Yoshua 13 bob

1 Isroil xalqi hali bosib olmagan yerlar. 8 Iordan daryosining sharqidagi yerlar. 15 Ruben qabilasining hududi. 24 Gad qabilasining hududi. 29 Iordanning sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan yerlar.

1 Yillar o‘tib, Yoshua ancha keksayib qolgan paytda Egamiz unga shunday dedi: “Sen qariding, yoshing ham o‘tib qoldi, lekin bu yurtning ko‘p joylari hali bosib olinmagan.
2 Isroil xalqi hali quyidagi yerlarni egallamagan: butun Filist va Geshir xalqining yerlari,
3 ya’ni hozir Kan’on xalqiga tegishli bo‘lib, Misrning sharqiy chegarasidagi Shixor irmog‘idan shimoldagi Exron chegaralarigacha bo‘lgan yerlar. O‘sha joyda Filist xalqining beshta hukmdori yashaydi. Ular quyidagi shaharlarda hukmronlik qiladi: G‘azo, Ashdod, Ashqalon, Gat va Exron. Janubdagi Avim xalqining yerlari ham hali bosib olinmagan.
4 Shimolda esa Isroil xalqi hali quyidagi yerlarni bosib olmagan: Kan’on xalqining barcha yerlari. Bu yerlar Sidon xalqiga tegishli bo‘lgan Meraxni o‘z ichiga olib, shimol tomonga, Amor xalqi yerlarining chegarasidagi Ofoq degan joygacha cho‘ziladi.
5 Yana Gabolliklarning yerlarini, Lubnon tog‘li yerlarining sharq tomonini — Xermon tog‘ining etagidagi Baal–Gaddan Levo–Xomatgacha bo‘lgan joylarni,
6 Lubnondan Misrafo‘t– Mayimgacha bo‘lgan qirlarning aholisi — barcha Sidonliklarni ham Isroil xalqi hali mag‘lub qilmagan. Men O‘zim mana shu xalqlarni bu yurtdan, Isroil xalqining oldidan haydayman. Men senga buyurganimday, mana shu yerlarni albatta Isroil xalqiga mulk qilib bergin.
7 Xullas, mana shu yerlarni qolgan to‘qqizta qabilaga va Manashe qabilasining yarmiga mulk qilib bo‘lib bergin.”
8 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining boshqa yarmi Iordan daryosining sharqida o‘z ulushlarini olib bo‘lgan edilar. Ularga bu yerlarni Egamizning quli Muso bergan edi.
9 Ularning hududi janubdagi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan tortib soylikning o‘rtasidagi shahargacha cho‘zilib, Midavodan Dibongacha bo‘lgan butun yassi tepalikni o‘z ichiga oladi.
10 Bu hudud Xashbon shahrida hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘n qo‘li ostida bo‘lgan hamma shaharlarni, Ommon xalqining chegarasigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olardi.
11 Gilad hududi, Gashur va Maxo xalqlarining yerlari, shimoldagi butun Xermon tog‘i, sharqdagi Salkogacha bo‘lgan butun Bashan,
12 Rafa xalqining eng oxirgi avlodi bo‘lgan shoh O‘gning hamma yerlari ham o‘sha hududga kirar edi. Bashan hududining Ashtaro‘t va Edrey shaharlarida shoh O‘g hukmronlik qilgan edi. O‘sha yerlarning xalqlarini Muso mag‘lub qilib haydab chiqargan edi.
13 Lekin Isroil xalqi Gashur va Maxo xalqlarini haydab chiqarmadi, ular bugungacha Isroil xalqi orasida yashaydilar.
14 Faqatgina Levi qabilasiga Muso ulush bermadi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz aytganday, qurbongohda Unga atab kuydiriladigan qurbonliklarLevi qabilasining ulushidir.
15 Muso Ruben qabilasiga urug‘lari bo‘yicha ulush bergan edi.
16 Ularning hududi janubdagi Arnon soyligining chetida joylashgan Aror shahridan tortib soylikning o‘rtasidagi shahargacha cho‘zilib, Midavo atrofidagi butun yassi tepalikni o‘z ichiga oladi.
17 Mana shu hudud Xashbon shahrini va yassi tepalikda joylashgan quyidagi hamma shaharlarni o‘z ichiga olar edi: Dibon, Bomo‘t–Baal va Bayt–Baal–Miyon,
18 Yaxaz, Kadamo‘t, Mifat,
19 Xiratayim, Sivmo va Iordan vodiysida joylashgan qirning ustidagi Zaret– Xashaxar,
20 Bayt–Piyor, Fisgax tog‘ tizmasining yon bag‘irlari, Bayt–Yashimo‘t shaharlari.
21 Ruben qabilasining yerlari yassi tepalik ustidagi barcha shaharlar, Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘nning butun shohligini o‘z ichiga olardi. Muso Sixo‘nni va u bilan ittifoq tuzgan Midiyon hukmdorlarini mag‘lub qildi. Ularning ismlari Evi, Rahem, Zur, Xur va Raba edi.
22 Isroil xalqi yana Bavo‘r o‘g‘li Balomni ham qilichdan o‘tkazdi. U folbinlik bilan shug‘ullanar edi.
23 Ruben qabilasi hududining g‘arbiy chegarasi Iordan daryosi va uning qirg‘oqlari edi. Mana shu yerlar Ruben qabilasiga mulk qilib berilgan edi.
24 Muso Gad qabilasiga ham urug‘lari bo‘yicha ulush berdi.
25 Yazir shahri, Gilad viloyatidagi hamma shaharlar, Rabba shahrining sharqidagi Aror shahrigacha bo‘lgan Ommonlar yerining yarmi ularning hududiga kirar edi.
26 Ularning yeri yana janubdagi Xashbon shahridan shimol tomondagi Ramat–Mispi va Batonim shaharlarigacha, shuningdek, shimoldagi Moxanayimdan Debirgacha cho‘zilgan edi.
27 Gad qabilasining yeri Iordan vodiysida Bayt– Xaram, Bayt–Nimro, Suxo‘t, Zofun shaharlarini hamda Xashbon hukmdori bo‘lgan Sixo‘n shohining qolgan shohligini ham o‘z ichiga olar edi. Bu hududning g‘arbiy chegarasi Iordan daryosi bo‘lib, shimoldagi Jalila ko‘ligacha cho‘zilgan edi.
28 Mana shu hududdagi shaharlar va atroflaridagi qishloqlari Gad qabilasiga mulk qilib berilgan edi.
29 Muso Manashe qabilasining yarmiga ham urug‘lari bo‘yicha ulush bergan edi.
30 Ularning hududi Moxanayim shahridan shimolga cho‘zilib, butun Bashan hududini va Yovir bosib olgan oltmishta shaharni o‘z ichiga olar edi. Bashan shohi O‘g mana shu joylarda hukmronlik qilgan edi.
31 Gilad viloyatining yarmi, Bashandagi O‘g shohligining poytaxt shaharlari Ashtaro‘t va Edrey ham ularning hududiga kirar edi. Mana shu yerlar Manashe o‘g‘li Moxirdan kelib chiqqan naslning yarmiga berilgan edi.
32 Iordanning sharqida, Mo‘ab tekisligida, Yerixoning ro‘parasida Muso bo‘lib bergan ulushlar mana shulardir.
33 Lekin Levi qabilasiga Muso ulush bermagan edi. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz ularga: “Men O‘zim sizlarning ulushingiz bo‘laman”, deb va’da bergan edi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак