Ayub 13 bob

1 Ayub Xudo bilan da’volashmoqchi. 20 Ayubning ibodati.

1 “Bularning hammasini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman. O‘z qulog‘im bilan eshitib, anglab olganman.
2 Sizlar bilganlarni men ham bilaman, Sizlar mendan ustun emassizlar.
3 Qani endi, Qodir Xudo bilan gaplasha olsam! Xudoga o‘z da’voimni bildirishni xohlayman.
4 Sizlar esa yolg‘onlar to‘qiysizlar, Hech foyda keltirmaydigan shifokordaysizlar.
5 Qaniydi, jim o‘tirsangiz, Ana o‘shanda dono ish qilgan bo‘lardingiz.
6 Endi mening arzimga quloq solinglar, Shikoyatlarimga diqqat qilinglar.
7 Yolg‘on so‘zlaringiz, nohaq gaplaringiz bilan Xudoni himoya qilyapmiz, deb o‘ylayapsizlarmi?!
8 Xudoning tarafini olib, Unga yon bosasizlarmi?! Sizlar Xudoning da’vosini himoya qilasizmi?!
9 Qilayotganlaringizni U tekshirib ko‘rsa, yaxshi bo‘ladimi? Yoki insonni aldaganday Uni ham aldaysizlarmi?!
10 Agar hatto xayolingizda ham tarafkashlik qilsangiz, U sizlarga albatta tanbeh beradi.
11 Uning ulug‘vorligi yuragingizga vahima solmaydimi?! Undan qo‘rqib, dahshatga tushmaysizmi?!
12 Sizlarning gapingiz kulday foydasiz, Himoyangiz loy idishday kuchsizdir.
13 Endi jim bo‘linglar! Men gapiray. Mayli, keyin nima bo‘lsa, bo‘lsin.
14 Jonimni xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham, Ichimdagilarni aytaman.
15 Mayli, U meni o‘ldirsin. Boshqa umidim yo‘q–ku! O‘z ishlarimni Uning oldida himoya qilaman.
16 Uning oldiga borishga jur’at qilganim mening najotim bo‘ladi, Axir, hech bir Xudosiz odam Xudoning oldiga bora olmaydi–ku!
17 Mening so‘zlarimga quloq solinglar, Gaplarim quloqlaringizga kirsin.
18 Men o‘z arzimni tayyorlab qo‘ydim, Bilaman, aybsizligim isbot bo‘ladi.
19 Xo‘sh, kim men bilan bahslashadi? Agar meni aybdor, deb topsangiz, Ovozimni o‘chiraman–u o‘laman.
20 Sendan ikki narsa so‘rayman, ey, Xudo, Shuni qilsang yuzimni Sendan yashirmayman.
21 Endi qiynoqlaringni bas qilgin, Vahimang bilan meni qo‘rquvga solma.
22 Shundan keyin meni chaqir, javob beraman, Yoki men gapiray, Sen esa menga javob ber.
23 Mening qancha gunohu ayblarim bor ekan? Itoatsizliklarimni, gunohlarimni bildirgin menga.
24 Nima uchun mendan yuz o‘girasan, Meni, O‘z dushmaning, deb hisoblaysan?
25 U yoqdan–bu yoqqa uchib yurgan bargni qo‘rqitasanmi, Quruq somonni ta’qib qilasanmi?
26 Menga qarshi achchiq ayblar keltiryapsan, Yoshligimdagi gunohlarimni eslatyapsan.
27 Oyoqlarimni kishanlab, Yurgan yo‘llarimni poylaysan, Hatto har bir qadamimni o‘lchaysan.
28 Evoh, inson chirik narsaday, Kuya yegan kiyimday yo‘q bo‘lib ketadi.”


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18