Ayub 30 bob

1 Ayub o‘z dardi haqida gapiradi.

1 Endi esa o‘zimdan yosh bo‘lganlar ustimdan kuladi, Ularning otalari qo‘riqchi itlarim orasida bo‘lishga ham arzimaydi.
2 Ulardan menga nima foyda?! Axir, ular kuch–quvvatdan qolgan–ku!
3 Ular ochligu muhtojlikdan ozib–to‘zib ketgan, Tun bo‘yi dashtu biyobonda daydib yuradi.
4 Cho‘l butalari orasida achchiq o‘tlar teradi, Yulg‘un butasining ildizlari ularga yemish bo‘ladi.
5 Ular odamlar orasidan haydalgan. O‘g‘rilarga baqirganday ularning orqasidan baqiradilar.
6 Ular quruq soyliklaru chuqurlarda, Qoyalar orasida yashashga majburdirlar.
7 Changalzorlarda hayvonlar singari bo‘kiradi, Qichitqi o‘tlar orasida g‘ujanak bo‘lib o‘tiradi.
8 Eng past, yaramas bu to‘dani Xivchinlar bilan yurtdan haydashgan.
9 Mana endi, o‘shalar mazax qilib, Men haqimda qo‘shiqlar kuylaydi, Men ularga kulgi bo‘lib qoldim.
10 Ular mendan nafratlanib, yaqinimga ham kelmaydi, Hatto yuzimga tupurishdan ham toymaydi.
11 Xudo kuchimni kesdi, meni pastga urdi. Shuning uchun o‘sha yaramaslar ham Mening oldimda o‘zlarini jilovlay olmaydigan bo‘ldilar.
12 O‘sha qalang‘i–qasang‘ilar Menga qarshi chiqib, yerga yiqitadilar, Meni o‘ldirmoqchi bo‘lib, hujum qiladilar.
13 Yo‘llarimni to‘sib, Boshimga tushadigan kulfatni tezlatadilar, Ularni to‘xtatadigan hech kim yo‘q.
14 Meni mazax qiluvchilar har tomonlama hujum qiladilar, To‘fonday ustimga yopiriladilar.
15 Meni qo‘rquv bosgan, Obro‘yim shamol uchirgandek ketdi, Farovonligim bulut kabi o‘tib ketdi.
16 Endi yuragim ezilib ketyapti, Har kuni men azob–uqubat tortaman.
17 Tun bo‘yi suyaklarim zirqirab og‘riydi, Meni dard qiynab, hech tinchlik bermaydi.
18 Xudo shiddat bilan kiyimimdan ushladi, Ko‘ylagimning yoqasidan tutdi.
19 U meni loyga bulg‘adi, Changu tuproqchalik qadrim yo‘q.
20 Ey Xudoyim, Senga iltijo qilaman, Ammo Sen menga javob bermaysan. Sening oldingda turibman, Sen esa qarab turaverasan.
21 Menga nisbatan shafqatsiz bo‘lib qolding, O‘z qudrating bilan meni quvg‘in qilyapsan.
22 Quyun bilan meni ko‘tarib, Bo‘ron orasida u yoqdan–bu yoqqa otasan.
23 Bilaman, insonning qismati bo‘lgan O‘limga meni ham olib borasan.
24 Boshiga kulfat tushgan muhtoj odam nola qilsa, Hech kim unga qo‘l ko‘tarmaydi–ku, axir.
25 Men boshiga kulfat tushganlar uchun qayg‘urdim–ku! Muhtojlarni ko‘rib, yuragim achidi–ku!
26 Ammo yaxshilik kutganimda yovuzlik keldi, Yorug‘likka umid qilsam, zulmat tushdi.
27 Qalbim bezovtalangan, tinim bilmaydi, Og‘ir kunlar boshimga tushgan.
28 Quyosh nuri bo‘lmagan bir zulmatda yuribman, Jamoa oldida madad so‘rab, faryod qilaman.
29 Men chiyabo‘rining do‘stiday, Tuyaqushlarning ukasiday bo‘lib qoldim.
30 Terim qorayib ketgan, Tanam isitmadan yonyapti.
31 Nayim sadosi azadorlarga jo‘r bo‘ladi, Liram qayg‘uli nola qiladi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18