Yoshua 21 bob

1 Levi qabilasining shaharlari. 43 Isroil xalqi yerga egalik qiladi.

1 Levi qabilasi urug‘larining boshliqlari kelib, ruhoniy Elazar, Nun o‘g‘li Yoshua va boshqa Isroil qabilalarining boshliqlari bilan gaplashishdi.
2 Isroil xalqi hali ham Kan’on yurtidagi Shilo‘ shahrida edi. Levi qabilasidan kelganlar shunday deyishdi: “Levi qabilasiga yashash uchun shaharlar, qo‘y–mollarini boqish uchun esa shaharlarning atrofidagi yaylovlarni bergin, deb Egamiz Musoga amr qilgan edi.”
3 Shunda Egamizning amri bo‘yicha Isroil xalqi o‘zlarining yerlaridan Levi qabilasiga quyidagi shaharlar va ularning atrofidagi yaylovlarni berdi.
4 Qur’a birinchi bo‘lib, Levi qabilasining Qohot urug‘iga tushdi. Qohot urug‘idan bo‘lgan Horun nasliga Yahudo, Shimo‘n va Benyamin qabilalaridan o‘n uchta shahar berildi.
5 Yana qur’a bo‘yicha Qohot urug‘ining qolgan oilalariga Iordan daryosining g‘arbidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan, Efrayim va Dan qabilalarining hududidan o‘nta shahar berildi.
6 Qur’a tashlanib, Gershon urug‘idan bo‘lganlarga Iordan daryosining sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli Bashandagi hududdan, Issaxor, Osher va Naftali qabilalarining hududlaridan o‘n uchta shahar berildi.
7 Qur’a bo‘yicha Marori urug‘iga Ruben, Gad va Zabulun qabilalarining hududidan o‘n ikkita shahar berildi.
8 Egamizning Musoga bergan amriga ko‘ra, Isroil xalqi qur’a tashlab mana shu shaharlar va ularning yaylovlarini Levi qabilasiga berdi.
9 Quyida aytib o‘tilgan, Yahudo va Shimo‘n qabilalari hududlaridagi shaharlarni
10 Isroil xalqi qur’a bo‘yicha, birinchi bo‘lib Horunning nasli bo‘lgan Qohot urug‘iga berdi.
11 Ularga Yahudo qirlaridagi Xevron shahri va uning atrofidagi yaylovlari berildi. Xevron hozirgi paytda Xirat– Arba, deb ataladi. Arba Inoq avlodining ajdodi edi.
12 Ammo o‘sha shaharning yonidagi dalalar va atrofidagi qishloqlar Yafunax o‘g‘li Xolibga mulk qilib berilgan edi.
13 Panoh shaharlaridan biri bo‘lgan Xevrondan tashqari ruhoniy Horun nasliga yana quyidagi shaharlar va ularning atroflaridagi yaylovlar ham berildi: Libna,
14 Yatir, Eshtamo‘va,
15 Xo‘lun, Davir,
16 Oyin, Yutto va Bayt–Shamash. Hammasi bo‘lib Yahudo va Shimo‘n qabilalarining hududlaridagi mana shu to‘qqizta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar.
17 Benyamin qabilasining hududidan esa quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Givon, G‘ibo,
18 Onoto‘t, Elmo‘n.
19 Mana shu o‘n uchta shahar Horun naslidan bo‘lgan ruhoniylarga berildi.
20 Qohot urug‘ining qolgan oilalariga Efrayim qabilasi hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ajratib berildi:
21 Efrayim qirlaridagi panoh shahri bo‘lgan Shakam, Gezer,
22 Xivzayim, Bayt–Xo‘ron.
23 Dan qabilasining hududidan quyidagi to‘rt shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar ham ruhoniylarga berildi: Eltaxa, Gibiton,
24 Oyjavlon, Gat–Rimmon.
25 Iordanning g‘arb tomonidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan quyidagi ikki shahar va ularning atroflaridagi yaylovlari ruhoniylarga berildi: Tanax, Gat– Rimmon.
26 Qohot urug‘ining qolgan oilalariga mana shu o‘nta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi.
27 Iordanning sharqidagi Manashe qabilasining yarmiga berilgan hududdan Levi qabilasining Gershon urug‘iga quyidagi ikki shahar va ularning atrofidagi yaylovlar berildi: Bashandagi panoh shahar Go‘lon, Beshtara.
28 Issaxor qabilasining hududidan ularga yana quyidagi to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar ham berildi: Xishion, Dovarat,
29 Yarmut, En–Xannim.
30 Osher qabilasining hududidagi quyidagi to‘rtta shahar va ularning atrofidagi yaylovlar ham Gershon urug‘iga berildi: Mishol, Abdo‘n,
31 Xalkat, Rexob.
32 Ular yana Naftali qabilasi hududidan quyidagi uchta shahar va ularning atrofidagi yaylovlarni ham oldilar: Xammutdo‘r, Kartan va Jaliladagi panoh shahar Kedesh.
33 Gershon urug‘iga mana shu o‘n uchta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi.
34 Levi qabilasining qolganlariga, ya’ni Marori urug‘iga Zabulun qabilasining hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi: Yoxnayom, Kartax,
35 Dimna, Nahalil.
36 Ruben qabilasining hududidan quyidagi to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar ham Marori urug‘iga berildi: Bazer, Yaxaz,
37 Kadamo‘t, Mifat.
38 Gad qabilasining hududidan esa quyidagi to‘rtta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar ularga berildi: Giladdagi panoh shahar Ramo‘t, Moxanayim,
39 Xashbon, Yazir.
40 Levi qabilasining Marori urug‘iga mana shu o‘n ikkita shahar berildi.
41 Isroil xalqining yerlaridan Levi qabilasiga hammasi bo‘lib qirq sakkizta shahar va ularning atroflaridagi yaylovlar berildi.
42 Mana shu shaharlarning har birining atrofida yaylovlar bor edi.
43 Egamiz Isroil xalqiga butun yurtni berdi. Egamizning O‘zi Isroil xalqining ota–bobolariga, mana shu yerlarni sizlarga beraman, deb va’da qilgan edi. Isroil xalqi u yerlarni egallab, o‘sha yerlarda joylashdi.
44 Egamiz ularning ota– bobolariga va’da qilganday, butun yurt bo‘ylab Isroil xalqiga osoyishtalik berdi. Hech bir dushman ularga bas kela olmadi, chunki Egamizning O‘zi Isroil xalqiga dushmanlarining ustidan g‘alaba bergan edi.
45 Egamiz Isroil xalqiga bergan yaxshi va’dalarning hammasi ro‘yobga chiqdi, birortasi ham bajarilmay qolmadi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак