Havoriylarning faoliyati 7 bob

1 Ctefanning Oliy kengash oldidagi nutqi.

1 Oliy ruhoniy Stefandan: “Shu gaplar rostmi?” deb so‘radi.
2 Stefan shunday javob berdi: “Birodarlar, otalar! Mening gaplarimga quloq solinglar. Bobomiz Ibrohim hali Xoronda yashamasdan oldin — Mesopotamiyada bo‘lgan paytda ulug‘vor Xudo unga zohir bo‘lib,
3 shunday dedi: ‘O‘z yurtingdan, qarindosh–urug‘laring oldidan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko‘rsataman, o‘sha yerga borasan.’
4 Shundan keyin Ibrohim Xaldeylar yurtini tark etib, Xoronga borib o‘rnashdi. Ibrohimning otasi vafot etgach, Xudo uni Xorondan hozir sizlar yashab turgan yurtga ko‘chirdi.
5 Xudo Ibrohimga u yerdan mulk bermadi, hatto bir qarich yer ham bermadi. Lekin Ibrohimga va uning nasliga o‘sha yurtni mulk qilib berishni va’da qildi. Vaholanki, o‘sha payda Ibrohimning farzandi yo‘q edi.
6 Xudo unga shunday dedi: “Sening nasling begona bir yurtda musofir bo‘lib yashaydi. To‘rt yuz yil qul bo‘lib, jabr–zulm tortadi.
7 Ammo ularni qul qilib oladigan xalqni Men jazolayman. Shundan keyin ular o‘sha yurtdan chiqadilar va bu yerda Menga sajda qiladilar.”
8 Keyin Xudo unga sunnat ahdini berdi. Shunday qilib, Ibrohimdan Is’hoq tug‘ildi. Is’hoqni sakkiz kunligida Ibrohim sunnat qildi. Is’hoqdan Yoqub tug‘ildi, u ham sunnat qilindi. Yoqubdan o‘n ikki qabila asoschilari tug‘ildi, ular ham sunnat qilindi.
9 Yoqubning o‘g‘illari o‘zlarining ukalari Yusufga hasad qilib, uni Misrga sotib yubordilar. Ammo Xudo Yusuf bilan birga bo‘lib,
10 uni hamma kulfatlardan saqlab qoldi. Xudo Yusufni shunchalik dono qildiki, u Misr fir’avnining iltifotiga sazovor bo‘ldi. Fir’avn Yusufni butun Misr va o‘zining xonadoni ustidan hokim qilib tayinladi.
11 O‘sha davrda butun Misr va Kan’on bo‘ylab ocharchilik tarqaldi, ko‘p azob–uqubatlar kelib chiqdi. Ota– bobolarimiz yegulik topa olmay qoldilar.
12 Yoqub, Misrda don bor ekan, deb eshitib qoldi. U o‘g‘illarini, ya’ni bizning bobolarimizni Misrga birinchi bor safarga jo‘natdi.
13 Ular Misrga ikkinchi marta borganlarida, Yusuf akalariga o‘zini tanitdi. Shunday qilib, Yusufning urug‘–aymog‘i fir’avnga ma’lum bo‘ldi.
14 Shundan keyin Yusuf otasi Yoqubni, hamma qarindosh–urug‘larini yoniga chaqirdi. Ular hammasi bo‘lib yetmish besh kishi edilar.
15 Shunday qilib, Yoqub Misrga ketdi. Yoqub ham, uning o‘g‘illari, ya’ni ota–bobolarimiz ham Misrda vafot etdilar.
16 Ularning suyaklarini Shakam shahriga olib kelib, Ibrohimning maqbarasiga qo‘ydilar. Bu maqbarani Ibrohim shakamlik Xamo‘rning o‘g‘illaridan bir qancha kumushga sotib olgan edi.
17 Xudoning Ibrohimga bergan va’dasi amalga oshadigan payt yaqinlashgani sari, Misrdagi xalqimiz g‘oyat ko‘payib borar edi.
18 Misrni boshqa hukmdor boshqara boshladi. U Yusuf to‘g‘risida hech narsa bilmasdi.
19 Ular ota– bobolarimizga nayrang ishlatdilar. Ota– bobolarimiz chaqaloqlaridan voz kechishlariga to‘g‘ri keldi, chaqaloqlari o‘ldirildi.
20 Shu paytda Muso tug‘ilgan edi. U juda ajoyib bola edi. Ota– onasining uyida Musoni uch oy parvarishlaganlaridan keyin
21 oxiri, voz kechishga majbur bo‘ldilar. Fir’avnning qizi Musoni saqlab olib, o‘z o‘g‘liday tarbiya qildi.
22 Musoga Misrliklarning ilmu ma’rifati o‘rgatildi, u so‘zda ham, ishda ham buyuk odam bo‘ldi.
23 Muso qirq yoshga kirganda, uning yuragida qardoshlari bo‘lgan Isroil xalqini ko‘rish orzusi tug‘ildi.
24 Misrliklardan biri Isroil xalqidan bittasiga shafqatsizlik qilayotganini ko‘rganda, Muso qardoshini himoya qildi. Misrlikni o‘ldirib, qardoshining o‘chini oldi.
25 Muso: “Xudo men orqali xalqimni ozod qilmoqchi, buni xalqim tushunsa kerak”, deb o‘yladi. Ammo ular tushunmadilar.
26 Keyingi kuni Muso Isroil xalqidan ikkitasi janjallashayotganini ko‘rib, ularni yarashtirmoqchi bo‘ldi: “Quloq solinglar, ey odamlar, axir, sizlar birodarsizlar! Nega bir– biringizni xafa qilyapsizlar?”
27 Ammo qardoshini xafa qilayotgan odam Musoni turtib dedi: “Kim seni bizning ustimizdan hukmdor yoki hakam qilib qo‘ydi?
28 Kecha Misrlikni o‘ldirganingday meni ham o‘ldirmoqchimisan?”
29 Muso bu gapni eshitgach, Misrdan qochib ketdi va Midiyon yurtida musofir bo‘lib yashay boshladi. Bu yurtda Muso ikki o‘g‘il ko‘rdi.
30 Oradan qirq yil o‘tgach, Sinay tog‘i yonidagi sahroda yonayotgan buta alangasi ichida Musoga bir farishta zohir bo‘ldi.
31 Muso buni ko‘rib, hayron bo‘ldi. Yaxshiroq ko‘rish uchun butaga yaqin bordi. Shu payt u Egamizning ovozini eshitdi:
32 “Men ota–bobolaringiz — Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosiman.” Muso qo‘rqqanidan titray boshladi.
33 Shunda Egamiz Musoga dedi: “Oyog‘ingdagi chorig‘ingni yech, chunki sen turgan joy muqaddas yerdir.
34 Misrda xalqimning qattiq azob chekayotganini ko‘rdim, ularning oh–vohlarini eshitdim. Men ularni ozod qilish uchun keldim. Endi kel, Men seni Misrga yuboraman.”
35 Mana shu Musoni xalq rad qilib, unga: “Kim seni bizning ustimizdan hukmdor yoki hakam qilib qo‘ydi?” deb aytgandi. Xudoning O‘zi esa Musoni hukmdor va xaloskor qilib yubordi. U buni buta ichida zohir bo‘lgan farishta orqali amalga oshirdi.
36 Muso Isroil xalqini Misrdan olib chiqdi. Misrda, Qizil dengizda va sahroda qirq yil davomida mo‘jizalar va alomatlar ko‘rsatdi.
37 Isroil xalqiga: “Xudo sizlar uchun o‘zingizning xalqingiz orasidan menga o‘xshagan bir payg‘ambar chiqaradi”, deb aytgan ham o‘sha Muso edi.
38 Sahroda Isroil xalqi bilan birga yashagan Musodir, Sinay tog‘ida otalarimiz bilan birga turgan, farishta bilan gaplashgan ham udir. U bizga berish uchun barhayot bashoratlarni qabul qildi.
39 Ammo ota– bobolarimiz Musoga itoat etishni istamadilar. Aksincha, ular Musoni mensimay, ko‘ngillarida Misrga qaytishga moyil bo‘ldilar.
40 Ular Xorunga shunday dedilar: “Biz uchun xudolar yasab ber, toki ular bizni yo‘lda boshlab borsin. Bizni Misrdan olib chiqqan Musoga nima bo‘lganini bilmaymiz.”
41 O‘sha paytda ular buzoq yasadilar, o‘sha butga qurbonlik qildilar. Shunday qilib, qo‘llarining ijodi oldida ko‘ngilxushlik qildilar.
42 Shu sababdan Xudo ulardan yuz o‘girdi, samoviy jismlarga sajda qilishsin, deb ularni tark etdi. Zotan, payg‘ambarlar kitobida shunday yozilgan: “Ey Isroil xalqi! Sahroda qirq yil yurganingizda, Menga jonliqlar so‘yib, qurbonliklar atadingizmi?!
43 Yo‘q, xudo Malaxning chodirini, Xudoyingiz Rifonning yulduzini ko‘tarib yurdingiz, Sajda qilish uchun o‘sha tasvirlarni o‘zingiz yasadingiz. Shuning uchun sizlarni Bobildan nariga yuboraman.”
44 Sahroda ota–bobolarimizning Ahd chodiri bor edi. Bu chodir Xudo Musoga buyurganday, U ko‘rsatgan namuna bo‘yicha yasalgan edi.
45 Keyinroq o‘sha chodir otalarimizga berildi. Otalarimiz Yoshua bilan ketganlarida chodirni o‘zlari bilan olib ketdilar. O‘shanda otalarimiz Xudo quvib yuborgan xalqlarning yerini tortib olgan edilar. Chodir shoh Dovud zamonigacha o‘sha yurtda otalarimiz bilan qoldi.
46 Xudoning marhamatiga sazovor bo‘lgan Dovud: ‘Yoqubning Xudosiga maskan qurib beray’, deb Undan izn so‘radi.
47 Ammo Xudoga uyni Sulaymon qurib berdi.
48 Vaholanki, Qodir Xudo inson qo‘llari bilan yasalgan uylarda istiqomat qilmaydi. Xudo payg‘ambar orqali aytganday:
49 “Osmon Mening taxtimdir, Yer oyog‘im tagidagi kursidir. Menga qanday uy qurib bera olasiz?! — demoqda Egamiz. — Qaysi joy Menga maskan bo‘la oladi?!
50 Axir, hammasini O‘z qo‘llarim bilan yaratmaganmanmi?!”
51 Sizlar o‘jar xalqsiz! Ey yuraklari, quloqlari sunnat qilinmaganlar! Sizlar ham, ota– bobolaringizga o‘xshab, har doim Muqaddas Ruhga qarshi turasizlar.
52 Ota–bobolaringiz payg‘ambarlarning hammasini quvg‘in qilganlar! Solih Zotning kelishini bashorat qilganlarni ular o‘ldirganlar! Endi esa sizlar Solih Zotni sotib, qatl qildingizlar.
53 Xudoning qonunini olgan sizlarsiz. Ammo o‘sha qonun sizlarga farishtalar orqali berilganiga qaramay, sizlar unga rioya qilmadingizlar.”
54 Oliy kengash a’zolari Stefanning so‘zlarini eshitib, g‘azabga mindilar, g‘azabdan tishlarini g‘ijirlatdilar.
55 Ammo Muqaddas Ruhga to‘lgan Stefan osmonga tikilib, Xudoning ulug‘vorligini ko‘rdi. Iso Xudoning o‘ng tomonida turar edi.
56 “Qaranglar! — dedi Stefan. — Men osmon ochilganini ko‘ryapman. Inson O‘g‘li Xudoning O‘ng tomonida turibdi!”
57 Ular esa qo‘llari bilan quloqlarini berkitib oldilar, so‘ng birdaniga hammalari ovozlari boricha baqirib, Stefanga tashlandilar.
58 Ular Stefanni shahar tashqarisiga olib chiqdilar va toshbo‘ron qildilar. Unga qarshi guvohlik berganlar esa choponlarini Shoul degan yigitning oyoqlari ostiga qo‘ydilar.
59 Ular Stefanni toshbo‘ron qilayotganlarida, Stefan: “Ey Rabbim Iso, ruhimni ol!” — deb ibodat qildi.
60 So‘ngra u tiz cho‘kib, ovozi boricha baqirdi: “Ey Rabbim Iso! Bu gunohni ularga yuklama!” U shunday deb, jon berdi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак