Havoriylarning faoliyati 9 bob

1 Shoul imonga keladi. 19 Shoul Damashqda va’z qiladi. 26 Shoul Quddusda. 32 Butrus Lida va Yaffada.

1 Shu orada Shoul Rabbimiz Isoning shogirdlariga qarshi qattiq o‘lim xavfini solib yurardi. U oliy ruhoniyning huzuriga borib,
2 Damashqdagi sinagogalarga xat yozib berishini so‘radi. U yerda erkak bo‘ladimi yoki ayolmi — Isoning yo‘lidan yuruvchilarni topib olsa, ularni bog‘lab Quddusga olib kelishga ijozat so‘ragan edi.
3 Shoul Damashqqa yaqinlashib qolganda, birdan osmondan bir nur uning yon–atrofini yoritib yubordi.
4 Shoul yerga yiqilib, shunday bir ovozni eshitdi: — Shoul, Shoul! Nega meni quvg‘in qilyapsan?
5 — Yo Hazratim! Sen kimsan? — deb so‘radi Shoul. — Sen quvg‘in qilayotgan Isoman, — degan javob keldi.
6 — Endi o‘rningdan tur, shaharga kir. Nima qilishing kerakligi senga o‘sha yerda aytiladi.
7 Shoulga hamroh bo‘lganlarning tillariga bir so‘z kelmay, to‘xtab qolgan edilar. Ular ovozni eshitardilar–u, ammo hech kimni ko‘rmasdilar.
8 Shoul yerdan turdi, ko‘zlarini ochdi, ammo hech narsani ko‘ra olmadi. Ular Shoulni qo‘lidan ushlab, Damashq shahriga olib bordilar.
9 Uch kungacha Shoulning ko‘zi ko‘rmadi, shu kunlar davomida u na yedi, na ichdi.
10 Damashqda Isoning Hananiya degan shogirdi bor edi. Rabbimiz Iso vahiyda unga zohir bo‘lib: “Hananiya!” deb chaqirdi. “Labbay, Rabbim!” deb javob berdi u.
11 Rabbimiz Iso Hananiyaga dedi: — O‘rningdan tur, To‘g‘ri deb ataluvchi ko‘chaga bor. Yahudoning uyidan Tarslik Shoul degan odamni so‘ra. Hozir u ibodat qilyapti.
12 Unga vahiy kelgan. Vahiyda u Hananiya degan odamning kelishini ko‘rgan. Uning ko‘zlari ochilishi uchun sen unga qo‘llaringni qo‘yasan.
13 Hananiya esa shunday javob berdi: — Yo Rabbim, men u odam haqida ko‘pchilikdan eshitgan edim. U Quddusdagi Sening azizlaringga ko‘p yomonlik qilgan ekan.
14 Bu yerda ham u Sening nomingni tiliga oladiganlarni qamash uchun bosh ruhoniylardan vakolat olibdi.
15 Rabbimiz Iso esa unga shunday dedi: — Boraver, u Mening tanlangan qurolimdir. U g‘ayriyahudiylar orasida, shohlar va Isroil xalqi orasida nomimni mashhur qiladi.
16 U Mening nomim haqi qanchalar azob chekishi kerakligini uning o‘ziga ko‘rsataman.
17 Shunday qilib, Hananiya borib, o‘sha uyga kirdi. U Shoulga qo‘lini qo‘yib, shunday dedi: — Birodarim Shoul! Yo‘lingda senga zohir bo‘lgan Rabbimiz Iso meni bu yerga yubordi, toki sening ko‘zlaring ochilsin, Muqaddas Ruhga to‘lgin.
18 Shu zahoti baliq tangachalariga o‘xshash narsa Shoulning ko‘zlaridan tushdi. U yana ko‘ra boshladi. U o‘rnidan turib, suvga cho‘mdirildi.
19 Ovqat yeb, quvvatga kirdi. Shoul bir necha kun Damashqdagi imonlilar bilan birga bo‘ldi.
20 U to‘g‘ri sinagogaga borib: “Iso Xudoning O‘g‘lidir”, deb va’z qila boshladi.
21 Uning va’zini eshitganlarning hammasi hayron bo‘lib, shunday deyishardi: “Bu — Quddusda Isoning nomini tilga olganlarga qirg‘in keltirgan odam emasmi? Uning bu yerga kelishdan maqsadi — odamlarni bosh ruhoniylar oldiga bog‘lab olib borish emasmikan?”
22 Ammo Shoulning va’zi tobora kuchli bo‘lib boraverdi. U Isoning Masih ekanini isbot etib, Damashqda yashaydigan yahudiylarni esankiratib qo‘ydi.
23 Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin, yahudiylar Shoulni o‘ldirish uchun reja tuzdilar.
24 Shoul esa ularning rejasidan xabar topdi. Uni o‘ldirish uchun shahar darvozalarini kechayu kunduz qo‘riqlardilar.
25 Ammo Shoulning shogirdlari uni kechasi savatga solib, devorning ochiq joyidan tushirib yubordilar.
26 Shoul Quddusga borgandan keyin, Isoning u yerdagi shogirdlariga qo‘shilishga harakat qildi. Ammo shogirdlarning hammasi undan qo‘rqishardi. Shoul ham Isoning shogirdi bo‘lganiga ular ishonmadilar.
27 Shunda Barnabo Shoulni havoriylarning oldiga olib bordi. Shoul yo‘lda qanday qilib Rabbimiz Isoni ko‘rganini, Shoulga U qanday gapirganini, Shoul Damashqda qo‘rqmasdan Iso nomi bilan qanday va’z qilganini havoriylarga hikoya qilib berdi.
28 Shunday qilib, Shoul ular bilan qoldi va butun Quddus bo‘ylab qo‘rqmasdan Rabbimiz nomi bilan va’z qilib yurdi.
29 Shoul yunonzabon yahudiylar bilan ham suhbatlashib, ular bilan munozara qildi. Ammo ular Shoulni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar.
30 Imonlilar bu to‘g‘rida xabar topib, Shoulni Qaysariyagacha olib keldilar, keyin uni Tarsga jo‘natdilar.
31 Butun Yahudiya, Jalila va Samariyadagi imonlilar jamoati tinchlikka erishib, kuchayib boraverdi. Jamoat Egamizdan qo‘rqib va Muqaddas Ruhdan madad olib, ko‘payib boraverdi.
32 Butrus hamma yoqni aylanib, imonlilarni ko‘rgani borardi. Bir safar u Lida shahrida yashaydigan Xudoning azizlari huzuriga tashrif buyurdi.
33 U yerda Butrus Yeney degan odam bilan uchrashib qoldi. Yeney shol bo‘lib, sakkiz yildan beri to‘shakdan tura olmas edi.
34 Butrus unga: — Yeney, Iso Masih senga shifo beryapti: o‘rningdan tur, to‘shagingni yig‘ib qo‘y! — dedi. Yeney shu zahoti o‘rnidan turib ketdi.
35 Butun Lida va Sharon aholisi Yeneyni ko‘rib, Rabbimiz Isoga yuz burdi.
36 Yaffa shahrida Isoning bir shogirdi bor edi. U ayolning ismi Tavita bo‘lib, yunonchada “ohu” deganidir. U xayrli ishlarga va sadaqa qilishga o‘zini bag‘ishlagan edi.
37 O‘sha paytda u kasal bo‘lib, vafot etdi. Uning jasadini yuvib, boloxonaga qo‘ydilar.
38 Lida shahri Yaffa shahriga yaqin edi. Shogirdlar Butrus u yerda ekanini eshitdilar va uning oldiga ikki kishini yuborib: “Iltimos, hayallamay biz tomonga kel”, deb xabar yubordilar.
39 Butrus o‘rnidan turdi–yu ular bilan ketdi. Butrus yetib kelgach, uni boloxonaga olib chiqdilar. Hamma bevalar Butrusning yonida yig‘lab turganlaricha, kamzullar va boshqa kiyimlarni ko‘rsatib: “Tavita tirikligida bularni tikkan edi”, derdilar.
40 Butrus ularni tashqariga chiqarib yubordi. Shundan keyin u tiz cho‘kib, ibodat qildi–da, jasadga o‘girilib: “Tavita, tur o‘rningdan!” dedi. Shunda Tavita ko‘zlarini ochdi, Butrusni ko‘rib, qaddini rostlab o‘tirdi.
41 Butrus qo‘lini Tavitaga uzatib, o‘rnidan turishiga yordamlashdi. Keyin Xudoning azizlarini va bevalarni chaqirib, tirilgan ayolni ko‘rsatdi.
42 Bu voqea butun Yaffaga ma’lum bo‘ldi va ko‘pchilik Rabbimiz Isoga imon keltirdi.
43 Butrus ancha vaqt Yaffa shahrida Shimo‘n degan bir ko‘nchining uyida turdi.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18