Zabur 21 bob

1 Ijrochilar rahbariga. “Tongda chiqqan kiyik” kuyiga aytilgan. Dovud sanosi.
2 Ey Xudoyim! Nega meni tark etding?! Nega mendan uzoqdasan shu qadar?! Ey Xudoyim! Nechun menga najot bermaysan?! Ohu nolalarimni eshitmaysan?!
3 Ey Xudoyim, kun bo‘yi iltijo qilaman, Sen esa javob bermaysan. Tun bo‘yi yolvoraman, Ammo menga tinchlik yo‘q.
4 Baribir Sen muqaddas Xudosan, Isroilning hamdu sanosi qurshab olgan taxtingni.
5 Ota–bobolarimning umidi Senda edi, Sen ularga najot berding.
6 Ular Senga nola qilib, najot topdilar, Ular Senga ishonib, uyalib qolmadilar.
7 Axir, men inson emas, bir qurtdirman. Odamlar hazar qilgan, xalqlar nafratlangan.
8 Meni ko‘rgan har kim ustimdan kular, Meni haqoratlab, bosh chayqab derlar:
9 “Egangga ishon, O‘zi qutqarib olar, Egang sendan mamnun bo‘lsa, U najot berar.”
10 Sen eding onam qornidan meni chiqargan, Sen eding onam bag‘rida meni omon saqlagan.
11 Senga tayanaman tug‘ilganimdan buyon, Mening Xudoyimsan onam dunyoga keltirgandan buyon.
12 Mendan uzoq bo‘lmagin! Axir, kulfat yonginamda–ku, Menga madad berguvchi biron kimsa yo‘q!
13 Bir gala buqalar Meni qurshab olgan, Ha, Bashan yerlarining kuchli buqalari Meni o‘rab olgan.
14 O‘kirib o‘ljasini pora qiladigan sherga o‘xshab, Men tomon ular og‘izlarini katta ochgan.
15 Hayotim suv kabi to‘kildi, Suyaklarim bo‘g‘inidan bo‘shashdi, Yuragim mum kabi ichimda erib ketdi.
16 Madorim sopol parchasiday quridi, Tilim tanglayimga yopishib qoldi, Meni o‘lim to‘shagiga yotqizding.
17 Atrofimda ko‘ppaklar izg‘iydi, Badkirdorlar to‘dasi qurshab olgandir, Qo‘lu oyoqlarimni ilma–teshik qiladi.
18 Hamma suyaklarim ko‘rinib turadi, Dushmanlarim ko‘zlarini chaqchaytirib, Yeb qo‘ygudek bo‘ladi.
19 Kiyimlarimni o‘zaro ular bo‘lishgan, Libosim uchun qur’a tashlashgan.
20 Mendan uzoq turma, ey Egam! Kuchim manbayi Sensan! Tez kel, yordam ber!
21 Jonimni qilich damidan qutqar, Hayotimni ko‘ppaklar changalidan qutqar!
22 Sherlar og‘zidan qutqargin meni! Yovvoyi buqalar shoxidan asragin meni! Sen iltijoimga javob berding.
23 Birodarlarimga Sen haqingda aytaman, Jamoa orasida Senga hamdu sano o‘qiyman.
24 Ularga shunday deyman: “Egamizga hamdu sano ayting, ey Undan qo‘rqqanlar! Egamizni ulug‘lang, ey Yoqub nasli! Egamizni izzatlang, ey Isroil nasli!
25 Kulfatda qolganning qayg‘ularidan Egamiz nafratlanmagan yo hazar qilmagan. Balki undan yuz o‘girmasdan, Nola qilganda, Egamiz eshitgan.”
26 Ulug‘ jamoa ichra Hamdu sano aytishimning sababi Sensan. Sendan qo‘rqqanlar oldida ontimni ado etaman.
27 Ey Egam, qashshoqlar yeb to‘yadilar, Senga yuz burganlar Seni madh qiladilar, Ular dunyo turguncha tursinlar!
28 Egamizni eslab, Unga yuz bursinlar Yer yuzidagi jamiki insonlar! Jamiki urug‘u elatlar Unga sajda qilsinlar!
29 Egamiz hokimi mutlaqdir, Elatlar ustidan U hukmrondir.
30 Jamiki boylar ham ziyofat yeb, unga ta’zim qiladi. Tuproq ostiga ketayotganlar ham Unga sajda qiladi, Hatto o‘z hayotini saqlay olmaydiganlar ta’zim qiladi.
31 Avlodlar Unga xizmat qiladi, Kelgusi nasllar Rabbiy haqida eshitadi.
32 Ular kelib Egamizning najoti haqida e’lon qiladi, Uning qilganlarini hali tug‘ilmagan xalqlarga aytadi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18