Yoshua 8 bob

1 Ay shahrining mag‘lubiyati va vayron qilinishi. 30 Yoshua Tavrot kitobini Ebal tog‘ida o‘qiydi.

1 Egamiz Yoshuaga aytdi: “Qo‘rqma, vahimaga tushma, barcha jangga yaroqli erkaklarni boshlab, Ay shahriga borgin. Mana, Ay shohini uning xalqi, shahri va yeri bilan birga senga berganman.
2 Yerixo va uning shohini nima qilgan bo‘lsangiz, Ay va uning shohini ham xuddi shunday qilasizlar. Faqat shahardagi mol–mulklarni va mol–qo‘ylarni o‘zingizga o‘lja qilib olsangiz bo‘ladi. Shaharning orqasida pistirma qo‘yinglar.”
3 Yoshua va hamma jangga yaroqli erkaklar Ayga hujum qilishga tayyorlanishdi. Yoshua o‘z lashkari orasidan o‘ttiz ming jangchini tanlab oldi. Tunda jo‘natayotib,
4 ularga shunday buyruq berdi: — Borib, shaharning orqasida pistirma quring, shahardan uzoqqa bormang, hammangiz sergak bo‘lib turing.
5 Men odamlarim bilan shaharga yaqinlashaman. Ular bizga qarshi chiqqanda, oldingiday biz ulardan qochamiz.
6 Bizni quvib, dushmanlar shahardan ancha uzoqlashib ketadi. Ular o‘zlaricha: “Dushmanlarimiz yana oldingiday bizdan qochyapti”, deb o‘ylashadi. Biz qochayotganimizda esa
7 sizlar pistirmadan chiqib, shaharni olasizlar. Egangiz Xudo uni sizlarning qo‘lingizga beradi.
8 Shaharni olganingizdan keyin Egamiz buyurganday, uni yondirasizlar. Mana shu buyruqlarni ijro eting.
9 Shu so‘zlar bilan Yoshua ularni jo‘natib yubordi. Ular Ayning g‘arbida — Ay va Baytil oralig‘ida pistirma qo‘yib, o‘sha yerda kutib yotdilar. O‘sha tunni Yoshua qarorgohda o‘tkazdi.
10 Ertasi kuni, tong payti Yoshua jangchilarini bir joyga yig‘ib, qabilalarning boshliqlari bilan birga ularni Ayga boshlab bordi.
11 Barcha jangga yaroqli kishilar u bilan ketdi. Ular shaharga yaqinlashib, Ayning shimolida qarorgoh qurishdi. Ay va ularning orasida jarlik bor edi.
12 Yoshua besh mingga yaqin odamni Ayning g‘arbidagi, Ay va Baytil shaharlarining oralig‘ida pistirma qo‘yishga yubordi.
13 Shunday qilib, jangchilar jangovar holatga keltirildi. Ularning asosiy qismi shaharning shimolida, qorovullar bo‘linmasi esa shaharning g‘arbida edi. Yoshua esa o‘sha tunni jarlikda o‘tkazdi.
14 Buni ko‘rgan Ay shohi ertasi kuni tongda shoshilib, butun lashkari bilan Iordan vodiysi ro‘parasidagi bir joyga Isroil xalqi bilan jang qilishga bordi. Ammo u shaharning orqasida o‘ziga qarshi pistirma qo‘yilganini bilmas edi.
15 Yoshua va butun Isroil lashkari o‘zlarini yengilayotganday ko‘rsatib, sahro tarafga qochishdi.
16 Yoshua va Isroil qo‘shinini quvish uchun Ay shahridagi barcha erkaklar chaqirildi. Ular Yoshua va Isroil lashkarini quvib, shahardan ancha uzoqlashib ketishdi.
17 Ay va Baytilda Isroil lashkarini quvish uchun chiqmagan birorta ham erkak qolmadi. Shaharni qo‘riqlashga hech kimni qoldirmay, Isroil lashkarini ta’qib qildilar.
18 Egamiz Yoshuaga shunday dedi: “Qo‘lingdagi nayzani Ay tomonga uzat, o‘sha shaharni sening qo‘lingga beraman.” Yoshua qo‘lidagi nayzasini shahar tomonga uzatdi.
19 U qo‘lini uzatishi bilanoq pistirmada yashirinib o‘tirgan jangchilar tezda turib oldinga yugurdilar. Ular shaharga kirishdi. Shaharni qo‘lga olib, darrov unga o‘t qo‘yishdi.
20 Ay lashkari orqaga qarasa, yonayotgan shaharning tutuni ko‘kka ko‘tarilyapti. Ular na u yoqqa, na bu yoqqa qocha olardilar, chunki sahroga qochgan Isroil lashkari endi orqaga burilib, ularga qarshi chiqqan edi.
21 Yoshua va butun Isroil lashkari shahardan tutun chiqayotganini ko‘rib, pistirmadagilar shaharni olganini bilishdi. Shunda ular orqaga burilib, Ay shahrining odamlariga hujum qildilar.
22 Isroil lashkarining shahardagilari ham Ay odamlariga qarshi chiqishdi. Shunday qilib, Isroil lashkari ularni u tomondan ham, bu tomondan ham qurshab olishgan edi. Isroil lashkari ularning hammasini qirib tashladi. Hech kim tirik qolmadi, birortasi ham qochib keta olmadi.
23 Ammo Ay shohini tirikligicha ushlab, Yoshuaning huzuriga olib kelishdi.
24 Isroil lashkari shahar tashqarisida — sahroda butun Ay qo‘shinini qirib tashlashdi. Ularning hammasi halok bo‘lgandan keyin Isroil lashkari Ayga borib, u yerda qolganlarning hammasini yo‘q qildi.
25 O‘sha kuni butun Ay aholisi, hammasi bo‘lib o‘n ikki mingta erkak va ayol halok bo‘ldi.
26 Ayda yashovchilarning hammasi yo‘q qilinmaguncha, Yoshua nayza ushlagan qo‘lini tushirmadi.
27 Egamiz Yoshuaga buyurganday, Isroil lashkari faqatgina mol–qo‘y va shahar aholisining mol–mulkini o‘zlariga o‘lja qilib oldi.
28 Yoshua Ay shahrini yondirib yubordi. O‘sha shahar bugungi kungacha vayron bo‘lib yotibdi.
29 Ay shohini esa qatl ettirib, jasadini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtirdi. Uning jasadi kechgacha o‘sha yerda osilib turdi. Quyosh botgandan keyin, Isroil jangchilari Yoshuaning buyrug‘iga ko‘ra, jasadni xodadan tushirib, shahar darvozasining ostonasiga tashladilar. Uning ustiga katta tosh uyumi to‘pladilar. Shu tosh uyumi bugungacha o‘sha yerdadir.
30 Keyin Yoshua Isroil xalqining Xudosi — Egamizga Ebal tog‘ida qurbongoh qurdi.
31 Egamizning quli Muso ularga Tavrot kitobida[56] buyurganday, hech qanday temir asbob ishlatmasdan, yo‘nilmagan toshlardan qurbongoh qurdi. Ular o‘sha qurbongohda Egamizga kuydiriladigan qurbonlik va tinchlik qurbonliklari keltirdilar.
32 O‘sha yerda — Isroil xalqining ko‘z oldida Yoshua toshlarga Muso yozgan qonunlarning nusxasini yozdi.
33 Qabila oqsoqollari, qabila nazoratchilariyu hakamlari qatorida butun Isroil xalqi va ularning orasida yashayotgan qondosh bo‘lmaganlar ham Egamiz ahd sandig‘ining qarshisida — uni ko‘tarib turgan leviruhoniylarining oldida turishdi. Xalqning yarmisi Garizim tog‘i etagida, yarmisi Ebal tog‘i etagida turardi. Egamizning quli Muso, Isroil xalqini duo qilish vaqti kelganda shunday qilinglar, deb buyurgan edi.
34 Keyin Yoshua Tavrot kitobida yozilganday, qonunlarning har bir so‘zini, baraka va la’natlarga oid parchalarni o‘qidi.
35 Butun Isroil jamoasi oldida, ayollaru bolalar, Isroil xalqi orasida yashayotgan, ularga qondosh bo‘lmaganlar oldida, Muso ularga buyurgan qonunlarni Yoshua bitta qoldirmay o‘qidi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак