Havoriylarning faoliyati 20 bob

1 Pavlus Makedoniya va Yunonistonda. 7 Pavlusning Troasga oxirgi safari. 13 Troasdan Mitilinaga. 17 Efes oqsoqollariga Pavlusning otashin nutqi.

1 Shovqin–suron bosilgach, Pavlus shogirdlarni chaqirib, ularga dalda berdi. Keyin ular bilan xayrlashib, Makedoniyaga yo‘l oldi.
2 U bosib o‘tgan hamma shaharlarda imonlilarga ko‘p dalda berdi. So‘ng Yunonistonga borib,
3 u yerda uch oy turdi. U Suriyaga suzib ketmoqchi bo‘lgan edi, yahudiylar unga qarshi fitna uyushtirayotganini bilib qoldi. Shuning uchun Makedoniya orqali qaytishga qaror qildi.
4 Veriyadan Pir o‘g‘li Sosipatr, Salonikadan Aristarx va Sekund, Darviyadan Gay, Timo‘tiy, Asiya viloyatidan Tixik va Trofim Pavlusga hamroh bo‘ldilar.
5 Ular bizdan oldin ketib, Troasda bizni kutib turgan edilar.
6 Xamirturushsiz non bayramidan keyin biz Filippidan suzib ketdik. Besh kundan so‘ng esa Troasda ular bilan uchrashib, u yerda yetti kun turdik.
7 Haftaning birinchi kuni biz Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirish uchun yig‘ildik. Pavlus odamlarga yarim kechasigacha gapirdi. Ertasi kuni u jo‘nab ketishni rejalashtirgan edi.
8 Biz yig‘ilgan boloxonada ko‘p chiroqlar yonib turardi.
9 Yevtux degan bir yigit deraza raxida o‘tirgan edi. Pavlus gapini davom ettirar ekan, Yevtuxni qattiq uyqu bosdi. Uyqu g‘olib kelib, Yevtux uchinchi qavatdan yerga yiqildi. Uni ko‘targanlarida, jon bergan edi.
10 Pavlus pastga tushdi, egilib, yigitni quchoqladi– da: “Xavotir olmanglar, u tirik”, dedi.
11 So‘ngra Pavlus yana boloxonaga qaytib chiqdi. Rabbimizni xotirlab, non sindirib, ovqatlandi. Ular bilan tong otguncha suhbatlashdi, keyin yo‘lga chiqdi.
12 Shu orada bu yigitni uyiga tirik olib bordilar, imonlilar bu voqeadan g‘oyat tasalli topdilar.
13 Pavlus Assa shahriga quruqlik orqali ketishga qaror qildi. Qolganlarimiz esa undan oldin kemada suzib ketdik. Pavlus o‘sha shaharda kemaga chiqib, bizga qo‘shiladi, deb rejalashtirgan edik. Zotan, u bizga shunday qilishini aytgan edi.
14 Pavlus biz bilan Assada uchrashgandan keyin, uni kemaga olib, Mitilina shahriga yo‘l oldik.
15 Biz u yerdan suzib, ertasi kuni Xios oroli yaqiniga yetib bordik. Keyingi kuni Samos oroliga, uning ertasiga Milit shahriga yetib bordik.
16 Pavlus Asiya viloyatida vaqtni yo‘qotmaslik uchun Efesni chetlab o‘tishga qaror qildi. Agar imkonini topsa, Hosil bayramidaQuddusda bo‘lishni juda istayotgan edi.
17 Pavlus Militdan Efesga xabar yuborib, imonlilar jamoatiningoqsoqollariga: “Mening huzurimga kelsangizlar”, deb iltimos qildi.
18 Oqsoqollar Pavlusning huzuriga kelganlarida, u oqsoqollarga dedi: — Men Asiya viloyatiga kelgan birinchi kunimdan boshlab sizlarning orangizda qanday yashaganimni o‘zlaringiz bilasizlar.
19 Men ko‘p ko‘z yosh to‘kib, kamtarlik bilan Rabbimiz Isoga xizmat qildim. Yahudiylarning fitnalari dastidan kelgan sinovlarni boshdan kechirdim.
20 O‘zlaringiz bilasizlar, men sizlarga biron foyda keltirishdan o‘zimni olib qochmadim. Balki uyma–uy yurib, ta’lim berdim, xalq oldida va’z qildim.
21 Men yahudiylarni ham, yunonlarni ham, tavbaga chaqirdim. Xudoga yuz buringlar, Rabbimiz Isoga imon keltiringlar, deb ularga jiddiy nasihat qildim.
22 Endi esa Muqaddas Ruhning asiri bo‘lib, Quddusga otlanyapman. U yerda menga nima bo‘lishini bilmayman.
23 Ammo meni qamoq va quvg‘inlar kutayotgani to‘g‘risida MuqaddasRuh har bir shaharda ogohlantirib kelmoqda.
24 Lekin hayotim o‘zim uchun hech narsaga arzimaydi, deb hisoblayman. Men faqat vazifamni oxiriga yetkazishni va Rabbimiz Iso menga yuklagan ishni tugatishni istayman. Bu ish Xudoning inoyati to‘g‘risidagi Xushxabarni e’lon qilishdir.
25 Men oralaringizda bo‘lib, Xudoning Shohligini va’z qildim. Endi shuni bilamanki, birontangiz ham mening yuzimni boshqa ko‘rmaysizlar.
26 Shuning uchun bugun sizlarga shuni e’lon qilaman: men birovning halokati uchun mas’ul emasman.
27 Axir, men Xudoning hamma maqsadini sizlarga bayon qilishdan bo‘yin tovlamadim.
28 O‘zlaringizni ehtiyot qilinglar, suruvni ham ehtiyot qilinglar. Chunki Muqaddas Ruh ularni sizning qaramog‘ingizga bergan. Xudoning jamoatiga cho‘pon bo‘linglar. U bu jamoatni O‘zining O‘g‘li qoni evaziga sotib olgan.
29 Bilaman, men ketganimdan keyin sizlarning orangizga yirtqich bo‘rilar keladi, ular suruvga shafqat qilmaydi.
30 Hatto o‘z oralaringizdan ba’zi odamlar chiqib, shogirdlarni ortidan ergashtirib, haqiqatni buzib gapiradilar.
31 Hushyor bo‘linglar! Mana shu uch yil davomida kechayu kunduz ko‘z yosh to‘kib, har biringizga qilgan pand– nasihatlarimni yodingizda tutinglar.
32 Endi men sizlarni Xudoga va Uning marhamati haqidagi xabar panohiga topshirdim. Bu xabar sizlarga kuch–qudrat berib, jamiki muqaddas qilinganlar orasida meros berishga qodirdir.
33 Men hech kimning kumushi yoki oltini, yo kiyimiga ko‘z olaytirmadim.
34 O‘zlaringiz bilasizlarki, o‘zimni va sheriklarimni ta’minlash uchun qo‘llarim bilan mehnat qildim.
35 Men sizlarga bu borada namuna bo‘lib, zaiflarni qanday qo‘llab–quvvatlashimiz kerakligini ko‘rsatdim. Rabbimiz Iso aytgan shu so‘zlarini eslaylik: “Olmoqdan ko‘ra bermoq ko‘proq marhamatlanadi.”
36 Pavlus gapini tugatgandan keyin, hamma bilan birga tiz cho‘kib, ibodat qildi.
37 Hammalari yig‘lab, Pavlusni bag‘rilariga bosdilar, u bilan o‘pishib xayrlashdilar.
38 Pavlus: “Endi meni hech qachon ko‘rmaysizlar”, deb aytgani uchun ular nihoyatda g‘amgin bo‘lib qoldilar. Ular Pavlusni kemagacha kuzatib bordilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18