Zabur 105 bob

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir! Uning sodiq sevgisi abadiydir.
2 Egamizning qudratli ishlarini kim batafsil ayta oladi?! Kim Unga mukammal hamdu sano ayta oladi?!
3 Baxtlidir adolat ila ish tutganlar, Har doim to‘g‘ri ish qilganlar.
4 Ey Egam, xalqingga muruvvat ko‘rsatganingda meni eslagin, Ularga najot berganingda, menga ham yordam bergin,
5 Toki tanlagan xalqingning iqbolini ko‘rayin, Xalqingning shodligini ko‘rib, men ham quvonayin, Ular bilan birga faxrlanib yurayin.
6 Ey Isroil xalqi, ota–bobolarimiz kabi biz gunoh qildik, Egri yo‘ldan yurdik, yomonlik qildik.
7 Ota–bobolarimiz Misrda bo‘lganlarida, Egamizning ajoyib ishlariga e’tibor qilmadilar, Uning mo‘l sodiq sevgisini eslamadilar, Qizil dengizda isyon qildilar.
8 Qudratli kuchini bildirish uchun, O‘z nomi haqi, Egamiz ularni qutqardi.
9 U Qizil dengizga do‘q urdi, dengiz quridi. Qup–quruq yerdan yetaklaganday, Isroil xalqini dengiz tubidan o‘tkazdi.
10 Egamiz ularni yov qo‘lidan qutqardi, G‘anim qo‘lidan ularni ozod qildi.
11 Suvlar qaytib, g‘animlarni bosib qoldi, Dushmanlarning birontasi qutula olmadi.
12 Shunda Isroil xalqi Egamizning so‘ziga ishondi, Unga hamdu sanolar kuyladi.
13 Ular tez orada Egamizning ishlarini unutdi, Egamizdan bemaslahat ish qildilar.
14 Sahroda ular nafsi buzuqlik qildi, Dashtu biyobonda ular Xudoni sinadi.
15 Egamiz ularga so‘raganini berdi–yu, Ularga halokatli xastalikni ham yubordi.
16 Qarorgohdagi xalq Musoga, Egamizga bag‘ishlangan Horunga hasad qildi.
17 Yer yorilib, Datanni yutib yubordi, Abiram bilan sheriklarini yamlab yubordi.
18 Sheriklari ustiga olov tushdi, O‘sha fosiqlarni alanga yondirdi.
19 Sinay tog‘ida ular buzoq yasadilar, O‘sha oltin butga sajda qildilar.
20 Ular Xudoning ulug‘vorligini O‘t yeydigan buqa tasviriga alishdilar.
21 Ular o‘zlarining najotkori Xudoni, U Misrda buyuk ishlar qilganini unutdilar.
22 Xom yurtida Egamiz ajoyibotlar ko‘rsatgandi, Qizil dengizda qo‘rqinchli ishlar qilgandi. Mana shularni Isroil xalqi unutdi.
23 Shu bois Egamiz, ularni qiraman, dedi. Ammo Muso, Egamizning tanlagani o‘rtaga tushib, Egamizdan iltijo qilib, Uni qahrli g‘azabidan qaytardi.
24 So‘ngra ular maftunkor yurtni xor qildilar, Egamizning va’dasiga ishonmadilar.
25 O‘z chodirlarida ming‘irlab nolidilar, Egamizga itoat etmadilar.
26 Egamiz qo‘lini ko‘tarib, ont ichdi: “Sizlarni sahroda yakson qilaman.
27 Naslingizni xalqlar orasiga tarqataman, Boshqa yurtlarga ularni sochib yuboraman.”
28 So‘ngra bizning ota–bobolarimiz Piyor tog‘idagi Baalga sajda qilishga qo‘shildilar, O‘liklarga keltirilgan qurbonlikdan yedilar.
29 Ular qilmishlari bilan Egamizni g‘azablantirdilar, Ular o‘latga giriftor bo‘ldilar.
30 Finxaz qo‘zg‘alib, aralashdi, Shunda o‘lat ham to‘xtadi.
31 Shu bois Finxaz solihlik timsoli bo‘ldi, Bu nasllardan nasllarga to abad davom etadi.
32 Mariva suvlarida ular Egamizning qahrini keltirdi, Ularning dastidan Musoning boshiga qayg‘ular keldi.
33 Ular Musoning g‘azabini qo‘zg‘atdi, Muso ham o‘ylamay gapirdi.
34 Egamiz, xalqlarni qiringlar, deb amr bergandi, Ular Egamizning amrini bajarmadi.
35 Begona xalqlar bilan ular aralashib, Ularning odatlarini o‘rgandilar.
36 Ular begona xalqlarning butlariga sajda qildilar, Ularning butlari Egamizning xalqiga tuzoq bo‘ldi.
37 Ular o‘zlarining o‘g‘il–qizlarini Iblislarga qurbon qildilar.
38 Ha, o‘zlarining o‘g‘il–qizlarini Kan’on butlariga qurbon qilib, Begunoh qon to‘kdilar. Ularning qoni yurtni harom qildi.
39 Ishlari bilan o‘zlarini bulg‘adilar, Qilmishlari bilan Egamizga bevafolik qildilar.
40 Shunda Egamiz O‘z xalqidan g‘azablandi, Ulardan jirkandi.
41 Ularni yot xalqlarning qo‘liga berdi, G‘animlari ular ustidan hukmron bo‘ldi.
42 Dushmanlari ularni siquvga oldi, Kuch bilan ularni bo‘yin egdirdi.
43 Ko‘p marta Egamiz ularni qutqardi, Ular esa ataylab isyon qilgan edi, Gunohlari tufayli past ketdilar.
44 Shunda ham Egamiz O‘z xalqining nolalarini eshitib, Ularning kulfatlariga e’tibor berdi.
45 Ular haqi O‘z ahdini yodida tutdi, Mo‘l sodiq sevgisi bilan ularga shafqat ko‘rsatdi.
46 Ularni asir olganlarni Shafqatli bo‘lishga undadi.
47 Ey Egamiz Xudo, bizlarni qutqar, Xalqlar orasidan bizni to‘plab ol, O‘zing muqaddassan, Senga shukr aytaylik, Sening madhlaring bilan faxrlanaylik.
48 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga To abad olqishlar bo‘lsin, Jamiki xalqlar: “Omin”, desin. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак