Shohlar (ikkinchi kitob) 11 bob

1 Dovud bilan Botsheva.

1 Bahor boshlanib, shohlar urushga ketadigan payt ham bo‘ldi. Dovud lashkarboshilariga va butun Isroil qo‘shiniga Yo‘abni bosh qilib, urushga yubordi. Ular Ommon lashkarini yakson qilib, Rabba shahrini qamal qilishdi. Dovudning o‘zi Quddusda qolgan edi.
2 Bir kuni oqshom payti Dovud yotog‘idan chiqdi–da, saroy tomiga ko‘tarilib shaharni tomosha qila boshladi. Birdan cho‘milayotgan bir ayolni ko‘rib qoldi. Ayol juda go‘zal edi.
3 Dovud bittasiga: — Borib bil–chi, u kim ekan, — deb jo‘natdi. O‘sha odam qaytib kelib: — U ayol Eliyomning qizi, Xet xalqidan bo‘lgan Uriyoning xotini, ismi Botsheva ekan, — dedi.
4 Dovud: “Ayolni olib kelinglar”, deb xizmatkorlarini jo‘natdi. Ayolni Dovudning huzuriga olib kelishdi. Ayol hayz ko‘rgan bo‘lib, tozalanish rasm–rusumlarini endi tugatgan ekan. Dovud u bilan birga bo‘ldi. Keyin ayol uyiga qaytdi.
5 Ayol homilador bo‘lganini bildi va bu haqda Dovudga xabar berdi.
6 Dovud Yo‘abga, Xet xalqidan bo‘lgan Uriyoni mening oldimga yubor, deb xabar yo‘lladi. Yo‘ab Uriyoni Dovudning oldiga jo‘natdi.
7 Uriyo kelgandan keyin, Dovud undan Yo‘ab va sipohlarning ahvolini, urushning qanday borayotganini so‘radi.
8 So‘ng Uriyoga: — Uyingga bor, dam ol, — dedi. Uriyo saroydan chiqqach, shoh uning orqasidan hadyalar jo‘natdi.
9 Lekin Uriyo uyiga ketmadi, shohning soqchilari bilan birga saroy darvozasi yonida uxlashga qoldi.
10 Dovudga, Uriyo uyiga ketmabdi, deb xabar yetkazishdi. Dovud Uriyodan: — Sen safardan kelding–ku, nega uyingga bormading? — deb so‘radi.
11 Uriyo shunday javob berdi: — Xudoning sandig‘i ham, Isroil va Yahudo sipohlari ham chodirlarda qoldi, lashkarboshim Yo‘ab bilan janobi oliylarining odamlari yap– yalang maydonda chodir tikib yotishibdi. Ahvol shunaqaligini bila turib, men yeb–ichish, xotinim bilan birga bo‘lish uchun uyimga borsam yaxshi bo‘lmas. Ont ichib aytamanki, zinhor bunday ish qilmayman.
12 Shundan keyin Dovud: — Bugun shu yerda qol, ertaga seni jo‘natib yuboraman, — dedi. Uriyo o‘sha kuni Quddusda qoldi.
13 Ertasiga Dovud Uriyoni yana chaqirib, yedirib–ichirdi. Uriyo mast bo‘lib qoldi. Kech kirgach, Uriyo tag‘in uyiga ketmay, shoh soqchilari yonidagi o‘rnida uxladi.
14 Ertasiga ertalab Dovud Yo‘abga bir maktub yozib, Uriyo orqali berib yubordi.
15 Maktubning mazmuni shunday edi: “Uriyoni urush qizigan joyga yuborgin–da, bir o‘zini qoldir, toki u yaralanib halok bo‘lsin.”
16 Yo‘ab shaharni qurshab olgan edi. Uriyoni g‘animning kuchli lashkari egallagan yerga yubordi.
17 G‘anim lashkari shahardan chiqib kelib, Yo‘abning sipohlari bilan jang qildi. G‘anim lashkari Dovudning odamlaridan ba’zilarini o‘ldirdi, Xet xalqidan bo‘lgan Uriyo ham o‘ldirildi.
18 Yo‘ab urushning borishi haqida Dovudga xabar berish uchun bir odamni jo‘natayotib, unga
19 shunday deb tayinladi: — Sen urushga oid hamma xabarlarni shohga ayt.
20 Lekin shoh g‘azablanib, senga shunday deb aytib qolishi mumkin: “Ular bilan jang qilish uchun nimaga shaharga bunchalik yaqin bordingizlar? Ular shahar devoridan turib o‘q otishlarini bilmasmidingizlar?
21 Gido‘nning o‘g‘li Abumalekni kim o‘ldirgan edi? Esingizda yo‘qmi, Tavozda bir ayol Abumalekning ustiga devor tepasidan tegirmon toshini tashlab yuborib o‘ldirgandi–ku! Shunday ekan, nima uchun devorga bunchalik yaqin bordingizlar?” Agar shu gaplarni aytsa, sen: “Qulingiz Uriyo ham o‘ldi”, deysan.
22 Xabarchi jo‘nab ketdi. Dovudning huzuriga yetib borgach, Yo‘ab nima deb buyurgan bo‘lsa, hammasini oqizmay–tomizmay shohga aytib berdi:
23 — Ommonlar bizdan ustun keldi, shahardan chiqib biz bilan dashtda jang qildi. Keyin ularni shahar darvozasigacha quvib bordik.
24 Shu paytda Ommonlarning merganlari shoh hazratlarining odamlarini devordan turib o‘qqa tutishdi. Odamlaringizdan ba’zilari o‘ldi, qulingiz Uriyo ham o‘ldi, — dedi.
25 — Yo‘abga ayt, — dedi Dovud xabarchiga. — Ro‘y bergan hodisadan uning ko‘ngli cho‘kmasin. Jang qurbonsiz bo‘lmaydi. Shaharga hujumni kuchaytirib, yer bilan yakson qilsin. Shunday deb, unga dalda ber.
26 Uriyoning xotini erining halok bo‘lganini eshitib, aza tutdi.
27 Aza muddati tugagach, Dovud ayolni saroyga oldirib keldi. Ayol Dovudga turmushga chiqdi va bir o‘g‘il tug‘di. Biroq Dovudning bu qilig‘i Egamizga ma’qul kelmadi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак