Zabur 17 bob

1 Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovudning sanosi. Dovudni Egamiz barcha dushmanlari va Shoul qo‘lidan ozod etgan kunda, Dovud bu qo‘shiqni Unga atab kuylagan.
2 Seni sevaman, ey Egam, mening qudratim.
3 Egam suyangan qoyamdir, mening qal’am, qutqaruvchimdir. Ha, Xudodir mening qoyam, Unda panoh topaman. Udir mening qalqonim, bahodir kurashchim, qo‘rg‘onim.
4 Egamga iltijo qilaman, G‘animlarimdan U meni xalos qiladi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!
5 Meni o‘lim to‘rlari chirmab olgandi, Balo–qazo sellari dahshat ila bosib kelgandi.
6 Ha, o‘liklar diyorining to‘rlari meni o‘rab olgandi, O‘lim changali qarshimda paydo bo‘lgandi.
7 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim, Ha, nola qildim Xudoyimga. U Ma’badidan turib, ovozimni eshitdi, Ohu nolam qulog‘iga yetib bordi.
8 U zamon yer yuzi titrab, tebrandi, Tog‘larning poydevori larzaga keldi, Egamiz g‘oyat g‘azabga mingan edi.
9 Burnidan tutun buruqsab chiqardi, Og‘zidan otash pishqirardi, Oldidan qip–qizil cho‘g‘ yog‘ilardi.
10 U ko‘klarni yorib, pastga tushdi, Oyoqlari ostida — qora bulut.
11 Bir karubga minib uchdi, Yel qanotlari uzra uchib keldi.
12 Atrofini zulmat bilan o‘radi, Quyuq, qora bulutlarni O‘ziga chayla qildi.
13 Uning oldida yorug‘lik chiqdi, Do‘l va qip–qizil cho‘g‘ qop–qora bulutlarni parchaladi.
14 Egamizning ovozi ko‘klarda guldiradi, Xudoyi Taoloning sadosi eshitildi.
15 O‘qlarini otdi, Chaqmoq chaqtirib, yovlarini tirqiratdi, Ularni sarosimaga soldi.
16 Egamizning tahdidlaridan, Uning qahrli nafasidan Dengizning tubi ko‘rinib qoldi, Zamin poydevori yalang‘och bo‘lib qoldi.
17 Egam yuqoridan qo‘l uzatib, meni tutdi, Bahaybat suvlardan meni chiqarib oldi.
18 Meni kuchli g‘animlarim qo‘lidan, Mendan nafratlangan yovlarimdan qutqardi, Ular mendan kuchli edilar.
19 Qora kunimda ular menga qarshi turdilar, Egam esa menga tayanch bo‘ldi.
20 Meni bexavotir joyga chiqarib qo‘ydi, Mendan mamnun bo‘lib, najot berdi.
21 Egam solihligim uchun meni mukofotlaydi, Aybsizligim uchun meni taqdirlaydi.
22 Zero, men Egamning yo‘lidan yurdim, Axloqsizlik qilmadim, Xudoyimdan yuz o‘girmadim.
23 Uning hamma qonun–qoidalariga rioya qildim, Farmonlarini chetga surib qo‘ymadim.
24 Uning oldida benuqson bo‘ldim, Gunoh qilishdan o‘zimni saqladim.
25 Shu sababli Egam meni pok deb bildi, Solihligimga yarasha mukofot berdi.
26 Ey Egam! O‘zingga sodiq bo‘lganga Sen sodiq bo‘lasan, Begunohga aybsizligini ko‘rsatasan,
27 Pok kishiga pokligingni ko‘rsatasan, Egriga esa ayyorligingni ko‘rsatasan.
28 Ahli kamtarga esa najot berasan, Dimog‘dorni yerga urasan.
29 Ey Egam Xudo! Chirog‘imni yoquvchi O‘zingsan, Zulmatni men uchun yorug‘likka aylantirasan.
30 Ey Xudoyim! Senga suyanib lashkarni yo‘q qilaman, Senga suyanib devorlardan oshib o‘taman.
31 Xudoning yo‘li komildir, Egamizning kalomi chin haqiqatdir, Panoh izlab borganga U qalqondir.
32 Egamizdan boshqa Xudo kim ekan?! Xudoyimizdan boshqa suyanchiq Qoya bormikan?!
33 Meni qudratli qiluvchi Xudodir, Yo‘limni O‘zi bexatar qiladi.
34 U oyoqlarimni kiyik oyog‘iday qiladi, Cho‘qqilar uzra meni bexatar yurg‘izadi.
35 Qo‘llarimni jang qilishga o‘rgatadi, Barmoqlarim bronza yoyni buka oladi.
36 Ey Egam, Sen menga zafar qalqoningni bergansan, O‘ng qo‘ling menga tayanch bo‘ladi, Madading esa meni yuksaltiradi.
37 Oyoqlarim uchun yo‘limni keng qilgansan, Oyoqlarim sira og‘ib ketmas.
38 G‘animlarimni quvlab, tutib oldim, Ularni yo‘q qilmay ortga qaytmadim.
39 Shunday ezdimki ularni, tura olmadilar, Oyoqlarim ostida cho‘zilib qoldilar.
40 Sen menga quvvat berib, jangga yubording, Menga qarshi otlangan yovni oldimda bosh egdirding.
41 G‘animlarimni mendan qochirding, Mendan nafratlanganlarni yo‘q qildim.
42 Ular madad so‘rab faryod qildilar, Najotkorni esa topolmadilar, Ey Egam, g‘animlarim Senga yolvordilar, Ammo Sen javob bermading.
43 Shamolning changiday ularni ezdim, Yo‘ldagi loydek sidirib tashladim.
44 Sen meni xalqning urush–janjalidan xalos etding. Meni ellarga yo‘lboshchi qilding, O‘zim tanimagan elat menga qaram bo‘ldi.
45 Ovozimni eshitiboq quloq tutdi, Yot ellar menga bo‘yin egdi.
46 Yot ellar holsizlanib yiqildi, Qaltirab manzilidan chiqib qochdi.
47 Egam barhayotdir! Suyangan qoyamga olqishlar bo‘lsin! Najotkorim Xudo yuksalsin!
48 Qasdimni olgan Xudodir, Xalqlarni menga U tobe qilgan,
49 Meni g‘animlarimdan U qutqargan, Bosqinchilardan meni ustun qilgan, Meni zo‘ravonlar qo‘lidan xalos etgan.
50 Shu bois, ey Egam, xalqlar ichra Senga hamdlar aytaman! Seni kuylab sano aytaman!
51 Egamiz O‘z shohini ulug‘ zafarlarga erishtiradi, O‘zi tanlagan shoh Dovud va uning urug‘iga To abad sodiq sevgisini ko‘rsatadi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

911. Xudoning irodasini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Haqiqiy sevgini izlash (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Rejalashtirilmagan homiladorlik (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. O'z joniga qasd qilish haqidagi fikrlar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Jinsiy zo‘rlanish (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Ota-onaning ajralishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Nizolar (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    911. Yaqin insonning vafot etishi (Djosh Makdauell, Ed Styuart)    Сенинг Чўққиларинг томон йўл (Ханна Харвард)    Фаришталар ҳам сукут сақлаган эдилар (Макс Лукадо)    Худонинг Буюклиги (Эйден Тозер)    Яраланган юрак (Дэн Аллендер)    Худонинг Муқаддаслиги (Роберт Спраул)    Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак