Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy 16 bob

1 Xudoning g‘azabiga to‘la yetti kosa.

1 Bundan keyin men Ma’baddan kelayotgan baland bir ovozni eshitdim. O‘sha ovoz yettita farishtaga shunday dedi: “Boringlar, Xudoning g‘azabiga to‘lib–toshgan yetti kosadagi balolarni yerga to‘kinglar.”
2 Birinchi farishta borib, kosasidagini yerga to‘kdi. Mahluqning tamg‘asi bosilgan va uning tasviriga sajda qilgan odamlarda og‘ir, jirkanch yaralar paydo bo‘ldi.
3 Ikkinchi farishta kosasidagini dengizga to‘kdi. Dengiz o‘likning qoniga o‘xshab qoldi. Dengizdagi hamma jonivorlar qirilib ketdi.
4 Uchinchi farishta kosasidagini daryolarga va buloqlarga to‘kdi, ular ham qonga aylandi.
5 Suvlar uchun mas’ul bo‘lgan farishtaning shunday deganini eshitdim: “Ey Muqaddas Xudo, Sen bor bo‘lgansan, hozir ham borsan. Sening chiqargan bu hukmlaring odildir.
6 Azizlaring va payg‘ambarlaringning qonini to‘kkanlarga Sen qon ichirding, ular bunga loyiqdir.”
7 Qurbongohdan bir ovoz eshitildi, u shunday dedi: “Ha, Qodir Xudo — Egamiz! Sening hukmlaring haq va adolatlidir.”
8 To‘rtinchi farishta o‘z kosasini quyosh ustiga to‘kdi, quyoshga insonlarni olov bilan yondirish qudrati berildi.
9 Jazirama issiq insonlarni kuydirganda, ular bu ofatlar ustidan hokimiyatga ega bo‘lgan Xudoni la’natladilar. Ular qilmishlaridan tavba qilmadilar, Xudoni ulug‘lamadilar.
10 Beshinchi farishta kosasidagini mahluq taxtiga to‘kdi, mahluqning saltanati zimistonga chulg‘anib qoldi. Odamlar chekkan azobidan tillarini tishlardilar.
11 Yaralarining og‘rig‘idan Samoviy Xudoni la’natlardilar. Ammo qilmishlaridan tavba qilmadilar.
12 Oltinchi farishta kosasidagini buyuk Furot daryosi ustiga to‘kdi. Daryoning suvi quridi. Sharqdan bostirib keladigan shohlarga yo‘l ochildi.
13 Bundan keyin men qurbaqalarga o‘xshash uchta yovuz ruhni ko‘rdim. Ular ajdaho, mahluq va soxta payg‘ambarning og‘izlaridan chiqayotgan edilar.
14 Bular jinlar bo‘lib, mo‘jizali alomatlar ko‘rsata olardi. Ular Qodir Xudoning ulug‘ kunida bo‘ladigan jangga barcha jahon shohlarini to‘plagani bordilar.
15 Masihning shunday gaplarini yodingizda tuting: “Mana, Men o‘g‘ri kabi nogahon kelaman! Hushyor turgan kishi baxtlidir, Yalang‘och yurmayin, sharmanda bo‘lmayin deb, Kiyimini taxt qilib qo‘ygan kishi baxtlidir!”
16 Uchta yovuz ruh shohlarni ibroniychada Xar– Magido‘n degan joyga to‘pladilar.
17 Yettinchi farishta kosasidagini havoga to‘kdi. Ma’baddagi taxtdan: “Amalga oshdi!” — degan baland bir ovoz keldi.
18 Shu vaqt chaqmoq chaqib, momaqaldiroqning gulduros sadolari yangradi, kuchli zilzila bo‘ldi. Zilzila shu qadar kuchli ediki, yer yuzida inson yashagandan beri bunaqasi bo‘lmagandi.
19 Buyuk shahar uch qismga bo‘linib ketdi. Boshqa xalqlarning shaharlari yer bilan yakson bo‘ldi. Xudo buyuk Bobil shahrini yodga oldi. U Bobilga kosadagi g‘azabi sharobidan berdi.
20 Har bir orol o‘rnidan jildi, tog‘lar ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
21 Osmondan odamlar ustiga yirik do‘l yog‘ildi. Har bir do‘l donasining og‘irligi 45 kilo chiqardi. Bu dahshatli do‘l dastidan odamlar Xudoni la’natlashardi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18