Zabur 88 bob

1 Zerax urug‘idan bo‘lgan Etxanning qasidasi.
2 Sening sodiq sevgingni, ey Egam, to abad kuylayman, Barcha nasllarga sadoqatingni o‘z og‘zim bilan e’lon qilaman.
3 Bilaman, Sening sodiq sevging to abad mustahkamdir, Sening sadoqating samolarday barqarordir.
4 Sen shunday deding: “O‘zim tanlaganim bilan ahd qilganman. Ha, qulim Dovudga qasamyod qilganman:
5 ‘Sening naslingni to abad mustahkam qilaman, Taxtingni butun avlodlar osha o‘rnataman.’”
6 Ajoyibotlaringga, ey Egam, samolar hamdu sano aytsin, Muqaddas malaklar Sening sadoqatingni kuylasin.
7 Ey Egam, samolarda Senga tenglashadigani bormikan?! Ilohiy zotlardan qaysi biri Senga o‘xsharkan?!
8 Ey Xudo, muqaddas malaklar davrasida haybatlisan, Taxting atrofidagilarning hammasidan qo‘rqinchlisan.
9 Ey Parvardigori Olam — Egam, Kim senchalik qudratli, ey Egam?! Sadoqating atrofingni o‘ragan.
10 Asov dengizni yo‘lga solguvchi Sensan, To‘lqinlar quturganda bosguvchi Sensan.
11 Jasadni ezganday maxluq Rahobni ezding, Qudratli qo‘ling bilan g‘animlaringni tarqatding.
12 Samolar Senikidir, zamin ham Senikidir, Olamu undagi har narsa Senikidir, Hammasini Sen mustahkam qurgansan.
13 Shimolu janubni ham Sen yaratgansan, Tovur, Xermon tog‘lari Sening noming tufayli shodlikdan kuylaydi.
14 Bilaging naqadar qudratlidir! Qo‘ling kuchli, o‘ng qo‘ling yuqoridir!
15 Adolat va haqqoniyatdir taxtingning poydevori, Oldingda yuradi sadoqat, sodiq sevgi.
16 Baxtlidir sevinch hayqiriqlarini bilgan xalq, Ey Egam, huzuring nurida yurgan xalq baxtlidir!
17 Sening noming tufayli ular kun bo‘yi sevinadi, Sening adolating tufayli ular yuksaladi.
18 Zotan, Sen ularning kuchi, shuhratisan, Qudratimiz yuksalar Sening lutf–karamingdan.
19 Ey Egam, qalqonimizni Sen tanlading, Ey Isroil xalqining Muqaddas Xudosi, Sen bizga shohimizni berding.
20 Qadimda Sen taqvodorlaringga vahiyda aytdingki: “Mashhur jangchiga Men kuch berdim, Xalq orasidan yosh yigitni yuksaltirdim.
21 Qulim Dovudni Men topdim, Muqaddas moyimni surtib uni tanladim.
22 Mening qo‘lim doim uni quvvatlaydi, Bilagim uni ham kuchli qiladi.
23 G‘anim uni alday olmaydi, Zolim uni qisa olmaydi.
24 Uning ko‘z o‘ngida dushmanlarini ezib tashlayman, Uni yomon ko‘rganlarni qirib tashlayman.
25 Sadoqatim, sodiq sevgim u bilan bo‘ladi, Men tufayli uning qudrati yuksaladi.
26 Uning qudratini dengiz uzra barqaror qilaman, Uning hukmronligini daryolar uzra o‘rnataman.
27 U Menga hayqiradi: ‘Sen Otamsan! Xudoyimsan, najotim qoyasi Sensan.’
28 Men uni to‘ng‘ich o‘g‘il qilib olaman, Yer yuzi shohlarining qudratlisi qilaman.
29 Unga bo‘lgan cheksiz sevgimda to abad sobit turaman, U bilan qilgan ahdimni davom ettiraman.
30 Uning naslini to abad mustahkam qilaman, Uning taxti osmon turguncha turadi.
31 Uning nasli agarda qonunimdan yuz o‘girsalar, Mening qoidalarim bo‘yicha yurmasalar,
32 Agarda farmonlarimni buzsalar, Mening amrlarimga rioya etmasalar,
33 Ularni itoatsizligi uchun xivich bilan jazolayman, Gunohi uchun ularni tayoq bilan jazolayman.
34 Dovuddan esa sevgimni darig‘ tutmayman, Sadoqatimga aslo xiyonat etmayman.
35 Men ahdimni buzmayman, Aytgan so‘zimdan aslo qaytmayman.
36 Muqaddas nomim haqi ilk va so‘ng marta ont ichdim, Dovudni Men aslo aldamayman.
37 Uning nasli to abad davom etadi, Uning taxti qarshimda quyosh kabi turadi.
38 Oyga, samolardagi o‘sha sodiq guvohga o‘xshab, Taxti to abad mahkam turadi.”
39 Endi esa, ey Egam, Sen uni nafrat bilan rad etding, O‘zing shoh qilib tanlaganingdan g‘oyat g‘azablanding.
40 Men, O‘z quling bilan qilgan ahdingdan qaytding, Uning tojini Sen tuproqqa qording.
41 Shaharlarining hamma devorlarini qulatding, Qal’alarini vayronaga aylantirding.
42 Yo‘ldan o‘tayotganlarning hammasi uni taladi, Qo‘shni xalqlarga u masxara bo‘ldi.
43 Shohimizning dushmanlarini g‘olib qilding, Uning hamma g‘animlarini sevintirding.
44 Qilichining damini qaytarding, Jangda unga Sen madad bermading.
45 Uning ulug‘vorligiga Sen chek qo‘yding, Taxtini yerga uloqtirib yubording.
46 Yoshlik kunlarini qisqartirding, Uni sharmandayu sharmisor qilding.
47 Ey Egam, bu qachongacha davom etadi? O‘zingni bizdan to abad yashirasanmi? Qachongacha g‘azabing otash kabi yonadi?
48 Esingda tut, hayotim naqadar qisqa, Ne uchun insonni behuda yaratding?!
49 Qaysi inson o‘limni ko‘rmas ekan?! Kim o‘liklar diyori qudratidan omon qolar ekan?!
50 Ey Rabbiy, qani oldingi buyuk sevging? Sadoqating ila buni Dovudga va’da bergan eding–ku!
51 Ey Rabbiy, men, quling qanchalar masxara bo‘lganimni yodingda tut. Hamma xalqlarning haqoratlarini bag‘rimda ko‘tarib yuribman–ku!
52 Ey Egam, dushmanlaring tanlagan shohingni masxaralaganini, Uning har bir qadamini tahqir etganlarini yodda tut!
53 Egamizga to abad olqishlar bo‘lsin! Omin! Omin!


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак