Yoshua 24 bob

1 Yoshuaning Shakamda so‘zlagan nutqi. 29 Yoshua va Elazarning vafoti.

1 Keyin Yoshua barcha Isroil qabilalarini, ularning oqsoqollari, boshliqlari, hakamlari va nazoratchilarini Shakamga chaqirtirdi. Ular Xudoning huzuriga keldilar.
2 Yoshua butun xalqqa shunday dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday demoqda: “Qadimda sizlarning ajdodlaringiz, jumladan, Terah va uning o‘g‘illari Ibrohim hamda Naxo‘r Furot daryosining narigi tomonida yashaganlar. Ular boshqa xudolarga xizmat qilganlar.
3 Men sizlarning ota–bobongiz bo‘lgan Ibrohimni Furotning narigi tomonidagi yerdan olib, butun Kan’on yurti bo‘ylab boshlab bordim. Ibrohimning naslini ko‘paytirdim. Ibrohimga Is’hoqni berdim.
4 Is’hoqqa esa Yoqub va Esovni berdim. Esovga yashash uchun Seir tog‘larini berdim. Yoqub va uning farzandlari esa Misrga bordilar.
5 Keyin Muso va Horunni Misrga yuborib, Misr xalqining boshiga falokatlar keltirdim. O‘shandan keyin sizlarni Misrdan olib chiqdim.
6 Ota–bobolaringiz Qizil dengizga yetib keldi. Misrliklar esa aravakashlari va jang aravalari bilan ularni Qizil dengizgacha quvib bordilar.
7 Ota–bobolaringiz Menga iltijo qilganlarida, Men Misrliklar va ota–bobolaringiz orasiga qorong‘ilik tushirdim. Misrliklarning ustiga dengiz suvlarini bostirib, ularni g‘arq qildim. Misrni qay ahvolga solganimni sizlar o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Undan keyin sizlar sahroda uzoq vaqt yashadingiz.
8 Keyin Men sizlarni Iordan daryosining sharq tomonidagi yurtga olib keldim. U yerda Amor xalqi yashar edi. Ular sizlarga qarshi chiqib jang qildi. Men sizlarga ularning ustidan g‘alaba berdim. Ularni sizlarning oldingizdan qirib tashladim, sizlar ularning yerlarini egallab oldingiz.
9 Keyin Mo‘ab shohi — Zippur o‘g‘li Boloq sizlarga qarshi jangga chiqdi. Isroil xalqini la’natlasin, deb u Bavo‘r o‘g‘li Balomni chaqirtirdi.
10 Ammo Men Balomga quloq solmadim, aksincha, o‘z ixtiyoriga qarshi u sizlarni duo qildi. Shunday qilib, Men sizlarni Boloqning qo‘llaridan qutqardim.
11 Sizlar Iordandan o‘tib, Yerixoga kelganingizda, Yerixo aholisi sizlarga qarshi jang qildi. Amor, Pariz, Kan’on, Xet, Girgosh, Xiv va Yobus xalqlari ham sizlarga qarshi urush qildi. Men sizlarga ularning ustidan g‘alaba berdim.
12 Ikki Amor shohini vahimaga solib, arilar galasi singari quvdim. Buni sizlar qilichu kamonlaringiz bilan qilmadingiz.
13 Sizlarga o‘zingiz ishlov bermagan yerlarni berdim. Endi sizlar o‘zingiz qurmagan shaharlarda yashayapsizlar, o‘zingiz ekmagan uzumzoru zaytun bog‘larining mevasini yeyapsizlar.”
14 Yoshua gapida davom etib, shunday dedi: — Endi Egamizdan qo‘rqing, Unga sodiq bo‘lib, doimo chin dildan xizmat qiling. Ajdodlaringiz Furot daryosining narigi tomonida va Misrda sajda qilgan xudolarni tashlab, faqatgina Egamizga xizmat qiling.
15 Agar Unga xizmat qilishni ma’qul ko‘rmasangiz, kimga xizmat qilishingizni bugun tanlang. Furot daryosining narigi tomonida yashagan paytda sajda qilgan xudolaringizga xizmat qilasizlarmi? Yoki oldin Amor xalqlariga tegishli bo‘lgan yerlarda yashayotganingiz uchun endi ularning xudolariga xizmat qilasizlarmi? Bugun tanlang. Men va oilam esa Egamizga xizmat qilamiz.
16 Xalq javob berdi: — Xudo saqlasin! Biz hech qachon boshqa xudolarga xizmat qilish uchun Egamizni tashlab ketmaymiz!
17 Bizni va ota–bobolarimizni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egamiz Xudodir. U qilgan mo‘jizalarni biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Har xil xalqlarning orasidan o‘tganimizda, qayerga bormaylik, U bizni himoya qildi.
18 Mana shu yurtda yashagan Amor va boshqa xalqlarning hammasini Egamiz bizning oldimizdan haydab yubordi. Shuning uchun ham biz Egamizga xizmat qilamiz, U bizning Xudoyimizdir.
19 Yoshua xalqqa shunday dedi: — Egamiz Muqaddas Xudodir. U rashkchi Xudo. Siz Unga xizmat qila olmaysiz. Agar Unga qarshi bosh ko‘tarsangiz yoki gunoh qilsangiz, U sizlarni kechirmaydi.
20 Egamiz sizlarga shuncha yaxshilik qilgan bo‘lsa ham, agar Uni tashlab, boshqa xudolarga xizmat qilsangiz, U boshingizga kulfat keltirib, qirib tashlaydi.
21 Xalq Yoshuaga shunday dedi: — Yo‘q, boshqa xudolarga xizmat qilmaymiz, biz Egamizga xizmat qilamiz!
22 Shunda Yoshua xalqqa dedi: — Egamizga xizmat qilamiz, deb tanlaganingizga o‘zingiz guvohsiz. — Ha, guvohmiz, — deb javob berdi xalq.
23 Yoshua: — Unday bo‘lsa, orangizdagi begona xudolarni tashlab, butun qalbingiz bilan Isroil xalqining Xudosi — Egamizga bog‘laninglar, — dedi.
24 Xalq Yoshuaga shunday dedi: — Egamiz Xudoga xizmat qilamiz, Unga quloq solamiz.
25 O‘sha kuni Yoshua Shakamda xalq bilan ahd tuzib, ular bajarishlari uchun qonun–qoidalar berdi.
26 Yoshua bu so‘zlarni Xudoning Tavrot kitobiga yozdi. Keyin katta tosh olib, uni sajdagohda eman daraxtining tagiga yodgorlik qilib o‘rnatdi.
27 Yoshua butun xalqqa shunday dedi: — Qaranglar, mana shu tosh Egamiz bizga aytgan hamma gaplarni eshitgan, shuning uchun agar Egamizga bergan va’dada turmasak, u bizga qarshi guvoh bo‘ladi.
28 Shundan keyin Yoshua xalqni o‘zlari ulush qilib olgan yerlarga yubordi.
29 Birmuncha vaqtdan keyin Egamizning quli Yoshua 110 yoshga kirib vafot etdi.
30 Gash tog‘ining shimolidagi, Efrayim qirlarida joylashgan Timnat–Serax shahri Yoshuaga ulush qilib berilgan edi. Uni o‘sha yerda dafn qildilar.
31 Yoshua butun umri davomida Isroil xalqi Egamizga xizmat qildi. Yoshuadan keyin qolgan, Egamiz Isroil xalqi uchun qilgan hamma ishlarni ko‘rgan boshqa oqsoqollarning hayoti davomida ham Isroil xalqi Egamizga xizmat qildi.
32 Isroil xalqi Misrdan chiqqanda Yusufning suyaklarini o‘zlari bilan olgan edi. Ular mana shu suyaklarni Shakamda ko‘mishdi. Yoqub bu yerni Shakamning otasi Xamo‘rning o‘g‘illaridan yuz bo‘lak kumushga sotib olgan edi. O‘sha yer Yusuf avlodlarining ulushi bo‘lib qoldi.
33 Horun o‘g‘li Elazar ham vafot etdi. Elazarning o‘g‘li Finxazga Efrayim qirlaridagi Givo shahri ulush qilib berilgan edi. Elazar o‘sha joyga dafn qilindi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак