Ayub 38 bob

1 Egamiz Ayubga javob beradi.

1 Shundan keyin Egamiz quyun orasidan Ayubga shunday deb aytdi:
2 Bilmay turib gapirayotgan kim? Kim donoligimga gumon qilyapti?
3 Qani, erkakka o‘xshab belingni bog‘la, Seni so‘roq qilaman, javob ber–chi.
4 Zaminning poydevorini qo‘yganimda qayerda eding? Dono ekansan, qani ayt–chi!
5 Yer yuzining chetlarini belgilagan kim? Axir, o‘zing bilasan–ku! Kim yerning ustidan chiziq o‘tkazdi?
6 Yerning poydevorini nima ushlab turibdi?
7 Tong yulduzlari jo‘r bo‘lib, qo‘shiq kuylaganda, Samoviy mavjudotlar quvonchdan hayqirganda Yerning tamal toshini qo‘ygan kim?
8 Dengiz yer tubidan otilib chiqqanda, Darvozalarni yopib, to‘sib qo‘ygan kim?
9 Axir, Men bulutlarni dengizga kiyim qilib qo‘ydim. Dengizni qalin zulmat bilan o‘rab qo‘ygan Menman.
10 Men dengizga chegaralar belgiladim, Dengizni tambalangan darvozalar bilan to‘sib qo‘ydim.
11 Men dengizga: “Faqat mana shu yergacha kelasan, Sening mag‘rur to‘lqinlaring shu yerda to‘xtaydi”, deb aytdim.
12 Sen umringda biror marta tong otsin, deb buyurganmisan? Yoki sharqdan kun chiqsin, deb aytganmisan?
13 Quyosh nuriga: “Yerning to‘rt burchiga tarqalib, Fosiqlarni yashiringan joyidan siltab chiqargin”, deb aytganmisan?
14 Kun yorishar ekan, matodagi bezaklar kabi, Muhr bosilgan mum kabi, Yer yuzidagi qirlaru vodiylar o‘z shaklini ko‘rsatadi.
15 Fosiqlarga nur berilmaydi, Ularning yomon niyatda ko‘tarilgan qo‘li sinadi.
16 Dengiz tubidagi buloqlarni borib ko‘rganmisan? Suvlar tubida yurib, tekshirib ko‘rganmisan?
17 O‘lim darvozalari qayerdaligini bilasanmi? Zulmat darvozalarini senga ko‘rsatishganmi?
18 Bu dunyoning qanchalik ulkanligini bilasanmi? Agar shularning hammasini bilsang, Menga ayt– chi!
19 Yorug‘likning maskaniga olib boradigan yo‘lni, Zulmatning turar joyini bilasanmi?
20 Ularni o‘z joylariga olib bora olasanmi? O‘sha joyga qanday borishni bilasanmi?
21 Ha, sen bilasan albatta! Sen yorug‘lik va zulmatdan oldin tug‘ilgansan– da! Qanchalik uzoq umr ko‘ryapsan–a!
22 Qor saqlanadigan omborxonalarni ko‘rganmisan? Do‘l saqlanadigan omborlarni–chi?
23 Men ularni kulfat kunlari uchun, Urush va jang kunlari uchun saqlab qo‘yganman.
24 Yorug‘lik manbaiga olib boradigan yo‘l qani? Sharq shamoli chiqadigan joy qayerda?
25 Selu jalaga kim yo‘l ochib bergan? Chaqmoqning yo‘llarini kim belgilagan?
26 Huvullab yotgan biyobonga, Kimsasiz cho‘lga kim yomg‘ir yog‘diradi?
27 Tashlandiq xarobazorlarni suvga qondirib, U yerlarda maysalar o‘stiradigan kim?
28 Yomg‘irning otasi bormi? Shabnamni kim dunyoga keltirgan?
29 Muz qayerdan tug‘iladi? Samodan tushadigan qirovga kim hayot bergan?
30 Suv toshlarday qotib qoladi, Dengiz sathi muzlaydi.
31 Hulkar yulduzini ushlab turgan arqonlarni yechib tashlay olasanmi? Parvin yulduzlarini sen bog‘lab qo‘ya olasanmi?
32 Yulduz turkumlarini o‘z mavsumida joyiga boshlaysanmi? Katta ayiq va kichik ayiq burjidagi yulduzlarga yo‘l ko‘rsata olasanmi?
33 Osmon qonunlarini bilasanmi? Sen o‘sha qonunlarni yer yuziga tatbiq qila olasanmi?
34 Bulutlarga qarab baqirib ko‘rgin–chi, Qani ustingga yomg‘ir yog‘armikan?
35 Sen chaqmoqni chaqtira olasanmi? U kelib, xizmatingizdaman, deydimi?
36 Kim yuraklarga donolik bergan? Kallaga aql–idrokni kim solib qo‘ygan?
37 -
38 Qani, bulutlarni sanashga kimning aqli yetadi? Quruq tuproqni loyga aylantirib, Kesaklarni bir–biriga yopishtirish uchun Kim falak meshlarini ag‘darib, yomg‘ir yog‘dira oladi?
39 -
40 G‘orlarida yashirin yotgan, Inlarida kutib yotgan Sherning bolalarini to‘ydira olasanmi, Ona sherga o‘lja topib bera olasanmi?
41 Qarg‘aning bolalari qorni ochib, daydib yurganda, Menga faryod qilganda ehtiyojlarini qondirgan kim, axir?


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18