Zabur 77 bob

1 Osifning qasidasi. Quloq soling, ey xalqim, o‘gitlarimga, Quloq tuting og‘zimdan chiqqan so‘zlarga.
2 Og‘zimni ochaman masalga, O‘tmishning sirli saboqlarin o‘rgataman sizga.
3 Bularni aytgan edi ota–bobolarimiz, Ulardan eshitganmiz, bilamiz.
4 Egamizning hamdga loyiq ishlarini, Uning qudratini, U qilgan ajoyibotlarni Biz yashirmaymiz ularning bolalaridan, Hikoya qilarmiz kelgusi avlodlarga ham.
5 Yoqub nasliga U farmon berdi, Isroilga qonun tayinladi Ota–bobolarimizga amr berib: “Bolalaringizga o‘rgating”, dedi.
6 Toki kelajak nasllar bularni bilsin, Bilsin hatto tug‘ilmagan bolalar, O‘z navbatida bolalariga aytsin ular.
7 Bolalari ham umidini bog‘lasin Xudoga, Xudoning ishlarini unutib qo‘ymay, Rioya etsin Uning amrlariga.
8 Toki ular ota–bobolariga o‘xshab, O‘jar, isyonkor nasl bo‘lmasin. Yuragida Xudoga sadoqat bo‘lmagan, Ruhan beqaror nasl bo‘lmasin.
9 O‘q–yoy bilan qurollangan Efrayim jangchilari Jang kunida ortiga qaytdi.
10 Ular Xudoning ahdiga rioya qilmadi, Uning qonunlari bo‘yicha yurishni rad qildi.
11 Ular unutdilar Xudoning qilgan ishlarini, Xudoning ularga ko‘rsatgan mo‘jizalarini.
12 Misr diyoridagi Zo‘van tekisligida, Ularning ota–bobolari ko‘z o‘ngida Xudo mo‘jizalar ko‘rsatgandi.
13 Dengizni yorib, o‘rtasidan ularni o‘tkazdi, Suvlarni devor kabi tik qilib qo‘ydi.
14 Kunduzi ularni bulut orqali yetakladi, Tun bo‘yi alanga yorug‘i orqali yetakladi.
15 U sahrodagi qoyalarni parchaladi, Dengizday mo‘l–ko‘l suvni ularga berdi.
16 Qoyadan irmoqlarni chiqardi, Suvlarni daryolarday oqizdi.
17 Ular sahroda Xudoyi Taologa qarshi isyon qilib, Unga qarshi gunoh qilaverdilar.
18 Ular ataylab Xudoni sinadilar, Ko‘ngli tusagan ovqatni talab qildilar.
19 Ular Xudoga qarshi so‘zlab, dedilar: “Sahroda Xudo bizga dasturxon yoza olarmidi?!
20 Mana, U qoyaga urganda, Suv daryo–daryo bo‘lib oqdi, Irmoqlar to‘lib–toshdi. Endi U O‘z xalqiga non bera olarmikan? Xalqini go‘sht bilan ta’minlay olarmikan?”
21 Egamiz ularning gapini eshitib, Qattiq g‘azabga mindi. Yoqub nasliga qarshi g‘azab alangasini purkadi, Ha, Isroil nasliga qarshi qahrini sochdi.
22 Ular Xudoga ishonmadilar, Uning najotiga tayanmadilar.
23 Xudo samolardan turib amr berdi, Osmonning qopqalarini ochib yubordi.
24 Ular yesin, deb manna yog‘dirdi, Osmonning donini ularga berdi.
25 Odamzod farishtalar nonidan yedi, Xudo ularga mo‘l–ko‘l taom yubordi.
26 U samolardan sharq shamolini estirdi, Qudrati bilan janub shamoliga yo‘l ko‘rsatdi.
27 U changday mo‘l qilib, xalqiga go‘sht yog‘dirdi, Ha, dengizdagi qumday mo‘l qilib qushlar yog‘dirdi.
28 Bularni ularning qarorgohiga yog‘dirdi, Ularning chodirlari atrofiga tushirdi.
29 Ular to‘ygunlaricha yedilar, Xudo ularga ko‘ngillari tusaganini berdi.
30 Biroq hali ko‘ngli tusaganiga to‘ymagan, Luqmalari hali ularning og‘izlarida ekan,
31 Xudo g‘azabini ularga sochdi, Ularning kuchlilarini o‘ldirdi, Isroilning gulday yigitlarini yer tishlatdi.
32 Shularga qaramay, ular gunoh qilaverdilar, Xudoning mo‘jizalariga ishonmadilar.
33 Xudo ularning kunlarini bir nafasday bitirdi, Ularni vahimaga solib, umrlarini barbod qildi.
34 Ba’zilarini Xudo o‘ldirdi, Shundagina qolganlari Unga intildi, Tavba qilib, yana Xudoga qaytdi.
35 Ular shunday deb esladilar: “Ha, Xudo suyangan qoyamiz, Bizning qutqaruvchimiz Xudoyi Taolo.”
36 Ammo Xudoga xushomad qilardilar, Unga tillari bilan yolg‘on so‘zlashardi.
37 Yuraklarida esa Xudoga sodiq emas edilar, Uning ahdiga bevafolik qildilar.
38 Xudo–chi, shafqat qildi, Kechirdi ularning gunohlarini, Qirib tashlamadi ularni, Ko‘pincha U g‘azabini bosdi, Butun g‘azabini sochmadi.
39 Xudo esladi: “Ular shunchaki bandalardir, Esib, boshqa qaytib kelmas shamoldir.”
40 Sahroda Xudoga qanchalar ko‘p isyon qildilar! Dashtu biyobonda Uni xafa qildilar.
41 Xudoni ular takror–takror sinadilar, Isroil xalqining Muqaddas Xudosini ranjitdilar.
42 Ular Xudoning qudratini, Ularni dushmandan qutqargan kunni esdan chiqardilar.
43 Xudo Misrda ko‘rsatgan mo‘jizalarni, Ha, Zo‘van tekisligida ko‘rsatgan ajoyibotlarni unutdilar.
44 Misrdagi daryolarni Xudo qonga aylantirdi, Misrliklar irmoqlardan suv icholmay qoldi.
45 Ularni yeb bitirsin, deya pashshalar galasini yubordi, Yurtni vayron qilsin, deya qurbaqalar yubordi.
46 Ularning hosilini Xudo chigirtkalarga yem qildi, Ularning mehnati mahsulini chigirtkalarga berdi.
47 Uzumzorlarini do‘l bilan yakson qildi, Shikamora–anjir daraxtlarini jalada nobud etdi.
48 Ularning chorvasini do‘lga duchor qildi, Ularning podasini yashin alangasiga berdi.
49 Buzg‘unchi farishtalari to‘dasini yuborganday Xudo ularga alangali g‘azabini, qahrini, Nafratini hamda musibatni sochdi.
50 U Misrdan g‘azabini qaytarmadi, Ularning jonlariga shafqat qilmadi, Ularni vaboga duchor qildi.
51 Misrning hamma to‘ng‘ichlarini urdi, Ha, Xom avlodlarining uylaridagi Qudratining ilk hosilini yo‘q qildi.
52 O‘z xalqini esa Xudo qo‘yday yetaklab chiqdi, Ularni sahro bo‘ylab suruvday boshlab bordi.
53 Egamiz eson–omon boshlab bordi, Ular qo‘rqmadilar, Ularning g‘animlarini esa dengiz yutdi.
54 Egamiz xalqini O‘z muqaddas yurtiga, O‘z kuchi bilan qo‘lga kiritgan toqqa olib keldi.
55 O‘z xalqining oldidan boshqa xalqlarni quvdi, Ularning yurtini mulk qilib bo‘lib berdi, Isroil qabilalarini ularning chodirlarida o‘rnashtirdi.
56 Ular hamon Xudoyi Taoloni sinardilar, Unga qarshi isyon qilib, farmonlariga bo‘ysunmadilar.
57 Otalari kabi bevafolik qilib, xoinlik qildilar, Yaroqsiz kamonga o‘xshab ishonchsiz chiqdilar.
58 Sajdagohlari bilan ular Xudoni g‘azablantirdilar, Butlari bilan Uning rashkini qo‘zg‘atdilar.
59 Bularni eshitganda Xudo, g‘azabga mindi, Shundan so‘ng Isroilni tamom rad etdi.
60 U Shilo‘dagi O‘z maskanini, Insonlar orasida tikkan chodirini tark etdi.
61 Dushmanga asirlikka berdi ahd sandig‘ini, O‘zining qudratiyu shuhrati ramzini.
62 O‘z xalqini U qilichga ro‘para qildi, G‘azabini tanlagan xalqiga sochdi.
63 Yigitlarini alanga yamlamay yutdi, Qizlari nikoh qo‘shiqlarini aytolmay qoldi.
64 Ruhoniylari qilich tig‘idan yiqildi, Ruhoniylar bevalari aza tutolmay qoldi.
65 Shunda Rabbiy qo‘zg‘aldi uyqudan uyg‘onganday, Sharobdan hayqirayotgan bahodirday.
66 Dushmanlarini U tirqiratib quvdi, Ularni abadiy sharmandalikka duchor qildi.
67 Xudo Yusuf chodirini rad etdi, Efrayim qabilasini tanlamadi.
68 Uning o‘rniga Yahudo qabilasini, O‘zi sevgan Sion tog‘ini tanladi.
69 Abadiy o‘rnatgan yer kurrasi kabi, Samolar kabi O‘z muqaddas maskanini qurdi.
70 Xudo O‘z quli Dovudni tanlab oldi, Qo‘y qo‘rasidan uni chaqirib oldi.
71 U Dovudni sovliq qo‘y, qo‘zilarga cho‘ponlikdan oldi. O‘zining xalqi Isroilga, Yoqub nasliga cho‘pon qilib tayinladi.
72 Dovud ularga halollik bilan cho‘ponlik qildi, Mohirlik bilan ularni yetaklab bordi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак