Ayub 10 bob

1 Ayub Xudoga qiladigan shikoyatini tayyorlaydi.

1 Hayotdan to‘ydim! Evoh, endi bemalol shikoyat qilishdan, Alam–hasrat bilan gapirishdan o‘zimni tiymayman.
2 Xudoga shunday deyman: “Meni hukm qilavermasdan, Menga qarshi bo‘lgan da’volaringni ayt.
3 Meni ezishdan Senga biror foyda bormi o‘zi? Fosiqlarga shodlik bilan farovonlik beryapsan– u, Nima uchun meni — O‘z qo‘llaring ijodini rad etyapsan?!
4 Sening insonnikiga o‘xshash ko‘zlaring bormi?! Sening dunyoqarashing insonlarniki bilan birmi?!
5 Umring inson umriday qisqami?! Yillaring inson hayoti yillariday emas–ku!
6 Nima uchun mendan ayb qidirasan, Gunoh topishga harakat qilasan?
7 Axir, O‘zing bilasan, men aybsizman, Hech kim meni Sening qo‘lingdan qutqara olmaydi.
8 Axir, qo‘llaring bilan meni O‘zing yasagansan, O‘zing meni yaratgansan, Endi esa meni butunlay halok qilmoqchisan.
9 Sen meni loydan bunyod qilganingni eslagin. Endi meni yana tuproqqa qaytarmoqchimisan?!
10 Meni sutday quyib, Pishloqday qotirgan O‘zing–ku.
11 Sen O‘zing meni etu teri bilan qoplab, Menga suyagu paylar ato qilding.
12 Sen menga hayot bag‘ishlab, sadoqatli sevgingni ko‘rsatding. O‘zing g‘amxo‘rlik qilib, hayotimni saqlading.
13 Lekin yuragingda boshqa bir niyat bor edi. Sening o‘y–xayollaringni bilaman:
14 Gunoh qilsam, meni kuzatib turgan bo‘lasan, Aybimni jazosiz qoldirmaysan.
15 Fosiq bo‘lsam, o‘zimdan ko‘ray! Ammo aybsiz bo‘lsam ham, Shunchalik uyatga qoldimki, Shunchalik qayg‘uga botdimki, Boshimni ko‘tara olmayapman.
16 Boshimni ko‘tarsam, sherday meni poylaysan, O‘z buyuk qudratingni menga qarshi ishlatasan.
17 Menga qarshi yangi guvohlar chaqiraverasan. Menga bo‘lgan g‘azabing yanada oshib boraveradi, Ustimga yana yangi qo‘shinlar bostirib kelaveradilar.
18 Evoh, nima uchun meni bu dunyoga keltirding? Qaniydi, tug‘ilishim bilanoq, Birov meni ko‘rib ulgurmasdan, O‘lib qo‘ya qolganimda edi.
19 Hech narsa ko‘rmagan bo‘lardim, Onam qornidan to‘g‘ri qabrga borgan bo‘lardim.
20 Hayotim qisqa, kunlarim sanoqli emasmi, axir?! Meni tinch qo‘y, ozgina bo‘lsa ham, xursand bo‘lay.
21 Hech kim qaytib kelmaydigan zulmat yurtiga, Tim qorong‘i yerga borishimdan oldin ozgina quvonay.
22 Tun yarmidagi zulmatday qorong‘i bo‘lgan yurtga ketaman. Qop–qorong‘u, hech bir tartib bo‘lmagan bir joyga, Hatto nuri ham zulmat bo‘lgan yerga ketaman, axir!


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18