Havoriylarning faoliyati 25 bob

1 Pavlus hokim Festus huzurida. 13 Pavlus shoh Agrippa va Vernika huzurida.

1 Festus Yahudiya viloyatiga hokim bo‘lib kelgandan keyin uch kun o‘tgach, QaysariyadanQuddusga bordi.
2 U yerda bosh ruhoniylar va yahudiy yo‘lboshchilari Pavlusga qarshi dalillarni hokim Festusga bayon qildilar. Ular Festusdan:
3 “Pavlusni Quddusga chaqirtirsangiz”, deb iltimos qildilar. Aslida ular yo‘lda Pavlusga suiqasd qilishni rejalashtirgan edilar.
4 Festus ularga shunday javob berdi: — Pavlus Qaysariyada qamoqda, men hademay o‘sha yerga qaytib boraman.
5 Yo‘lboshchilaringiz men bilan birga Qaysariyaga borsin. Agar Pavlus biron yomon ish qilgan bo‘lsa, mayli, uni ayblasinlar.
6 Festus sakkiz–o‘n kuncha ular bilan birga bo‘lib, keyin Qaysariyaga qaytdi. Ertasi kuni u hukm kursisiga o‘tirib: “Pavlus olib kelinsin!” deb buyurdi.
7 Pavlus kelgach, Quddusdan kelgan yahudiylar uni o‘rab oldilar va unga qarshi jiddiy ayblovlarni qo‘ya boshladilar. O‘zlari esa bu ayblarni isbotlay olmasdilar.
8 Ammo Pavlus o‘zini himoya qilib, shunday dedi: — Men yahudiylar qonuniga yoki Ma’badga, yo Qaysarga qarshi biron noto‘g‘ri ish qilmadim.
9 Festus esa yahudiylarning ko‘nglini olmoqchi bo‘lib, Pavlusdan so‘radi: — Quddusga borib, o‘sha yerda mening oldimda sengga qo‘yilgan shu ayblar bo‘yicha hukm qilinishni istaysanmi?
10 — Men Qaysarning mahkamasida turibman, men shu yerda hukm qilinishim kerak. Men yahudiylarga qarshi biron noto‘g‘ri ish qilmadim, buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz.
11 Agar men qonunga xilof biron ish qilib, o‘limga loyiq bo‘lsam, o‘limdan qutulish uchun harakat qilmayman. Agar bu odamlarning menga qarshi ayblovlari yolg‘on bo‘lsa, hech kim meni ularning qo‘liga topshirishga haqli emas. U holda men Qaysarning hukmini talab qilaman.
12 Festus o‘z maslahatchilari bilan kengashib olgach, Pavlusga: — Sen Qaysarning hukmini talab qilding, endi Qaysarning oldiga borasan, — dedi.
13 Bir necha kun o‘tgandan keyin, shoh Agrippa bilan Vernika Qaysariyaga Festus huzuriga tashrif buyurdilar.
14 Ular bir necha kun shu yerda turdilar. Pavlusning ahvolini Festus shohga tushuntirdi: — Bu yerda bir odam bor, Feliks uni qamoqda qoldirgan edi.
15 Quddusda bo‘lganimda bosh ruhoniylar bilan yahudiy oqsoqollari o‘sha odam to‘g‘risida menga axborot berdilar va “Uni o‘limga mahkum qiling”, deb mendan iltimos qildilar.
16 Men ularga shunday deb aytdim: “Rimliklarning odati bo‘yicha hech kim so‘roq qilinmasdan jazolanish uchun ayblovchining qo‘liga topshirilmaydi. Ayblanuvchiga ayblovchilar bilan yuzma–yuz uchrashib, o‘zini himoya qilish imkoniyati beriladi.”
17 Bosh ruhoniylar va oqsoqollar bu yerga kelganlarida, men vaqtni boy bermay, ertasi kuniyoq hukm kursisiga o‘tirdim–da, Pavlusni olib kelinglar, deb buyurdim.
18 Lekin Pavlusning raqiblari uni men kutgan jinoyatlarda ayblamadilar.
19 Buning o‘rniga ular o‘zlarining dini to‘g‘risida, o‘lib ketgan qandaydir Iso to‘g‘risida Pavlus bilan bahs qildilar. Pavlus, Iso tirikdir, deb tasdiqlayverdi.
20 Bu masalalarni qanday hal qilsam ekan, deb boshim qotib qoldi. Men Pavlusdan: “Quddusga borib, o‘sha yerda o‘zingga qo‘yilgan ayblar bo‘yicha hukm qilinishni istaysanmi?” deb so‘radim.
21 Ammo Pavlus, men imperator janobi oliylari qaror chiqarmaguncha qamoqda qolaman, dedi. Shuning uchun men: “Pavlusni Qaysarning huzuriga jo‘natgunimcha, u qamoqda saqlansin”, deb buyruq berdim.
22 Agrippa Festusga: — O‘sha odamning gaplarini men o‘zim eshitishni xohlayman, — dedi. — Ertaga uning gaplarini eshitasiz, — deb javob berdi Festus.
23 Ertasi kuni Agrippa bilan Vernika dabdaba bilan kelib, mingboshilar, shaharning yuqori martabali odamlari bilan birga yig‘in zaliga kirdilar. Festus: “Pavlus olib kelinsin!” deb buyruq berdi.
24 — Shoh Agrippa janoblari! Bu yerda hozir bo‘lganlar! — dedi Festus. — Manavi odamni ko‘rib turibsizlar. Shu yerdagi va Quddusdagi hamma yahudiylar bu odamga qarshidir. Ular menga shikoyat qilib: “Bu odam yashashga loyiq emas!” deb shovqin solmoqdalar.
25 Ammo mening nazarimda bu odam o‘limga loyiq biron ish qilmagan. U imperator janobi oliylarining hukmini talab qilgani uchun, uni Rimga yuborishga qaror qildim.
26 Ammo u to‘g‘rida imperator janobi oliylariga yozishim uchun aniq bir narsa yo‘q. Shuning uchun men bu odamni sizlarning huzuringizga, xususan shohimiz Agrippa janobi oliylari, sizning huzuringizga olib keldim. Bu masalani ko‘rib chiqqanimizdan keyingina, men biron narsa yozishim mumkin.
27 Mahbusga qarshi ayblovlarni aniq ko‘rsatmay turib, uni imperatorga yuborish men tomondan aqlsizlik bo‘lar edi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18