Hakamlar 20 bob

1 Isroil xalqi urushga tayyorlanadi. 18 Benyamin qabilasiga qarshi jang.

1 Dan va Bersheva shaharlarining orasidagi keng hududda va Gilad o‘lkasida yashagan butun Isroil xalqi bir yoqadan bosh chiqarib, Egamiz huzurida Mispaxda to‘plandi.
2 Xudo ahlining yig‘inida jamiki Isroil qabilalarining yo‘lboshchilari va 400.000 qurollangan piyoda sipoh qatnashdi.
3 Mispaxdagi yig‘in haqidagi xabar tez orada Benyamin qabilasiga ham yetib bordi. Isroil xalqi shunday dedi: — Bu jinoyat qanday qilib yuz berganini bizga aytib ber.
4 O‘ldirilgan ayolning eri levi javob berdi: — Men xotinim bilan tunamoq uchun Benyamin qabilasiga qarashli Givo shahriga bordim.
5 Kechasi Givoning ba’zi bir odamlari uyni o‘rab olishdi. Ular meni o‘ldirmoqchi bo‘lib, mening o‘rnimga xotinimni shu qadar zo‘rlashdiki, bechora jon berdi.
6 Aql bovar qilmaydigan bu razolat Isroilda sodir bo‘ldi! Shuning uchun men xotinimning jasadini bo‘lak–bo‘lak qilib, bo‘laklarni Isroil bo‘ylab jo‘natdim.
7 Endi esa birodarlarim, hammalaringiz shu haqda mulohaza qilib, biron–bir maslahat beringlar.
8 Yig‘inda ishtirok etganlar turib bir ovozdan: — Birontamiz ham o‘z chodirimizga yoki uyimizga qaytib ketmaymiz, — dedi.
9 — Biz bunday qilamiz: Givoga qarshi jang qilishdan oldin, shaharga kim hujum qilishi kerakligini Xudodan so‘rab, qur’a tashlaymiz.
10 Isroil xalqining o‘ndan bir qismi jangchilarni oziq–ovqat bilan ta’minlab turadi. Qolganlar esa Benyamin yeridagi Givo aholisini Isroilda qilgan sharmandaligi uchun jazolaydi.
11 Shunday qilib, butun Isroil xalqi bir yoqadan bosh chiqarib, shaharga hujum qilish uchun to‘plandi.
12 Isroil qabilalari Benyamin qabilasi bo‘ylab odamlarni yuborib dedilar: “Ey, xaloyiq, orangizdagi ayrim odamlar dahshatli bir jinoyatga qo‘l urdi.
13 Givodagi buzuqlarni hoziroq bu yerga chiqaringlar, biz ularni o‘ldirib, Isroil xalqi orasidan yovuzlikni yo‘q qilamiz.” Ammo Benyamin qabilasi Isroil xalqining gaplariga quloq solmadi.
14 Ular shaharlaridan chiqib, Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun Givoga bordilar.
15 O‘sha kuni Givo shahridan bo‘lgan yetti yuzta saralangan jangchidan tashqari Benyamin qabilasining boshqa shaharlaridan kelgan qurollangan sipohlarning soni yigirma olti ming edi.
16 Bularning orasida yetti yuz nafar chapaqay askar bor edi. Ularning hammasi mohir mergan edi. Ularga bir tola sochni nishon qilib qo‘ygan taqdirda ham palaxmondan tosh otib, mo‘ljalga bexato tekkizishardi.
17 Isroil xalqi esa Benyamin qabilasidan ajralgan holda 400.000 qurollangan mohir jangchini to‘pladi.
18 Isroil lashkarlari Baytil shahridagi sajdagohga chiqib: “Oramizdan kim birinchi bo‘lib Benyamin qabilasiga hujum qilishi kerak?” — deya Xudoga iltijo qilishdi. “Yahudo qabilasi hujum qilsin”, — deb javob berdi Egamiz.
19 Keyingi kuni ertalab Isroil lashkarlari borib, Givo shahrining yaqinida qarorgoh qurishdi.
20 So‘ng Benyamin jangchilariga hujum qilish uchun Givo shahrining ro‘parasida saf tortishdi.
21 Benyamin jangchilari Givodan chiqib, Isroil lashkarlari bilan jang qilishdi. O‘sha kuni yigirma ikki ming Isroil sipohi halok bo‘ldi.
22 -
23 Isroil lashkarlari Egamizning huzuriga borib, kechgacha faryod qilishdi. Ular Egamizdan: “Benyamin qarindoshimizga qarshi yana jang qilaylikmi?” — deb so‘rashdi. “Ularga hujum qilinglar”, — deb javob berdi Egamiz. Isroil lashkarlari ko‘tarinki ruhda ilgarigiday avvalgi joyda saf tortishdi.
24 Ular ikkinchi kuni ham Benyamin jangchilariga qarshi jang qilishdi.
25 O‘sha kuni Benyamin jangchilari Givodan chiqib, yana o‘n sakkiz ming mohir Isroil sipohini o‘ldirishdi.
26 Shunda Isroil lashkarlari Baytilga qaytib, yig‘i–sig‘i qilishdi. Ular o‘sha kuni kechgacha Egamizning huzurida o‘tirib ro‘za tutishdi. Egamiz huzurida kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini keltirishdi.
27 Xudoning Ahd sandig‘i o‘sha yerda — Baytilda turgan edi,
28 Elazar o‘g‘li Finxaz esa Ahd sandig‘i yonida o‘z xizmatini ado etardi. Finxaz Horunning nabirasi edi. Isroil lashkarlari Egamizdan: “Qarindoshimiz Benyamin qabilasiga qarshi jang qilaylikmi, yo‘qmi?” — deb so‘rashdi. “Jang qilinglar, — deb javob berdi ularga Egamiz. — Ertaga Men ularni sizlarning qo‘lingizga beraman.”
29 Isroil lashkarlari Givoning tevarak–atrofidagi pistirmalarga odamlarni o‘tirg‘izib qo‘yishdi.
30 Keyin esa uchinchi marta Benyamin jangchilariga qarshi jang qilish uchun Givo ro‘parasida oldingiday saf tortishdi.
31 Benyamin jangchilari urushga chiqishdi. Isroil lashkarlari ilgarigidek chekina boshlashdi. Benyamin jangchilari Isroil lashkarlarini ta’qib qilib, shahardan uzoqlashib qolishdi. Ular Baytil va Givoga ketadigan katta yo‘llarda va ochiq maydonlarda o‘ttiztacha Isroil sipohini o‘ldirishdi.
32 Benyamin jangchilari: “Bular oldingiday tumtaraqay bo‘lishyapti”, deb o‘ylashgan edi. Aslida esa Isroil lashkarlari ularni shahardan uzoqlashtirish niyatida shunday qilishayotgan edi.
33 Isroil lashkarining asosiy qismi jang maydonini orqaga — Baal–Tamar shahri tomon tortdi. Shunda birdaniga G‘ibo tekisligidagi pistirmada yotgan sipohlar chiqishdi.
34 Isroil lashkarining o‘n ming saralangan jangchisi Givoga hujum qildi va u yerda qattiq jang boshlandi. Benyamin jangchilari bunday falokat yuz berishini kutishmagan edi.
35 Egamiz ularni Isroil lashkarlari oldida mag‘lub qildi. O‘sha kuni Isroil lashkarlari qurollangan 25.100 Benyamin jangchisini o‘ldirishdi.
36 Shunda Benyamin jangchilari mag‘lubiyatga uchraganlarini tushunishdi. Isroil lashkarining asosiy qismi Benyamin jangchilari oldida chekingan edi. Shu orqali ular Givo atrofidagi pistirmalarda o‘tirgan Isroil sipohlariga shaharga hujum qilish uchun qulay vaziyat yaratib bergan edilar.
37 Pistirmadagi sipohlar Givo tomon otildilar. Ular shahardagi bor odamni qirib tashladilar.
38 Isroil lashkarining asosiy qismi bilan pistirmadagi sipohlar o‘zaro shunday kelishib olgandilar: shahardan quyuq tutun chiqishi bilanoq,
39 Isroil lashkarining asosiy qismi orqaga qaytib jang qilishi kerak edi. Shu orada Benyamin jangchilari o‘ttiztacha Isroil sipohini o‘ldirgan edilar. Shu sababdan ular: “Isroil lashkari ilgarigiday chekinishi aniq”, deb o‘ylagan edilar.
40 Biroq ortga qaraganlarida shahardan quyuq tutun bulut bo‘lib ko‘tarilganini va butun shahar yong‘in ostida qolganini ko‘rdilar.
41 Shunda Isroil lashkarining asosiy qismi ortiga qaytdi. Benyamin jangchilari esa mag‘lubiyatga uchraganlarini anglab, sarosimaga tushdilar.
42 Ular Isroil lashkaridan qochmoqchi bo‘lib, sahro tomon yugurdilar, ammo qirg‘indan qochib qutula olmadilar. Chunki shahardan chiqib kelayotgan sipohlar bilan Isroil lashkarining asosiy qismi ularni ikki tomondan siqib kelayotgan edi.
43 Isroil lashkari Benyamin jangchilarini qurshovga olib, Givoning sharq tomonigacha to‘xtamay ta’qib qilib, o‘ldirdi.
44 Benyamin qabilasining o‘n sakkiz ming bahodir jangchisi halok bo‘ldi.
45 Boshqalari esa sahrodagi Rimmon qoyasiga qarab qochishdi. Isroil lashkarlari ulardan besh mingtasini katta yo‘llarda qirib tashladilar, qolganlarini esa Gido‘mgacha ta’qib qilib, yana ikki mingtasini o‘ldirdilar.
46 O‘sha kuni Benyamin qabilasidan jami yigirma besh ming qurollangan dovyurak jangchi halok bo‘ldi.
47 Ammo olti yuzta sipoh sahrodagi Rimmon qoyasiga qochishga muvaffaq bo‘ldi. Ular to‘rt oy mobaynida u yerda yashab yurdilar.
48 Isroil lashkarlari Benyamin shaharlariga qaytib, u yerda qolgan–qutgan odamlarni, mollarni, barcha jonzotni qirib tashladilar, atrofdagi shaharlarga o‘t qo‘ydilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак