Ayub 42 bob

1 Ayub Egamizga javob beradi. 7 Xulosa.

1 Shunda Ayub Egamizga javob berdi:
2 “Ha, bilaman, Sen hamma narsani qila olasan. Sening rejalaringni hech kim buza olmaydi.
3 “Bilmay turib, donoligimga gumon qilayotgan kim?” — deb so‘rading. O‘sha menman. O‘zim tushunmaydigan narsalar haqida og‘iz ochdim. Aqlim yetmaydigan ajoyibotlar haqida gapirdim.
4 Sen: “Qani quloq sol, Men gapiraman. Seni so‘roq qilaman, javob ber”, — deding.
5 Sen haqingda birovlardan eshitgandim, Ammo endi ko‘zlarim bilan Seni ko‘rib turibman.
6 Shuning uchun endi aytganlarimni qaytib olaman, Boshimga tuprog‘u kul sochib, tavba qildim.
7 Ayubga gapirib bo‘lganidan keyin, Egamiz temonlik Elifazga shunday dedi: “Sen va ikki do‘stingdan juda qattiq g‘azabdaman, chunki sen Men haqimda to‘g‘ri so‘zlarni aytmading. Ayub esa to‘g‘ri gapirdi.
8 Endi yettita buqa va yettita qo‘chqor olib, Ayubning yoniga boringlar. O‘sha yerda o‘z gunohlaringiz uchun Menga kuydiriladigan qurbonlik keltiringlar. Ayub sizlar uchun ibodat qiladi. Men uning ibodatlarini qabul qilaman, sizlarga ahmoqligingizga loyiq jazo bermayman. Sizlar Men haqimda to‘g‘ri so‘zlarni gapirmadingiz. Ayub esa to‘g‘ri gapirdi.”
9 Shunday qilib, temonlik Elifaz, shuvaxlik Bildad va namaxlik Zo‘far borib, Egamizning aytganlarini qildilar. Egamiz Ayubning ibodatlarini qabul qildi.
10 Ayub o‘z do‘stlari uchun ibodat qilganidan keyin, Egamiz uning boyligini qayta tikladi. Unga oldingidan ikki baravar ko‘p baraka berdi.
11 Shunda Ayubning hamma aka–ukalari, opa– singillari, eski tanishlarining barchasi kelishdi. Uning uyida ziyofat qilishdi. Egamiz tomonidan yuborilgan kulfatlar uchun Ayubga hamdardlik bildirib, unga tasalli berishdi. Ularning har biri Ayubga bir bo‘lak kumush va tilla uzuk hadya qildi.
12 Ayubning qolgan umri davomida Egamiz unga oldingidan ham ko‘proq baraka berdi: bu davrda Ayubning o‘n to‘rt mingta qo‘ylari, olti mingta tuyasi, ming juft ho‘kizi va mingta eshagi bor edi.
13 Egamiz Ayubga yetti o‘g‘il va uch qiz ham berdi.
14 Ayub birinchi qiziga Yamima, ikkinchisiga Kaziyo, uchinchisiga esa Xaranxappux, deb ot qo‘ydi.
15 Butun yurtda Ayubning qizlariday go‘zal qizlar yo‘q edi. Ayub qizlariga ham aka–ukalari qatori meros berdi.
16 Shundan keyin Ayub yana bir yuz qirq yil yashadi. Farzandlar ko‘rdi, nabiralaru ularning farzandlarini ham ko‘rdi, hammasi bo‘lib to‘rt nasl ko‘rdi.
17 Shunday qilib, Ayub yoshini yashab, oshini oshab, uzoq umr ko‘rib, olamdan o‘tdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18