Yoshua 22 bob

1 Yoshua Iordanning sharqidan ulush olgan qabilalarni uylariga qaytarib yuboradi. 10 Iordan bo‘yidagi qurbongoh.

1 Yoshua Iordan daryosining sharq tomonida ulush olgan Ruben, Gad qabilalarini va Manashe qabilasining yarmini chaqirib,
2 shunday dedi: “Egamizning quli Muso nima amr qilgan bo‘lsa, hammasini bajardingiz. Men buyurganlarimning hammasiga itoat qildingiz.
3 Yurtni egallashga shuncha uzoq vaqt ketgan bo‘lsa ham, siz o‘z birodarlaringizni tark etmadingiz, Egangiz Xudo qo‘ygan talablarni bitta qoldirmay bajardingiz.
4 Egangiz Xudo O‘zi va’da qilganday, birodarlaringizga tinchlik berdi. Egamizning quli Muso sizlarga Iordanning sharq tomonidan ulush berdi. Endi o‘sha yerlardagi o‘zingizning chodirlaringizga qaytinglar.
5 Egamizning quli Muso sizlarga buyurgan amr va qonunlarni bitta qoldirmay bajaringlar. Egangiz Xudoni sevinglar, Uning yo‘lidan yurib, amrlarini bajarib, Unga sodiq bo‘ling, Unga butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan xizmat qiling.”
6 Yoshua ularni duo qilib, o‘z yerlariga yubordi. Ular o‘z chodirlariga qaytib ketishdi.
7 Manashe qabilasining yarmiga Muso Bashan yerlarini ulush qilib bergan edi, ikkinchi yarmiga esa Yoshua qolgan Isroil qabilalari bilan birga Iordanning g‘arbidan yer bergan edi. Yoshua duo qilib, ularni o‘z chodirlariga yuborayotganda,
8 shunday degan edi: “O‘z chodirlaringizga ko‘p boylik bilan, juda ham ko‘p mol–qo‘y, kumush, oltin, bronza, temir, ko‘p kiyim–kechaklar bilan qaytib ketyapsizlar. Dushmanlaringizdan olgan o‘sha o‘ljalarni birodarlaringiz bilan bo‘lishib olinglar.”
9 Shunday qilib, Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi o‘z uylariga qaytib ketishdi. Ularning hududi Iordan daryosining sharqida joylashgan edi. Egamiz O‘z quli Muso orqali amr qilib, ularga: “Mana shu yerlarni egallab olib, shu yerda joylashinglar”, degan edi. Isroil xalqining qolganlari Kan’on yurtidagi Shilo‘da qoldi.
10 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi hali ham Kan’on yurtida ekanlar, Iordan daryosidan o‘tishdan oldin, daryoning yonidagi Gelilo‘t degan joyda juda katta qurbongoh qurishdi.
11 Qolgan Isroil xalqiga: “Iordanning sharqidan ulush olgan Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi biz tomonda, Kan’on yurtining chegarasida, Gelilo‘tda qurbongoh quribdi”, deb aytishdi.
12 Isroil xalqining jamoasi buni eshitib, Manashe qabilasining yarmi, Ruben va Gad qabilalariga qarshi jang qilish uchun Shilo‘da yig‘ildi.
13 Ammo avval ular Giladga — Manashe qabilasining yarmi va Ruben, Gad qabilalarining oldiga ruhoniy Elazar o‘g‘li Finxazni yuborishdi.
14 Iordanning g‘arbidagi qabilalarning har biridan bir kishi — o‘z qabilasining boshlig‘i bo‘lgan o‘n kishi ham Finxaz bilan birga bordi.
15 Ular Iordan daryosidan o‘tib, Giladga bordilar. O‘sha yerda Finxaz va u bilan kelganlar Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmiga shunday dedilar:
16 — Biz Egamiz jamoasi nomidan gapiryapmiz. Nima uchun Isroil xalqining Xudosiga xiyonat qildingiz? Qanday qilib Egamizdan yuz o‘girib, Unga qarshi bosh ko‘tarib, o‘zingizga qurbongoh qurdingiz?
17 Piyor tog‘ida qilgan gunohimiz yetmasmidi?! O‘sha gunoh tufayli Egamizning butun jamoasi boshiga ofat keldi–ku. Shunda ham biz hali o‘sha gunohdan butunlay poklanganimiz yo‘q.
18 Sizlar esa yana Egamizdan yuz o‘giryapsiz?! Sizlar bugun Egamizga qarshi bosh ko‘targan bo‘lsangiz, ertaga U butun Isroil jamoasidan g‘azablanadi.
19 Yeringiz Egamizga sajda qilishga mos kelmaydigan joy bo‘lsa, daryoning narigi tomoniga, Egamiz O‘z chodirini tikkan joyga o‘tib, bizning oramizda o‘zingizga biror yerni mulk qilib olinglar. Ammo Egamiz Xudoning qurbongohidan tashqari yana boshqa qurbongoh qurib olib, Egamizga yoki bizga qarshi bosh ko‘tarmanglar.
20 Zerax o‘g‘li Oxun Egamizga xiyonat qilib, bag‘ishlangan narsalardan o‘g‘irlagan edi. Shu tufayli butun Isroil xalqining boshiga kulfat tushdi–ku! O‘sha gunoh deb yolg‘iz uning o‘zi halok bo‘lmadi–ku!
21 Shunda Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi Isroil qabilalarining boshliqlariga shunday javob berishdi:
22 — Xudolar Xudosi Egamizdir! Xudolar Xudosi Egamizdir! Uning O‘zi guvohimiz bo‘lsin. Egamizning O‘zi biladi. Butun Isroil xalqi ham bilsin. Biz qurbongohni Egamizga qarshi bosh ko‘tarib yoki Unga xiyonat qilib qurganimiz yo‘q. Agar shu niyatda qurbongoh qurgan bo‘lsak, endi bizni ayamanglar.
23 Biz bu qurbongohni Egamizdan yuz o‘girganimiz uchun emas, hatto shu qurbongoh ustida kuydiriladigan qurbonliklaru don nazrlari va tinchlik qurbonliklari keltirish uchun ham qurganimiz yo‘q. Agar shu niyatda qurbongoh qurgan bo‘lsak, Egamizning O‘zi bizni jazolasin.
24 Biz qo‘rqqanimizdan shunday qildik. Vaqti kelib, sizlarning avlodlaringiz bizning avlodimizga shunday deb qolishi mumkin: “Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bilan sizlarning nima ishingiz bor?!
25 Egamiz sizlar — Ruben va Gad qabilalari bilan bizning oramizda Iordan daryosini chegara qilib qo‘ydi, Egamizda sizning hech haqingiz yo‘q.” Sizlarning avlodingiz shunday deb bizning avlodlarimizni Egamizga sajda qilishdan to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
26 Shuning uchun biz shunday dedik: “Kelinglar, qurbongoh quraylik, bu qurbongoh kuydiriladigan qurbonliklaru boshqa har xil qurbonliklar keltirish uchun ishlatilmaydi.”
27 Biz bu qurbongohni siz bilan bizning oramizda, bizdan keyingi avlodlar orasida guvoh bo‘lsin, deb qurdik. Mana shu qurbongoh biz ham, sizlar qatori, Egamizning chodiri oldida Egamizga sajda qilib, o‘sha yerda kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklari keltirishimizni ko‘rsatadi. Shunda sizlarning avlodlaringiz bizning avlodlarimizga hech qachon: “Egamizda sizlarning haqingiz yo‘q”, — demaydi.
28 Agar biz bilan sizlarning orangizda yoki avlodlarimiz orasidan shunday gap o‘tsa, biz yoki avlodlarimiz quyidagiday javob bera olamiz: “Mana, Egamiz qurbongohining nusxasiga qaranglar. Bizning ajdodlarimiz uni kuydiriladigan qurbonliklar va boshqa har xil qurbonliklar keltirish uchun emas, balki siz bilan bizning o‘rtamizda guvoh bo‘lishi uchun qurishgan.”
29 Faqat Egamiz Xudoning chodiri oldida turgan qurbongohdagina Unga atab kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va boshqa qurbonliklar keltirish mumkin. Egamizga qarshi bosh ko‘tarishdan, Undan yuz o‘girib, qurbonliklar keltirish uchun boshqa qurbongoh qurishdan Uning O‘zi saqlasin.
30 Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi aytgan bu gaplarni eshitib, ruhoniy Finxaz va u bilan birga kelgan Isroil xalqining boshliqlari juda mamnun bo‘lishdi.
31 Ruben, Gad qabilalariga va Manashe qabilasining yarmiga Elazar shunday dedi: — Bugun Egamiz biz bilan birga ekanligini bilamiz. Sizlar Egamizga xiyonat qilmay, butun Isroil xalqini Uning g‘azabidan saqlab qoldingiz.
32 Keyin Elazar va Isroil xalqi boshliqlari Giladdan Kan’on yurtiga, Isroil xalqining oldiga qaytib kelib nima bo‘lganini aytib berishdi.
33 Ular olib kelgan xabar Isroil xalqini mamnun qildi. Isroil xalqi Xudoga hamdu sano aytib, Ruben va Gad qabilalariga qarshi jang qilish va ularning yerlarini vayron qilish haqida boshqa og‘iz ochmadi.
34 “Mana shu qurbongoh bizning oramizda Egamiz Xudo ekanligiga guvoh”, deb Ruben va Gad qabilalari qurbongohga Guvoh degan nom berishdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак