Yoshua 2 bob

1 Yoshua Yerixoga ayg‘oqchilarni yuboradi.

1 Yoshua Shitimdagi qarorgohdan ikki kishini yashirincha ayg‘oqchi qilib yubordi. Yuborishdan oldin ularga: “Borib, Kan’on yurtini, ayniqsa Yerixo shahrini yaxshilab ko‘rib kelinglar”, — dedi. Ular Yerixoga ketishdi. Borib, Rahoba ismli bir fohishaning uyiga kirib, o‘sha yerda tunab qolishdi.
2 Yerixo shohiga: “Bugun kechqurun Isroil xalqidan bir nechtasi butun yurtimizni tekshirish uchun kelishibdi”, — degan xabar yetib bordi.
3 Shunda shoh Rahobaga xabar yuborib: “Yurtimizni tekshirishga kelgan kishilar sening uyingga kiribdi. Endi ularni tashqariga olib chiq”, deb buyurdi.
4 Lekin ayol o‘sha kishilarni yashirib qo‘ygan edi. U shohning odamlariga shunday dedi: “To‘g‘ri, o‘sha kishilar menikiga kelgan edi, lekin ularning qayerdan kelganini bilmagandim.
5 Kech tushib, shahar darvozasi yopilishidan oldin ular chiqib ketishdi. U kishilar qayerga ketganini bilmayman. Agar tez orqasidan borsangiz, ularni ushlashingiz mumkin.”
6 Aslida Rahoba ularni tomga olib chiqib, qurisin, deb yoyilgan zig‘ir bog‘lamlari tagiga yashirib qo‘ygan edi.
7 Shohning odamlari shahardan chiqib ketishi bilanoq, shahar darvozasi yopildi. Ular ayg‘oqchilarni qidirib, Iordan daryosining kechuv joyigacha borishdi.
8 Ayg‘oqchilar uxlashga yotishdan oldin Rahoba tomga chiqib,
9 ularga shunday dedi: “Egangiz bizning yurtimizni sizlarga berganligini bilaman. Butun xalqimiz bilan sizlardan qo‘rqib qolganmiz. Shu yerda yashaydiganlarning hammasi sizlar haqingizda eshitib vahimaga tushgan.
10 Biz eshitdik, sizlar Misrdan chiqqaningizdan keyin Egangiz oldingizda Qizil dengiz suvlarini quritibdi, Iordanning sharq tomonidagi Amor xalqining shohlari O‘g va Sixo‘nga nima qilganingizni, ularning odamlarini butunlay qirib tashlaganingizni ham eshitdik.
11 Bu voqealar haqida eshitishimiz bilan yuraklarimiz orqaga tortib ketdi, sizlarni deb har birimizning jasoratimizdan asar ham qolmadi. Chunki Egangiz Xudo ham osmonda, ham yerda Xudodir.
12 Men sizlarga marhamat ko‘rsatdim. Endi shuning uchun Egangiz haqi qasam ichib, sening oilangga ham mehribonlik qilamiz, deb kafolat bering.
13 Mana shu kafolat ota–onam, aka–uka, opa–singillarim va ularga qarashli bo‘lganlarni saqlab qolishingizni, bizni o‘limdan qutqarishingizni bildirsin.”
14 Ayg‘oqchilar unga shunday deyishdi: “Sizlarga biror narsa bo‘lsa, Xudo jonimizni olsin. Agar biz haqimizda hech kimga aytmasang, Egamiz bizga shu yerni berganda sen va sening oilangga bergan va’damizda turib, marhamat ko‘rsatamiz.”
15 Rahobaning uyi shahar devorlariga taqalib qurilganligi uchun, derazasi shahardan tashqariga qarab turar edi. Rahoba mana shu derazadan arqon tushirib, ayg‘oqchilarning qochishiga yordam berdi.
16 Ular ketishidan oldin Rahoba: “Sizlarni quvayotganlar topib olmasligi uchun, qirlarga boringlar. O‘sha yerda uch kun yashirininglar. Ular qaytib kelganidan keyin o‘z yo‘lingizga ketaverasiz”, — degan edi.
17 -
18 Ayg‘oqchilar Rahobaga javoban shunday deyishgan edi: “Biz bu yerga hujum qilganimizda mana shu qizil arqonni biz tushadigan derazangga bog‘lab, osiltirib qo‘ygin. Oilangdagilarning hammasi, ota–onang, aka–uka, qarindosh– urug‘laring uyingda bo‘lishi kerak, bo‘lmasa, biz senga ichgan qasamimizdan xalos bo‘lamiz.
19 Birortasi eshigingdan tashqariga, ko‘chaga chiqsa, o‘z o‘limiga o‘zi javobgar bo‘ladi, biz gunohkor bo‘lmaymiz. Lekin sen bilan uy ichida bo‘lganlarga birortasi qo‘l tekkizsa, ularning o‘limiga biz javobgar bo‘lamiz.
20 Lekin mabodo biz haqimizda birovga og‘iz ochsang, sen bizga ichtirgan qasamdan xalos bo‘lamiz.”
21 Rahoba: “Sizlar nima desangiz shunday bo‘lsin”, degan so‘zlar bilan ayg‘oqchilarni chiqarib yubordi. Ular o‘z yo‘llariga ketishdi. Keyin u qizil arqonni derazasiga bog‘lab qo‘ydi.
22 O‘sha ayg‘oqchilar borib, qirlarda uch kun, ularni izlab yurganlar qaytguncha turishdi. Ularni quvib ketganlar yo‘l bo‘yidagi hamma joylarni izlab ham hech kimni topa olmadilar.
23 Ayg‘oqchilar qirdan qaytib tushishdi. Daryoni kechib o‘tib, Yoshuaning oldiga kelib, bo‘lgan voqealarning hammasini unga aytib berishdi.
24 Ular Yoshuaga: “Haqiqatan ham Egamiz butun yurtni bizning qo‘limizga bergan. U yerda yashovchilarning hammasi bizlarni deb vahimaga tushgan”, — deyishdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак