1 Ziyorat qo‘shig‘i. Ey Egam, tubsiz suvlardan Senga nola qilaman.
2 Ey Rabbiy, mening ovozimni eshitgin! Iltijolarimga diqqat ila quloq solgin!
3 Ey Egam, gunohlarni hisobga olsang agar, Ey Rabbiy, kim ham bardosh bera olar?!
4 Ammo Sen kechirimlisan, Shu bois Sendan qo‘rqamiz.
5 Egamga umid bog‘layman, Ha, jonim Unga talpinadi. Uning kalomiga umid bog‘layman.
6 Tongni kutgan posbondan ham ko‘proq, Ha, tongni kutgan posbondan ham ko‘proq Mening jonim Rabbiyga talpinadi.
7 Ey Isroil! Umid qilgin Egamizdan! Egamiz sodiq sevgisini ko‘rsatadi. Qutqarishga U doim tayyor!
8 Isroilni barcha gunohlaridan Qutqaradigan Uning O‘zidir.