Shohlar (ikkinchi kitob) 24 bob

1 Dovud ro‘yxat qiladi.

1 Isroil xalqiga Egamiz yana g‘azabini sochdi. Egamiz xalqqa zarar yetkazmoqchi bo‘lib, aholini ro‘yxat qilishga Dovudni majbur etdi: “Qani, Isroil va Yahudo xalqini sanab chiq”, dedi.
2 Shoh yonida turgan lashkarboshisi Yo‘abga shunday buyruq berdi: — Isroilning hamma qabilalarini — Dandan Bershevagacha bo‘lgan joylarni kezib, xalqni sanab chiqinglar, toki qancha aholi borligini men bilayin.
3 Lekin Yo‘ab shunday dedi: — Egangiz Xudo xalqning hozirgi sonini yuz karra ko‘paytirsin, shoh hazratlari ham o‘sha kunlarni ko‘rsin! Shohim nimaga shuni istab qoldilar?
4 Lekin Yo‘ab va lashkarboshilarning so‘zidan shohning so‘zi ustun keldi. Shundan so‘ng ular shohning huzuridan chiqib, Isroil xalqini sanash uchun ketishdi.
5 Ular Iordan daryosini kechib o‘tdilar va Arorda chodir qurib, bu yerdagi Isroil xalqini sanadilar. Aror — soylikdagi shaharning janubida, Gad yerlari tomonda edi. Keyin u yerdan Yazirga borib sanashdi.
6 So‘ng Gilad yerlarini bosib o‘tib, Taxtim–Xodshi yerlariga borishdi. So‘ngra Danyonga, Danyondan esa Sidon atroflariga aylanib borib, bu yerdagi xalqni sanashdi.
7 Yana Tir qal’asidagi, Xiv va Kan’on xalqlarining hamma shaharlaridagi Isroil xalqini sanab chiqishdi. Nihoyat, janubga — Yahudoning Nagav cho‘lidagi Bersheva shahriga kelishdi.
8 Ular to‘qqiz oyu yigirma kun yurtni u boshidan bu boshigacha aylanib chiqqanlaridan keyin Quddusga qaytib kelishdi.
9 Yo‘ab ro‘yxat natijasini shohga ma’lum qildi: Isroilda jang qilishga qodir 800.000, Yahudoda esa 500.000 odam bor ekan.
10 Xalqni sanab chiqqandan so‘ng Dovudning vijdoni qiynaldi. — Bu ishni qilib og‘ir gunohga botdim, aqlsizlarcha ish tutdim. O‘tinaman, ey, Egam, bu qulingning gunohini kechir, — deb iltijo qildi.
11 Ertasiga ertalab Dovud uyqudan turgach, Dovudning valiysi — payg‘ambar Gadga Egamizning shu so‘zlari ayon bo‘ldi:
12 “Borib Dovudga shu gaplarni yetkaz: — Egam shunday aytmoqda: Men senga uchta jazoni taklif qilaman, shulardan bittasini tanla, keyin senga o‘sha jazoni yuboraman.”
13 Gad Dovudning huzuriga borib, uchta jazoni birma–bir bayon qildi: — Yurtingda yetti yil ocharchilik bo‘lsinmi? Yoki seni ta’qib qiladigan g‘animlaringdan uch oy qochib yurishni istaysanmi? Yo bo‘lmasa, yurtingda uch kun o‘lat bo‘lsinmi? Endi yaxshilab o‘yla, meni Yuborganga nima deb javob berayin?
14 — Men juda og‘ir ahvolda qoldim–ku, — dedi Dovud Gadga. — Nima bo‘lsa ham, odamzodning qo‘liga tushmayin. Mayli, Egamning O‘zi bizni jazolasin, chunki U g‘oyat rahmdil.
15 Shunday qilib, Egamiz o‘sha kuni ertalabdan belgilangan vaqtgacha Isroil yurtiga o‘lat yubordi. Butun yurt bo‘ylab — Dandan Bershevagacha bo‘lgan joyda yetmish ming kishi o‘ldi.
16 Egamizning farishtasi, Quddusni yo‘q qilaman, deb qo‘l ko‘targanda, Egamiz rahm qilib, balo– qazo jo‘natmaydigan bo‘ldi. Xalqni qirayotgan farishtaga: — Bo‘ldi, bas! Yetadi! — deb amr berdi. Egamizning farishtasi o‘sha paytda Quddusda — Yobus xalqidan bo‘lgan Aravno degan odamning xirmonida edi.
17 Dovud xalqni o‘ldirayotgan farishtani ko‘rgach, Egamizga dedi: — Gunoh qilgan menman, men aybdorman! Qo‘yday beozor bu insonlar nima ayb qilibdi? G‘azabingni menga va otam xonadoniga socha qol!
18 O‘sha kuni payg‘ambar Gad Dovudning huzuriga bordi va unga: — Yobus xalqidan bo‘lgan Aravnoning xirmoniga borib, o‘sha yerda Egamga atab bir qurbongoh qurgin, — dedi.
19 Dovud Gadning so‘ziga kirib, xuddi Egamiz amr etganiday, xirmonga bordi.
20 Aravno shoh bilan a’yonlarning o‘ziga tomon kelayotganini ko‘rdi va Dovudning oldiga borib, yerga muk tushib ta’zim qildi.
21 — Shoh hazratlari nechun bu qulining oldiga tashrif buyurdilar? — deb so‘radi. — Egamga atab bir qurbongoh qurish uchun xirmoningni sendan sotib olgani keldim, toki o‘lat xalqdan daf bo‘lsin, — dedi Dovud.
22 — Shoh hazratlari nimani ma’qul topsalar, Unga o‘shani nazr qilsinlar, — dedi Aravno. — Ana, kuydiriladigan qurbonliklar uchun ho‘kizlar, o‘tin uchun esa xo‘ptir va ho‘kizlarning bo‘yinturuqlari bor.
23 Ey, shohim, bularning hammasini sizga in’om etaman. Keyin qo‘shib qo‘ydi: — Egangiz Xudo sizdan rozi bo‘lsin!
24 — Bo‘lmaydi! — dedi birdan shoh. — Sendan bu narsalarni o‘z bahosida sotib olaman. Tekin tushgan qurbonliklarniEgam Xudoga kuydirib nazr qilmayman. Shundan so‘ng Dovud xirmonni va ho‘kizlarni ellik kumush tangaga sotib oldi.
25 Dovud o‘sha yerda Egamizga atab qurbongoh qurib, kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklarini atadi. Egamiz esa Isroil yurti uchun Dovudning iltijolariga javob berdi. Shunday qilib, Isroildan o‘lat daf qilindi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак