Havoriylarning faoliyati 3 bob

1 Shol tilanchi shifo topadi. 11 Butrusning Ma’badda aytgan nutqi.

1 Bir kuni Butrus bilan Yuhanno kunduzi soat uchlarda — ibodat vaqtida Ma’badga ketayotgan edilar.
2 O‘sha paytda Ma’bad oldiga bir shol odamni olib kelishdi. Uni har kuni Ma’badning Go‘zal degan darvozasiga keltirib qo‘yishardi, u esa tilanchilik qilib, Ma’badga kelgan odamlardan sadaqa yig‘ardi.
3 O‘sha odam Butrus bilan Yuhannoning kelayotganini ko‘rib, sadaqa berib ketinglar, deb yalindi.
4 Ikkovi unga tikildi. Shu payt Butrus: — Bizga qara! — dedi.
5 U odam biron narsa olish ilinjida ikkoviga diqqat bilan qaradi.
6 Butrus esa unga dedi: — Mening pulim yo‘q, ammo o‘zimda bor narsani senga beraman. Nosiralik Iso Masih nomi bilan senga buyuraman: o‘rningdan turib yur!
7 Shundan keyin Butrus shol odamni o‘ng qo‘lidan ushlab, o‘rnidan turishiga ko‘maklashdi. Shu zahoti shol odamning oyoqlari bilan to‘piqlari mustahkam bo‘ldi.
8 U sakrab turdi–yu, yura boshladi. Keyin u yurib, sakrab, Xudoga hamdu sano aytib, Butrus va Yuhanno bilan birga Ma’bad hovlisiga kirdi.
9 Yurib Xudoga hamdu sano aytayotgan bu odamni xalq ko‘rib,
10 tanidi. Odamlar: “Go‘zal darvozasi yonida o‘tirib, sadaqa so‘raydigan odam–ku bu!” deb hayratlanib, yuz bergan voqeadan hayron qoldilar.
11 Butrus bilan Yuhanno Sulaymon ayvoni degan joyda turar edilar. Shol odam ikkovining qo‘lidan mahkam ushlab olgan edi. Xalq hayrat ichida ularning oldiga yugurib keldi.
12 Butrus odamlarni ko‘rgach, ularga qarata nutq so‘zladi: — Ey Isroil xalqi! Nega bunga hayron bo‘lyapsizlar? Xuddi biz o‘z qudratimiz yoki xudojo‘yligimiz bilan bu odamga shifo berganday, nega bizga tikilib qarayapsizlar?
13 Bu odamga ota– bobolarimiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Xudosi shifo berdi. Shu orqali Xudo O‘zining quli Isoni ulug‘ladi. Ammo sizlar Isoni tutib berdingizlar. Pilat Uni ozod etishga qaror qilganda ham, sizlar Uni Pilatning huzurida rad etdingizlar.
14 Ha, sizlar Muqaddas va Solih bo‘lgan Isoni rad qilib, Uning o‘rniga bir qotilning ozod bo‘lishini talab qildingizlar.
15 Sizlar hayotga boshlovchini o‘ldirdingizlar. Ammo Xudo Uni o‘likdan tiriltirdi. Biz bunga guvohmiz.
16 O‘zlaringiz ko‘rib–bilib turgan mana bu odam Isoning nomiga bo‘lgan imoni tufayli soppa–sog‘ turibdi. Iso bergan bu imon uni ko‘z o‘ngingizda butunlay sog‘aytirdi.
17 Ey birodarlar, sizlar Isoga qilgan bu yomonligingizni hukmdorlaringiz kabi bilmasdan qilganingizni bilaman.
18 Ammo bu qilmishingiz orqali Xudo payg‘ambarlarning og‘zi bilan aytgan bashoratini bajo qildi. Axir, payg‘ambarlar, Masih azob chekadi, deb oldindan aytgan edilar.
19 Endi tavba qilinglar, Xudoga yuz buringlar, toki gunohlaringiz kechirilsin.
20 Shunda Egamiz sizlarga orom olish vaqtini ato qiladi. U sizlar uchun tanlangan Masih — Isoni yuboradi.
21 Xudo O‘zining muqaddas payg‘ambarlari orqali azaldan e’lon qilganday, hamma narsalar yangilanadigan davr keladi. Ammo o‘sha davr kelguncha Iso osmonda qolishi kerak.
22 Muso shunday degan edi: “Egangiz Xudo sizlar uchun xalqingiz orasidan menga o‘xshagan bir payg‘ambar chiqaradi. U sizlarga nima aytsa quloq solinglar.
23 O‘sha payg‘ambarga itoat etmaydigan har kim Xudoning xalqi orasidan ajratib olinib, yo‘q qilinadi.”
24 Haqiqatdan ham, Shomuil va undan keyin kelib xabar bergan hamma payg‘ambarlar biz yashayotgan bu kunlar haqida bashorat qilgan edilar.
25 Xudoning O‘z payg‘ambarlari orqali bergan va’dalari sizlar uchundir. Sizlar Xudoning Ibrohim orqali ota– bobolaringiz bilan tuzgan ahdini o‘zlaringizga meros qilib olyapsizlar. Axir, Ibrohimga Xudo: “Sening zurriyoting orqali yer yuzidagi jamiki xalqlar baraka topadi”, deb aytgan edi.
26 Xudo O‘z quli Isoni zohir qilgandan keyin, Uni birinchi bo‘lib sizlarning orangizga yubordi. Chunki U har biringizni yomon yo‘ldan qaytarib, sizlarga baraka bermoqchi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18