Ayub 34 bob

1 Elixu Ayubni mag‘rurlikda ayblaydi.

1 Elixu gapida davom etib shunday dedi:
2 “Mening so‘zlarimni tinglang, ey donishmandlar. Menga quloq soling, ey bilimdonlar.
3 Til taomning ta’mini tatiganday, Quloq ham so‘zlarni sinab ko‘radi.
4 Kelinglar, nima to‘g‘riligini tanlaylik, Nima yaxshiligini birgalikda o‘rganaylik.
5 Ayub shunday deydi: “Men aybsizman, lekin Xudo menga adolat qilmayapti.
6 To‘g‘ri bo‘lsam ham, meni yolg‘onchiga chiqarishdi. Gunohsiz bo‘lsam ham tuzalmas dardga yo‘liqqanman.”
7 Ayubga o‘xshagan odam bormi? Ayub uchun Xudoga shak keltirish suv ichishday bir gap!
8 Uning o‘rtoqlari badkirdorlardir, U fosiqlar bilan vaqt o‘tkazadi.
9 Ayub hatto shunday degan: “Xudoga yoqadigan ish qilishdan hech bir foyda yo‘q!”
10 Shuning uchun menga quloq soling, zakovatlilar. Xudo aslo fosiqlik qilmas, Qodir Xudo nohaqlik qilmas.
11 Axir, U odamlarning qilganlariga yarasha qaytaradi, Qilmishlarining oqibatini o‘z boshlariga keltiradi.
12 Mana bu haqiqatdir: Xudo fosiqlik qilmaydi, Qodir Xudo adolatga xiyonat etmaydi.
13 Xudoga yer yuzidagi hukmronlikni birov beribdimi?! Biror kimsa Xudoni dunyoga hukmdor qilib qo‘yibdimi?!
14 Agar Xudo O‘z Ruhini — Nafasini qaytarib olishga qaror qilsa,
15 Butun insoniyat birdaniga halok bo‘lgan bo‘lardi, Odamzod yana tuproqqa qaytgan bo‘lardi.
16 Aqlingiz bo‘lsa eshiting, Gaplarimga quloq soling.
17 Adolatdan nafratlangan inson hukmdor bo‘la olarmidi? Qudratli va Odil Xudoni hukm qilmoqchimisiz?
18 Shohlarga: “Sizlar yaramassiz”, — deydigan, Beklarni fosiq, deb ataydigan Xudo–ku!
19 U beklar uchun tarafkashlik qilmaydi, Boyni kambag‘aldan ustun ko‘rmaydi. Axir, ularning hammasini O‘zi yaratgan!
20 Odamlar bir zumda o‘ladi. Yarim kechada qaltiraydi–yu, jon beradi. Qudratlilar osonlikcha yo‘q qilinadi.
21 Odamlar qilgan ishlarni Xudo kuzatib turadi, Ular bosgan har bir qadamni Xudo ko‘rib turadi.
22 Biron zulmat yoki qorong‘i joy yo‘qki, Badkirdorlar o‘sha joyda yashirinib olsa.
23 Insonni hukm qilish uchun Xudo taftish o‘tkazishi shart emas.
24 Xudo tekshirmasdan ham qudratlilarni qulatib, Ularning o‘rniga boshqalarni joylaydi.
25 Xudo qudratlilarning ishlarini kuzatib turadi. Shuning uchun kechasi ularni ag‘darib tashlaydi, Ular halok bo‘ladi.
26 Xudo ularni fosiqligi uchun Hammaning ko‘z oldida jazolaydi.
27 Chunki ular Xudoga ergashishni rad qildilar, Xudoning yo‘llarini anglab yetmadilar.
28 Kambag‘allarni shunday ezdilarki, Ularning nolasi Xudoga yetib bordi.
29 Xudo sukut saqlasa, kim ham uni hukm qilardi? U yuzini yashirsa, kim ko‘ra olardi? Bu biror inson yoki biror xalqning qo‘lidan kelarmikan?!
30 Betavfiqlar boshqa odamlarga tuzoq bo‘lmasin, deb Xudo ularni hukmdor qilib qo‘ymaydi.
31 Birortasi Xudoga: “Men jazoimni oldim, endi gunoh qilmayman.
32 Men ko‘rolmaydigan narsalarni o‘rgat, Ha, noto‘g‘ri ishlar qildim, Endi bunday qilmayman”, — deydimi?
33 Xudo sizning o‘lchovingiz bo‘yicha qaytarishi kerakmi? Axir, siz Undan nafratlandingiz–ku! Ey Ayub, men emas, siz qaror qilishingiz kerak. Qani, bilganingizni ayting–chi.
34 Mana, gaplarimni eshitgan donolar, Aql–idroklilar shunday deyapti:
35 “Ayub bilmasdan gapiryapti, Gaplarining ma’nisi yo‘q.”
36 Qani endi, Ayub yaxshilab hukm qilinsa, Axir, u fosiqlarga o‘xshab gapiryapti–ku.
37 Ayub Xudoga qarshi chiqib, Gunohi ustiga gunoh qo‘shyapti. Oramizda Xudoni mazax qilyapti, Xudoga qarshi ko‘p gap aytyapti.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18