Ayub 37 bob

1 Mana shular haqida o‘ylasam, Yuragim o‘ynab, joyida sakraganday bo‘ladi.
2 Xudo ovozining gumburlashiga yaxshilab quloq soling. Uning og‘zidan chiqayotgan guldirosni eshiting.
3 Chaqmog‘i butun falak ostida chaqnab, Yerning to‘rt burchiga yetib boradi.
4 Undan keyin gulduros eshitiladi, Xudo O‘zining ulug‘vor ovozi bilan gumburlagan sado chiqaradi, Uning ovozi eshitilganda chaqmoq chaqnayveradi.
5 O‘z ovozi bilan Xudo ajoyib gulduros hosil qiladi, Uning qilgan ishlariga aqlimiz yetmaydi.
6 U buyursa yerga qor yog‘adi, Xudo aytgani uchun sel yog‘adi.
7 U hamma odamlarning ishlarini to‘xtatib qo‘yadi, Shunda insonlar Xudoning qudratini bilib oladi.
8 Jonivorlar o‘z inlariga kiradi, O‘z uyalarida yashirinadi.
9 Bo‘ron o‘z makonidan chiqadi, Sovuq shamol esadi.
10 Xudo nafasi bilan muz hosil qiladi, Bepoyon suvlar muzlab qoladi.
11 Bulutlarni suv bilan to‘ldiradi–da, Ularning orasidan chaqmoq chaqtiradi.
12 Xudo bulutlarga yo‘l ko‘rsatadi, Xudoning amrlari bajo bo‘lishi uchun Shamolu suv yer yuzi bo‘ylab aylanadi.
13 U ba’zan, odamzodni jazolay, deb yomg‘ir yog‘diradi. Ba’zan esa yerni sug‘oray, Odamzodga O‘z sevgimni ko‘rsatay, deb bulutlarni yuboradi.
14 Bir daqiqa jim turing, Ayub, quloq soling, Xudoning ajoyib ishlari haqida o‘ylab ko‘ring.
15 Xudo qanday qilib bulutlarni boshqarishini Yoki chaqmoq chaqtirishini bilasizmi?
16 Qanday qilib bulutlar osmonda osilib turishini, Bilimi barkamol Xudoning ajoyibotlarini bilasizmi?
17 Axir, yer yuzida esgan garmsel tufayli Kiyimlaringiz ham isib ketadi–ku!
18 Osmon sayqallangan bronzaday qattiq, Xudo uni yoyib qo‘ygan! Shunday qilish sizning ham qo‘lingizdan keladimi?
19 Xudoga qanday gapirishni bizga o‘rgating. Biz notavonlar da’voimizni tushuntira olmaymiz.
20 Gapirmoqchi bo‘lganimni birortasi Xudoga aytishi kerakmi? Axir, inson gapirsa, albatta halok bo‘ladi–ku!
21 Shamol bulutlarni haydagandan so‘ng Tiniq osmonda charaqlab turgan quyoshga Hech kim qaray olmaydi.
22 Shimoldan yorqin nurlar taralmoqda, Xudo ajoyib ulug‘vorlikka burkangan.
23 Biz Qodir Xudoga yetolmaymiz, Uning qudrati yuksakdir. U to‘g‘ri hukm chiqaradi, adolatiga xiyonat qilmaydi.
24 Shuning uchun insonlar Undan qo‘rqadi. Ha, qalbi donolar Xudoni ko‘radi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18