Yuhannoga ko‘rsatilgan vahiy 21 bob

1 Yangi yeru osmon. 9 Yangi Quddus.

1 Shundan keyin men yangi bir osmon va yangi bir yerni ko‘rdim. Avvalgi yeru osmon g‘oyib bo‘lgan edi, dengiz ham endi yo‘q edi.
2 Men muqaddas shahar — yangi Quddusni ko‘rdim. Quddus osmondan, Xudo huzuridan tushib kelayotgan edi. U kuyovi uchun bezanib olgan kelinchakka o‘xshar edi.
3 Men taxtdan baland bir ovoz kelganini eshitdim. O‘sha ovoz dedi: “Xudoning maskani insonlar orasidadir! U endi odamlar orasida yashaydi, Ular Xudoning xalqi bo‘ladilar. Xudoning O‘zi ular bilan birga bo‘ladi.
4 Xudo ularning ko‘zidagi har bir tomchi yoshni artib qo‘yadi. Endi o‘lim mavjud bo‘lmaydi, Hech kim qayg‘urmaydi, yig‘lamaydi, azob chekmaydi. Zero, avvalgilar o‘tib ketdi.”
5 Taxtda o‘tirgan Zot shunday dedi: “Mana, Men hammasini yangi qilib yaratyapman!” Keyin U menga dedi: “Bularni yozib qo‘y. Axir, bu so‘zlar ishonchli va to‘g‘ridir!”
6 So‘ng menga yana dedi: “Amalga oshdi! Ibtido va Intiho, Boshi va Poyoni O‘zimman. Chanqaganga Men buloqdagi hayotbaxsh suvdan ichiraman. Buning evaziga u hech qanday to‘lov bermaydi.
7 G‘olib kelganlarga bu barakalar nasib bo‘ladi. Men uning Xudosi bo‘laman, u Mening o‘g‘lim bo‘ladi.
8 Ammo qo‘rqoq, imondan qaytgan, iflos, qotil, buzuq, jodugar, butparast va hamma yolg‘onchilarning qismati olov va oltingugurt bilan yonayotgan ko‘ldadir. Bu ikkinchi o‘limdir.”
9 Shu payt men oxirgi yetti baloga to‘ldirilgan yettita kosani ushlagan yetti farishtadan birini ko‘rdim. U oldimga kelib, menga dedi: “Bu yoqqa kel! Men senga kelinni, Qo‘zining xotinini ko‘rsataman.”
10 Muqaddas Ruh meni qamrab oldi va farishta meni baland bir tog‘ning cho‘qqisiga olib chiqdi. U menga osmondan, Xudo huzuridan tushayotgan muqaddas shahar — Quddusni ko‘rsatdi.
11 Shahar Xudoning ulug‘vorligiga to‘lib, qimmatbaho javohirday, billurday sof yashma toshiday yarqirardi.
12 Qalin va baland devor bilan o‘ralgan bu shaharning o‘n ikki darvozasi bor edi. Har bir darvozani bittadan farishta qo‘riqlardi. Darvozalarda Isroil xalqining o‘n ikki qabilasi nomlari yozilgandi.
13 Darvozalarning uchtasi sharqda, uchtasi shimolda, uchtasi janubda va uchtasi g‘arbda joylashgan edi.
14 Shahar devorlarining o‘n ikkita poydevori bor edi. Poydevorlarga Qo‘zining o‘n ikki havoriysi ismlari yozilgandi.
15 Menga gapirgan farishtaning qo‘lida oltin chizg‘ichi bor edi. Bu chizg‘ich shaharni, uning darvozalariyu devorini o‘lchash uchun edi.
16 Shahar to‘rtburchak shaklda bo‘lib, uzunligi bilan eni bir xil edi. Farishta chizg‘ichi bilan shaharni o‘lchadi, shaharning eni 12.000 o‘q otimi ekan. Uning uzunligi bilan balandligi ham shunday edi.
17 So‘ng farishta shaharning devorini o‘lchadi. Devorning balandligi 144 tirsak chiqdi. Farishta insoniy o‘lchovdan foydalangandi.
18 Shahar devori yashma toshidan qurilgandi. Shaharning o‘zi esa shishaday tiniq, sof oltindan edi.
19 Shahar devorlarining poydevorlari turli qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi: birinchi poydevor yashmadan, ikkinchisi ko‘k yoqutdan, uchinchisi agatdan, to‘rtinchisi zumraddan edi.
20 Beshinchisi aqiq, oltinchisi la’l, yettinchisi xrizolit, sakkizinchisi berill, to‘qqizinchisi topaz, o‘ninchisi zabarjad, o‘n birinchisi lojuvard, o‘n ikkinchisi ametistdan edi.
21 O‘n ikki darvoza o‘n ikki marvariddan iborat edi. Har bir darvoza bitta marvariddan yasalgan edi. Shaharning shoh ko‘chasi sof oltindan bo‘lib, shishaday musaffo edi.
22 Men bu shaharda Ma’bad ko‘rmadim. Zotan Qodir Xudo — Egamizning O‘zi va Qo‘zi shaharning Ma’badidir.
23 Shaharni yoritish uchun quyoshga yoki oyga ehtiyoj ham yo‘q. Chunki Xudoning ulug‘vorligi uni yoritadi, Qo‘zining O‘zi uning chirog‘i bo‘ladi.
24 Xalqlar shaharning nurida yurishadi. Yer yuzi shohlari unga o‘z boyliklarini keltirishadi.
25 Shahar darvozalari kun bo‘yi yopilmaydi, u yerda tun bo‘lmaydi.
26 Xalqlarning ulug‘vor xazinalari unga kiritiladi.
27 Lekin hech qanday harom narsa, jirkanch ishlar qiladigan yoki yolg‘on gapiradigan bironta kishi unga kirmaydi. Faqat Qo‘zining hayot kitobida yozilganlar kiradilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак