Havoriylarning faoliyati 13 bob

1 Barnabo bilan Shoul safarga jo‘natiladi. 4 Kiprda. 13 Pisidiyadagi Antioxiya shahrida.

1 Antioxiyadagi imonlilar jamoatida payg‘ambarlar va muallimlar ham bor edi. Barnabo, Qoracha laqabli Shimo‘n, Kirineyalik Lukis, hukmdor Hirod bilan birga o‘sgan Manohim va Shoul shular jumlasidan edi.
2 Ular Egamizga sajda qilib, ro‘za tutar ekanlar, Muqaddas Ruh ularga shunday dedi: “Barnabo bilan Shoulni Menga bag‘ishlanglar, toki ular Men tayinlagan ishni bajarsinlar.”
3 Ular ro‘za tutib, ibodat qildilar, so‘ng qo‘llarini Barnabo bilan Shoulga qo‘yib, ikkovini safarga jo‘natdilar.
4 MuqaddasRuh buyrug‘iga ko‘ra Barnabo bilan Shoul yo‘lga tushdilar. Ular Selevkiya shahriga borib, u yerdan kemada Kiprga suzib ketdilar.
5 Salamis shahriga kelganlaridan keyin, yahudiylarning sinagogalarida Xudoning kalomini va’z qildilar. Yuhanno ham ular bilan birga bo‘lib, xizmatda yordam berar edi.
6 Ular butun orolni u boshidan bu boshigacha kezib chiqib, Paf shahriga keldilar. U yerda Bareshu degan sehrgarga duch keldilar. U odam yahudiylarning soxta payg‘ambari edi.
7 Bareshu orolning hokimi Sergiy Pavlusning yaqinlaridan biri edi. Sergiy Pavlus aqlli odam edi. U Barnabo bilan Shoulni huzuriga chaqirib, Xudoning kalomini eshitmoqchi bo‘ldi.
8 Ammo sehrgar Elimos Barnabo bilan Shoulga qarshi chiqdi (Elimos — Bareshuning grekcha ismi). Elimos hokimni imondan toydirishga harakat qildi.
9 Shoul, ya’ni Pavlus, Muqaddas Ruhga to‘lib, sehrgarga tik boqib
10 dedi: — Ey iblis o‘g‘li! Sen har qanday haqiqatning dushmanisan, yuraging ayyorlik va yaramasliklarga to‘la. Egamizning to‘g‘ri yo‘lini buzib ko‘rsatishni qachon bas qilasan?!
11 Endi eshit: Egamizning qo‘li senga qarshi ko‘tarilgan, sen ma’lum bir vaqtgacha ko‘r bo‘lib qolasan, quyosh nurini ko‘rmaysan. Shu zahoti Elimosning ko‘z oldi xiralashib, qorong‘i bo‘ldi. Elimos u yoq–bu yoqqni paypaslab, qo‘lidan yetaklab yuradigan birontasini izladi.
12 Hokim yuz bergan voqeani ko‘rib, imonga keldi, chunki u Rabbimiz Iso haqidagi ta’limotdan hayratga tushgan edi.
13 Pavlus bilan uning hamrohlari Paf shahridan suzib, Pamfiliyadagi Perga shahriga keldilar. Yuhanno shu yerda ularni tark etib, Quddusga qaytdi.
14 Qolganlar esa Pergadan jo‘nab, Pisidiyadagi Antioxiya shahriga keldilar. Shabbat kuni ular sinagogaga kirib o‘tirishdi.
15 Tavrot va payg‘ambarlar bitiklaridan qiroat tugagach, sinagoganing yo‘lboshchilari: “Birodarlar, agar bizga biror nasihatingiz bo‘lsa, marhamat”, deb ularga xabar yubordilar.
16 Pavlus o‘rnidan turib, qo‘li bilan “jim” degan ishorani qildi, so‘ng so‘z boshladi: — Ey Isroillik birodarlar! Xudodan qo‘rqadigan boshqa xalqlar, quloq solinglar!
17 Mana shu Isroil xalqining Xudosi bizning ota–bobolarimizni tanlab oldi. Ular Misrda musofir bo‘lib yashagan vaqt davomida Xudo ulardan buyuk xalq yaratdi. Buyuk qudrati bilan ularni Misrdan olib chiqdi.
18 Qirq yil davomida Xudo ularning sahrodagi qilmishlariga chidadi.
19 U Kan’on yurtida yetti elatni qirib tashlab, ularning yurtini Isroil xalqiga mulk qilib berdi.
20 Bularning hammasi taxminan to‘rt yuz ellik yil davom etdi. Bundan keyin Xudo ularga Shomuil payg‘ambar zamonigacha hakamlarni berdi.
21 Keyin Isroil xalqi shoh so‘ragan edi, Xudo ularga Kish o‘g‘li Shoulni shoh qilib berdi. Shoul Benyamin qabilasidan bo‘lib, qirq yil hukmronlik qildi.
22 Xudo Shoulni taxtdan tushirgandan keyin, Dovudni Isroil xalqining shohi qildi. Xudo u haqda shunday degan edi: “Ishay o‘g‘li Dovudni O‘zimning ko‘nglimga mos deb topdim. Dovud Mening hamma xohishlarimni bajo qiladi.”
23 Xudo bergan va’dasiga muvofiq, Dovud naslidan Isoni Isroil xalqiga Najotkor qilib yubordi.
24 Iso xizmatini boshlamasdan oldin, Yahyo butun Isroil xalqiga, gunohlaringizdan kaytinglar, suvga cho‘minglar, deb va’z qildi.
25 Yahyo hizmatini yakunlayotib: “Sizlar meni kim deb bilasizlar? Men va’da qilingan Zot emasman. U mendan keyin keladi. Men Uning choriqlarini yechib qo‘yishga ham arzimayman”, degan edi.
26 Ey birodarlarim, Ibrohim avlodlari! Ey Xudodan qo‘rqadigan boshqa xalqlar! Najot haqidagi bu xabar bizga berilgan.
27 Ammo Quddus aholisi va ularning hukmdorlari Isoning kimligini tanimadilar. Garchi ular har Shabbat kuni o‘qilayotgan payg‘ambarlarning so‘zlarini eshitsalar–da, payg‘ambarlar Iso haqida yozganini ular tushunmadilar. Isoni o‘limga mahkum qilib, payg‘ambarlarning bashoratlarini amalga oshirdilar.
28 O‘limga mahkum qilish uchun ular sabab topa olmagan bo‘lsalar ham, Pilatdan Uni o‘ldirishni talab qildilar.
29 U to‘g‘rida yozilgan har bir narsani amalga oshirganlaridan keyin, jasadini yog‘ochdan tushirib, qabrga qo‘ydilar.
30 Ammo Xudo Uni o‘likdan tiriltirdi.
31 Bir necha kun U Jaliladan Quddusga O‘zi bilan kelganlarga zohir bo‘lib turdi. Hozir ular Isroil xalqiga guvohlik beryaptilar.
32 Barnabo bilan men esa bu Xushxabarni sizlarga e’lon qilmoqdamiz: Xudo Isoni tiriltirdi! Shu orqali ota–bobolarimizga bergan va’dasini ularning farzandlari bo‘lmish bizlar uchun bajardi.
33 Bu haqda Zaburning ikkinchi sanosida shunday yozilgan: Sen Mening O‘g‘limsan, Bugun Men Seni bunyod etdim.
34 Isoning o‘likdan tirilishi va tanasining aslo chirimasligi to‘risida Xudo shunday degan: Dovudga bergan muqaddas va’damni sizga beraman.
35 Boshqa bir sanoda yana shunday yozilgan: Bu taqvodoringni qabrda chiritmaysan.
36 Darvoqe, Dovud o‘z vaqtida Xudoning maqsadi uchun xizmat qilgan edi. U vafot etgach, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning tanasi qabrda chiridi.
37 Ammo Xudo tiriltirgan Isoning tanasi chirimadi.
38 Shuning uchun, ey birodarlarim, eshitinglar! Gunohlarimiz Iso orqali kechirilishini biz sizlarga e’lon qilmoqdamiz.
39 Isoga ishongan har bir kishi hamma gunohlaridan U orqali oqlanadi. Musoning qonuni orqali esa oqlanib bo‘lmaydi.
40 Ehtiyot bo‘linglar, toki payg‘ambarlar aytgan quyidagi so‘zlar boshingizga tushmasin:
41 Qaranglar, ey mazaxchilar! Hayratda qolib o‘linglar! Sizning davringizda Men shunday bir ish qilamanki, Eshitsangiz quloqlaringizga ishonmaysizlar.
42 Pavlus bilan Barnabo sinagogadan chiqar ekanlar, xalq ularga: “Kelgusi Shabbat kuni ham shu narsalar to‘g‘risida gapirib bersangizlar”, deb iltimos qildilar.
43 Sinagogadagi yig‘indan keyin xalq tarqaldi. Pavlus bilan Barnaboga ko‘plab yahudiylar va yahudiy diniga kirgan taqvodorlar ergashdilar. Pavlus bilan Barnabo ularga, Xudoning marhamati ostida yashashni davom ettiringlar, deb dalda berdilar.
44 Keyingi Shabbat kuni ham deyarli butun shahar Rabbimiz Iso haqidagi xabarni eshitish uchun yig‘ildi.
45 Yahudiylar shunchalik ko‘p odamni ko‘rib, qattiq hasad qila boshladilar. Pavlusning aytganlariga qarshi chiqib, uni haqoratladilar.
46 Shunda Pavlus bilan Barnabo ikkovi jasorat bilan shunday dedilar: — Xudoning kalomini birinchi navbatda sizlarga bildirishimiz kerak edi. Ammo sizlar Xudoning kalomini rad qildingizlar va o‘zlaringizni abadiy hayotga noloyiq deb bildingizlar. Shuning uchun biz g‘ayriyahudiylarning oldiga ketyapmiz.
47 Egamiz bizga shunday amr bergan edi: “Yerning chetigacha najotni olib boringlar, deb Men sizlarni g‘ayriyahudiylarga chiroq qilaman.”
48 G‘ayriyahudiylar bu gapni eshitib, xursand bo‘ldilar. Ular Rabbimiz Iso haqidagi xabarni izzat–hurmat bilan qabul qildilar. Abadiy hayot uchun tanlanganlarning hammasi imonga keldi.
49 Shunday qilib, Rabbimiz Iso haqidagi xabar yurt bo‘ylab yoyilib boraverdi.
50 Ammo yahudiylar shaharning yuqori martabali taqvodor ayollarini va e’tiborli erkaklarini qayrab, Pavlus bilan Barnaboni quvg‘in qilib, ularni yurtdan quvib chiqarishga undadilar.
51 Havoriylar esa ularga qarshi e’tiroz sifatida oyoqlarining changini qoqib, Ikoniya shahriga ketdilar.
52 Antioxiyadagi shogirdlar sevinch va Muqaddas Ruhga to‘lib boraverdilar.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак