Havoriylarning faoliyati 4 bob

1 Butrus bilan Yuhanno Oliy kengash oldida. 32 Imonlilar mol–mulklarini taqsimlab beradilar.

1 Butrus bilan Yuhanno xalqqa gapirib turganlarida, bir necha ruhoniylar, Ma’bad mirshabboshisi va sadduqiy mazhabining ba’zi a’zolari keldilar.
2 Ularning qattiq jahli chiqqan edi, chunki bu ikkala havoriy xalqqa ta’lim berib, Iso o‘likdan tirildi, deb va’z qilayotgan edilar.
3 Ular ikkala havoriyni ushlab, vaqt kech bo‘lgani uchun ertasi kun ertalabgacha qamoqda saqladilar.
4 Ammo bu xabarni eshitganlarning ko‘pchiligi imonga keldi, imonlilar soni besh mingtaga ko‘paydi.
5 Keyingi kun Oliy kengash a’zolari — yo‘lboshchilar, oqsoqollar, Tavrot tafsirchilari Quddusda yig‘ildilar.
6 Oliy ruhoniy Hanan, Kayafa, Yuhanno, Iskandar va oliy ruhoniy oilasiga mansub bo‘lgan boshqa erkaklar yig‘inda ishitirok etdilar.
7 Ular ikkala havoriyni o‘rtaga turg‘izib qo‘yib, so‘radilar: — Buni qanday qudrat bilan, kimning nomidan qildingizlar?
8 Shunda Muqaddas Ruhga to‘lgan Butrus ularga shunday dedi: — Ey xalq yo‘lboshchilari, oqsoqollar!
9 Agar bir xasta odamga qilingan yaxshilik tufayli bizdan hisob talab qilayotgan bo‘lsangiz va bu odamning qanday qilib sog‘ayganini so‘rayotgan bo‘lsangiz,
10 sizlar, Isroil xalqi — hammalaringiz shuni bilib qo‘yinglarki, mana bu odam Nosiralik Iso Masih nomi bilan tamomila sog‘ayib, oldingizda turibdi. Isoni sizlar xochga mixlagan edingizlar, Xudo esa Uni o‘likdan tiriltirdi.
11 Axir, Iso to‘g‘risida Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: “Siz, binokorlar, rad etgan tosh Binoning tamal toshi bo‘ldi.” Najot boshqa hech kimdan kelmaydi.
12 Uning nomi — butun olamda najot beradigan yagona nomdir.
13 Kengash a’zolari Butrus bilan Yuhannoning jasoratini ko‘rdilar va ularning o‘qimagan, oddiy odam ekanliklarini bilib, hayron qoldilar. Butrus bilan Yuhanno Isoning sheriklari ekanini angladilar.
14 Shifo topgan odam ham ikkala havoriy bilan birga turgan edi. Shuning uchun xalq yo‘lboshchilari va oqsoqollar uni ko‘rib, ikkovining gaplariga qarshi biron so‘z ayta olmadilar.
15 Shunday qilib, ular havoriylarga: “Majlisxonadan chiqinglar”, deb buyruq berdilar. So‘ngra o‘zaro muhokama qila boshladilar:
16 — Bu odamlarni nima qilamiz? Bu ajoyib mo‘jizani mana shu odamlar qilganini Quddusdagi har bir odam biladi, biz buni inkor eta olmaymiz.
17 Ammo bu xabar xalq orasida yanada yoyilib ketishining oldini olish uchun, bundan keyin Isoning nomi bilan hech kimga gapirmaysizlar, deb ularni ogohlantirib qo‘yamiz.
18 Shunday qilib, ular ikkovini chaqirdilar va: “Isoning nomi bilan umuman gapirmaysizlar yoki ta’lim bermaysizlar”, deb buyruq berdilar.
19 Butrus bilan Yuhanno esa ularga shunday javob qaytardilar: — Xudodan ko‘ra sizlarga itoat etsak, Xudoning nazarida to‘g‘ri bo‘ladimi? O‘zlaringiz xulosa chiqaraveringlar.
20 Biz esa ko‘rganlarimiz va eshitganlarimiz to‘g‘risida gapirmasdan tura olmaymiz.
21 Shunday qilib, Kengash a’zolari ularni oxirgi marta ogohlantirib, qo‘yib yubordilar. Ularni jazolash uchun hech qanday sabab topa olmagandilar, chunki butun xalq yuz bergan voqeani bilib, Xudoga hamdu sano aytardi.
22 Axir, mo‘jizali alomat tufayli shifo topgan odam qirq yildan oshiq vaqt davomida shol bo‘lgan edi.
23 Butrus bilan Yuhanno ozod bo‘lishlari bilanoq, do‘stlarining oldiga qaytib keldilar va bosh ruhoniylar bilan oqsoqollarning ularga aytgan gaplarini so‘zlab berdilar.
24 Do‘stlari bu gaplarni eshitganlaridan keyin, hammalari birgalikda baland ovozda Xudoga shunday deb ibodat qildilar: — Ey Egamiz! Sen yeru osmonni, dengizu ulardagi hamma narsalarni yaratgansan!
25 Quling — bobomiz Dovud orqali Muqaddas Ruhing bilan shunday degansan: Nega quturadi xalqlar?! Nega behuda fitna qilar elatlar?!
26 Egamizga va Uning Masihiga qarshi Zamin shohlari saf tortdilar, Hukmdorlar Unga qarshi birlashdilar.
27 Haqiqatan, Hirod bilan Pontiy Pilat g‘ayriyahudiylar va Isroil xalqi bilan birga bu shaharda Sening muqaddas quling, O‘zing Masih qilib tanlagan Isoga qarshi to‘plandilar.
28 Qudrating va xohish–irodang bilan O‘zing ilgaridan qaror qilgan hamma narsani ular ijro etdilar.
29 Endi, ey Egamiz, ularning tahdidlariga qara! Bu qullaring jasorat bilan Sening so‘zingni aytishlari uchun bizga imkon ber.
30 Qudratingni ko‘rsat, toki Muqaddas quling Iso nomi bilan xastalarga shifo beraylik, alomatlar va mo‘jizalar ko‘rsataylik.
31 Hammalari ibodat qilib bo‘lganlaridan keyin, ular yig‘ilib turgan joy silkindi. Hammalari Muqaddas Ruhga to‘lib, Xudoning so‘zini jasorat bilan gapiradigan bo‘ldilar.
32 Imonga kelganlar yakdil va hamjihat edilar. Ulardan birontasi o‘ziga qarashli biron narsani “Bu meniki”, deb aytmas, bor mol–mulklarini umumiy deb bilishardi.
33 Havoriylar buyuk qudrat bilan Rabbimiz Isoning tirilganiga guvohlik berardilar. Xudo ularning hammalariga mo‘l–ko‘l muruvvat ko‘rsatardi.
34 Imonlilarning orasida bironta muhtoj odam yo‘q edi. Dala yoki uy–joy egalari bor narsalarini sotardilar, sotuvdan tushgan mablag‘ni olib kelib,
35 havoriylarning ixtiyoriga berardilar. Pullar odamlarning ehtiyojiga qarab taqsimlanardi.
36 Imonlilar orasida levilardan bo‘lgan Yusuf ismli bir odam bor edi. U asli Kiprdan edi. Havoriylar unga Barnabo, ya’ni “dalda beruvchi” degan nom bergan edilar.
37 Yusuf ham dalasini sotib, pulini havoriylarga in’om qildi.


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак