Havoriylarning faoliyati 28 bob

1 Malta orolida. 11 Maltadan Rimga. 17 Pavlusning Rimdagi faoliyati.

1 Biz qirg‘oqqa eson–omon yetib borganimizdan keyin, bildikki, bu orolning nomi Malta ekan.
2 Yerli aholi bizga g‘oyat do‘stona munosabatda bo‘ldi. Yomg‘ir yog‘ayotgani va sovuq bo‘lgani uchun ular olov yoqib, hammamizni olov atrofiga taklif qildilar.
3 Pavlus shox–shabba yig‘ib kelib, olov ustiga tashlayotganda, bir zaharli ilon issiqdan qochib, uning qo‘liga osilib qoldi.
4 Yerli aholi Pavlusning qo‘liga osilib qolgan ilonni ko‘rib bir–birlariga: “Bu odam qotil bo‘lsa kerak, u dengizdan qutulsa ham, Qasos xudosi unga yashashga imkon bermadi”, dedilar.
5 Ammo Pavlus ilonni olov ichiga silkitib otdi, o‘zi esa hech qanday zarar ko‘rmadi.
6 Aholi, hozir bu odam shishib ketadi yoki birdan yiqilib o‘ladi, deb kutardi. Ular uzoq kutdilar, lekin g‘ayritabiiy ravishda unga hech narsa bo‘lmaganini ko‘rdilar. Endi odamlar fikrlarini o‘zgartirib: “U xudo ekan”, deb ayta boshladilar.
7 O‘sha joyning yaqinida bir dala bor edi, bu dala orol oqsoqoli Publiyga tegishli ekan. Oqsoqol bizni uyiga olib ketib, uch kun mehmon qildi.
8 Uning otasi ichburug‘dan isitmalab, to‘shakda yotardi. Pavlus uning xonasiga borib, ibodat qildi, unga qo‘lini qo‘yib, shifo berdi.
9 Shu voqea yuz bergandan keyin, oroldagi hamma xasta odamlar Pavlusning oldiga kelib, shifo topdilar.
10 Ular bizga ko‘p izzat–hurmat ko‘rsatdilar. Jo‘nab ketayotganimizda esa safarimiz uchun zarur oziq– ovqatlarni kemaga joylashtirdilar.
11 Uch oydan keyin Iskandariyadan kelgan kema bilan dengizga chiqdik. Kema “Egizak Xudolar” deb atalardi. U orolda qishlab qolgan edi.
12 Biz Surakuz shahriga borib, u yerda uch kun turdik.
13 U yerdan suzib ketib, Rigiyaga keldik. Ertasi kuni janubdan shamol esa boshladi. Ikkinchi kun Puteol shahriga yetib keldik.
14 U yerda bir necha imonlilar bilan uchrashdik. Ular: “Biz bilan qolinglar”, deb iltimos qildilar. Bir haftadan keyin biz Rimga ketdik.
15 Rimdagi imonlilar biz to‘g‘rimizda eshitib, bizni kutib olgani Appiya forumi va Uch Mehmonxonagacha kelishdi. Pavlus ularni ko‘rib, Xudoga shukr aytdi va yanada dadillashdi.
16 Biz Rimga kelganimizdan keyin, Pavlusga bir askar kuzatuvida yolg‘iz yashashga ruxsat berildi.
17 Pavlus uch kundan keyin mahalliy yahudiylarning yo‘lboshchilarini chaqirdi. Ular yig‘ilishgach, Pavlus dedi: — Birodarlar! Men xalqimizga yoki ota– bobolarimiz odatlariga qarshi biron narsa qilmagan bo‘lsam ham, meni Quddusda qamab, Rimliklarning qo‘liga topshirishdi.
18 Ular meni tekshirib ko‘rganlaridan keyin, meni ozod qilmoqchi bo‘ldilar, chunki o‘limga loyiq biron ish qilmagan edim.
19 Ammo yahudiylar qarshilik qilganlaridan keyin, men Qaysarning hukmini talab qilishga majbur bo‘ldim. Men bu bilan o‘z xalqimni ayblamoqchi emasman.
20 Shu sababdan men sizlar bilan ko‘rishib, suhbatlashishni istadim. Aslini olganda, men Isroilning umidi uchun zanjirband qilinganman.
21 Ular Pavlusga dedilar: — Siz to‘g‘ringizda Yahudiyadan bironta xat olmadik, bu yerga tashrif buyurgan birodarlarimizdan birontasi ham siz to‘g‘ringizda biron xabar yoki hech qanday yomon gap aytmadi.
22 Ammo fikringizni o‘zingizdan eshitishni istardik, chunki bu mazhabga nisbatan har yerda qarshi gapirib yurganlarini biz bilamiz.
23 Ular Pavlus bilan bir kunni kelishib oldilar. O‘sha kuni ular Pavlus turgan joyga bir talay odamni boshlab keldilar. Pavlus ertalabdan kechgacha ularga Xudoning Shohligi to‘g‘risida tushuntirdi. Shuningdek Tavrotdan va payg‘ambarlar bitiklaridan Iso to‘g‘risida ishonchli dalillar keltirdi.
24 Ulardan ba’zilari Pavlusning aytganlariga ishondi, boshqalari esa ishonishni istamadilar.
25 Shunday qilib, ular o‘zaro bahslashdilar. Ular ketmoqchi bo‘lib turganlarida Pavlus shunday dedi: — Ishayo payg‘ambar orqali Muqaddas Ruh ota–bobolaringizga ushbu gapni to‘g‘ri aytgan ekan:
26 “Bor, mana shu xalqqa aytgin: ‘Tinglaysizu lekin hech tushunmaysiz, Qarab turasizu, ammo hech anglab yetmaysiz.’
27 O‘sha xalqning aqli o‘tmas bo‘ldi, Quloqlari garang bo‘ldi, Ko‘zlarini yumib oldi. Aks holda ko‘zlari ko‘rgan bo‘lardi, Aks holda quloqlari eshitgan bo‘lardi. Aqllari anglagan bo‘lardi, Yana Menga qaytgan bo‘lishardi, Men ularga shifo bergan bo‘lardim.”
28 Sizlarga shu ma’lum bo‘lsinki, Xudoning najoti g‘ayriyahudiylarga yuborilgan. Ular quloq soladilar.
29 Pavlus shu gaplarni aytgandan keyin, yahudiylar o‘zaro qattiq bahslashib, ketib qoldilar.
30 Pavlus ijaraga olgan uyida ikki yil yashadi va uni ko‘rgani kelgan hammani qabul qildi.
31 U jasorat bilan Xudoning Shohligi haqida va’z aytib, Rabbimiz Iso Masih to‘g‘risida ta’lim berdi. Hech kim unga buni taqiqlashga urinmadi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18