Hakamlar 19 bob

1 Givo aholisining gunohi.

1 Isroilda shoh bo‘lmagan o‘sha davrlarda Efrayim qirlarining kimsasiz joyida Levi qabilasidan bir odam yashardi. U Yahudo hududidagi Baytlahm shahridan bir cho‘rini o‘ziga xotin qilib oldi.
2 Ammo xotini unga bevafolik qilib, otasining uyiga — Yahudodagi Baytlahmga qaytib ketdi. Oradan to‘rt oy o‘tdi.
3 Levi esa u bilan yarashmoqchi bo‘lib, orqasidan bordi. U o‘zi bilan xizmatkori va bir juft eshagini olgan edi. Ular xotinining qizlik uyiga yetganlarida, levining qaynatasi ularni xursand bo‘lib qarshilab oldi.
4 U qo‘ymay, ularni uyida uch kun mehmon qildi. Ular yeb–ichib, u yerda tunadilar.
5 To‘rtinchi kuni levi barvaqt turib yo‘lga shaylandi. Qaynatasi esa unga: “Yo‘lga chiqishdan oldin choy–poy ichib oling, o‘g‘lim, quvvat bo‘ladi, keyin ketarsizlar”, — dedi.
6 Shunda ular o‘tirib, birga yeb–ichishdi. Keyin qizning otasi: “Bugun ham qolib dam olsangizlar bo‘lardi”, — dedi.
7 Levi ketmoqchi bo‘lib o‘rnidan turganda ham uni yana qo‘yarda–qo‘ymay uyida olib qoldi.
8 Beshinchi kuni levi ketmoqchi bo‘lib erta bilan saharda turganda, qizning otasi unga: “Choy–poy ichib oling, kechroq ketarsizlar”, — dedi. Ular o‘tirib yeb–ichishdi.
9 Levi xotini va xizmatkori bilan ketmoqchi bo‘lib dasturxondan turganda, qaynatasi unga shunday dedi: “Qarang, o‘g‘lim, kech bo‘lib qoldi. Shu yerda tunab qolaqolinglar. Kun ham og‘ib qopti. Bu yerda qolib, damingizni olinglar. Ertaga esa saharda turib uylaringga ketarsizlar.”
10 Levi ko‘nmay yo‘lga tushdi. Xotini va xurjun ortilgan bir juft eshagi bilan yo‘l yurib Yobus shahriga, ya’ni Quddusga yetib oldi.
11 Ular Yobusga yaqinlashganlarida kech kirib qolgandi. Xizmatkor xo‘jayiniga dedi: “Keling, Yobus xalqining shahriga kirib, u yerda tunab qolaylik.”
12 “Yo‘q, — dedi xo‘jayin. — Isroil xalqiga yot bo‘lgan begonalarning shahriga kirmaymiz, undan ko‘ra, yo‘limizni davom qilib, Givoga boramiz.”
13 Levi gapida davom etib xizmatkoriga dedi: “Kel, ikkovidan biriga — Givoga yoki Ramaga yetib olishga harakat qilaylik.”
14 Ular yo‘lda davom etib, kunbotar paytida Benyamin qabilasiga qarashli Givo shahriga yaqinlashib qolishdi.
15 So‘ng Givoda tunab qolmoqchi bo‘lib, shahar tomon yo‘l olishdi–da, borib shaharning maydonida o‘tirishdi, ammo hech kim ularni tunash uchun uyiga taklif qilmadi.
16 Oqshom kirganda, bir chol daladagi ishlarini tugatib qaytib kelayotgan edi. Givoda yashayotgan aholining aksariyat qismi Benyamin qabilasidan edi, ammo bu chol Givoga Efrayim qirlaridan kelib, endi shu yerlarda istiqomat qilayotgan edi.
17 Chol shahar maydonida o‘tirgan musofirlarni ko‘rib: — Qayerdan kelib, qayerga ketyapsizlar? — deb so‘radi.
18 Levi shunday javob berdi: — Biz Yahudodagi Baytlahmga borgan edik, endi esa uyimizga — Efrayim qirlaridagi olis qishlog‘imizga qaytib ketyapmiz. Yo‘lda Egamizning uyini ham ziyorat qilib ketmoqchimiz, ammo bu yerdagilarning birontasi ham tunab qolishimiz uchun bizni uyiga taklif qilmayapti.
19 Bizga turar joydan bo‘lak hech narsa kerak emas. O‘zimiz uchun non va sharobimiz bor. Eshaklarimizga ham yem–xashak g‘amlab kelganmiz.
20 — Uyimga marhamat qilinglar, — dedi chol. — Men hamma kamchiliklaringizning g‘amini yeyman. Faqat ko‘chada qolmasangizlar, bas!
21 Chol ularni uyiga olib borib, eshaklariga yem berdi. So‘ng mezbonu mehmonlar oyoqlarini yuvib ovqatlanishdi.
22 Ular dam olib o‘tirganlarida, birdaniga shaharning buzuq odamlari uyni o‘rab olishdi–da, eshikni tars–turs urib: — Sening uyingga kelgan odamni bu yoqqa chiqar, biz u bilan birga bo‘lishni istaymiz! — deya uy egasiga do‘q urishdi.
23 Uyning egasi — chol ularning oldilariga chiqib: — Yo‘q ukalarim, bunday jirkanch ish qilmanglar! — deb o‘tindi. — Bunday sharmandalik qilmanglar, axir, u mening mehmonim–ku.
24 Mana, mening bokira qizim va u kishining xotini bor. Men ularni sizlarning oldingizga olib chiqay, ularni nima qilsangiz qilinglar, ammo bu odam bilan bunday xunuk ish qilmanglar.
25 Lekin odamlar cholning gaplariga quloq solishmadi. Shunda levi xotinini itarib, ularning oldilariga chiqarib yubordi. Ular ayol bilan yotib, ertalabgacha uni zo‘rlashdi. Tong yorishayotganda esa qo‘yib yuborishdi.
26 Saharda ayol kelib, xo‘jayini tunab qolgan cholning eshigi oldida yiqildi va tong otguncha u yerda qoldi.
27 Ertalab xo‘jayini yo‘lga chiqmoqchi bo‘lib, eshiklarni ochdi. Qarasa, eshik tagida xotini qo‘llarini ostonaga uzatib yotgan ekan.
28 “Qani, turaqol, bo‘l, ketyapmiz”, — dedi u. Lekin javob bo‘lmadi. Keyin u xotinini eshagiga ortib, uyiga yo‘l oldi.
29 U uyiga yetib kelgach, pichoq bilan xotinining jasadini o‘n ikki qismga bo‘ldi. Bo‘laklarni butun Isroil bo‘ylab Isroilning o‘n ikki qabilasiga yubordi.
30 Buni ko‘rgan har bir odam shunday deb aytardi: “Isroil xalqi Misrdan chiqqanidan beri bunday vahshiy hodisa sodir bo‘lmagan. Endi o‘ylab ko‘raylik, mulohaza qilib hukm chiqaraylik!”


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак