkazardi, Sehr–jodularing dastidan jamiki xalqlar aldangan edi.
24 Payg‘ambarlar va Xudo azizlarining qoni ko‘chalaringda to‘kildi, Ha, yer yuzida qirg‘inga duchor bo‘lganlar senda o‘ldirildi.”


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак