Shohlar (ikkinchi kitob) 21 bob

1 Givonliklar Shoul xonadonidan o‘ch oladi. 15 Filistlarga qarshi urush.

1 Dovud shohligi paytida uch yil muttasil ocharchilik hukm surdi. Dovud Egamizdan shu haqda so‘ragan edi, Egamiz shunday javob berdi: “Qon to‘kkan Shoul va uning xonadoni bu ocharchilikka sababchi, chunki Shoul Givonliklarni qirgan edi.”
2 Shundan so‘ng shoh Givonliklarni chaqirtirib keldi va ular bilan gaplashdi. Givonliklar Isroil qavmlaridan bo‘lmay, Amor xalqlarining qolgan–qutgani edi. Isroil xalqi ularga, sizlarni tirik qoldiramiz, deb ont ichishgan edi–yu, lekin Shoul Isroil va Yahudo xalqi butun yurtni nazorat qilsin, deb istagan va ularni qirib tashlashga harakat qilgan edi.
3 Xullas, Dovud: — Sizlar uchun nima qilay? — deb so‘radi Givonliklardan. — Egamning xalqini duo qilishingiz uchun bu gunohni qanday yuvsam bo‘ladi?
4 Givonliklar unga: — Bizga Shoul va uning xonadonidan oltin ham, kumush ham kerak emas, Isroil xalqidan birortasini o‘ldirish niyatimiz ham yo‘q, — deb javob berishdi — Nima istasangiz, bajo qilaman, — dedi Dovud.
5 Shundan so‘ng Givonliklar aytishdi: — Shoul bizni Isroil yurtida yashamasin, deb qirib tashlashni va bizni yo‘qotishni maqsad qilib qo‘ygan edi.
6 Shuning uchun Shoulning o‘g‘illaridan yettitasi bizga berilsin. Biz ularni Givonda, aynan Egamiz tanlab olgan Shoulning shahrida, Egamizning huzurida o‘ldiramiz. Jasadlarini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqamiz. — Sizlarga beraman ularni, — dedi shoh.
7 Dovud Shoulning nabirasi — Yo‘natanning o‘g‘li Mefibositga rahm qildi. Dovud bilan Yo‘natan Egamizning nomini o‘rtaga qo‘yib bir– biriga qasamyod qilishgan edi.
8 Oyo qizi Rizpa Shouldan Ormanax va Mofibaset degan o‘g‘illar ko‘rgan edi. Dovud Mefibositning o‘rniga Shoulning o‘sha ikkala o‘g‘lini oldi. Shoulning qizi Merav Maxlalik Borzulay o‘g‘li Odriyoldan beshta o‘g‘il ko‘rgan edi. Dovud o‘sha o‘g‘illarning
9 hammasini Givonliklarning qo‘liga berdi. Givonliklar yettovini tog‘da — Egamizning oldida o‘ldirib, jasadlarini tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqdishdi. Yettovi ham birga jon berdi. Ular o‘ldirilganda, o‘rim–yig‘im endi boshlangan, arpa o‘rimining ilk kunlari edi.
10 Oyo qizi Rizpa qanor oldi va jasadlar yonidagi bir qirning tepasiga borib, qanorni yoydi. O‘rim payti boshlangandan to jasadlar ustiga osmondan yomg‘ir yoqqunga qadar Rizpa o‘sha yerda qoldi. Jasadlarni kunduzi osmonda uchadigan qushlardan, kechalari yovvoyi hayvonlardan qo‘riqladi.
11 Shoulning kanizagi Oyo qizi Rizpa qilgan ishni Dovudga yetkazishdi.
12 Dovud Giladdagi Yobosh xalqining oldiga borib, Shoul va uning o‘g‘li Yo‘natanning suyaklarini ulardan oldi. Filistlar Gilbova tog‘ida Shoulni o‘ldirgan kuni uning va o‘g‘lining jasadlarini Bayt–Shan shahri maydonida devorga qoqib qo‘ygan edilar. Giladdagi Yobosh xalqi esa ikkovining jasadini yashirincha u yerdan olib ketishgan edi.
13 Dovud Shoul bilan o‘g‘li Yo‘natanning suyaklarini u yerdan olib kelgandan so‘ng, o‘ldirilgan yetti kishining jasadlarini ham olishdi.
14 Shoul bilan o‘g‘li Yo‘natanning suyaklarini Benyamin hududidagi Zilaga — otasi Kishning xilxonasiga dafn qilishdi. Shunday qilib, shohning hamma farmonlarini ijro etishdi. Shundan keyin Xudo yurt uchun qilingan iltijolarga javob berdi.
15 Filistlar bilan Isroil lashkari o‘rtasida yana urush boshlandi. Dovud odamlari bilan Filistlarga qarshi urushga otlandi. Ammo janglar davomida Dovud juda toliqib qoldi.
16 Filist jangchilaridan biri Yishbibano‘v Dovudni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Yishbibano‘v Rafa xalqidan edi. U qo‘lida uchi 750 misqol keladigan bronza nayza ko‘targan, beliga esa yangi qilich bog‘lab olgandi.
17 Zeruya o‘g‘li Abushay Dovudni himoya qilib, o‘sha Filistni mag‘lub qilib o‘ldirdi. Shundan keyin Dovudning odamlari unga: “Endi siz biz bilan birga urushga bormaysiz, toki Isroilning chirog‘i o‘chib qolmasin”, deb aytishdi.
18 Shundan so‘ng Gov shahrida Filistlar bilan yangidan urush boshlandi. Bu urushda Xushalik Sibbaxay degan odam Sof degan odamni o‘ldirdi. Sof Rafa xalqidan edi.
19 Isroil lashkari bilan Filistlar o‘rtasida Govda yana bir marta urush bo‘ldi. Baytlahmlik Elxanon Gatlik Go‘liyotni o‘ldirdi. Elxanon Yovir deganning o‘g‘li edi. Go‘liyot nayzasining sopi to‘quvchining dastgohi xodasiday kelardi.
20 So‘ngra yana Gat shahrida urush bo‘ldi. U yerda ham Rafa xalqidan devday bir odam bor edi. Qo‘llari, oyoqlari olti barmoqli edi, hammasi bo‘lib yigirma to‘rtta barmog‘i bor edi.
21 O‘sha odam Isroil lashkarini haqorat qilgan edi, Yo‘natan uni o‘ldirdi. Yo‘natan Dovudning akasi Shimoning o‘g‘li edi.
22 Dovud va uning odamlari tomonidan o‘ldirilgan o‘sha to‘rtalasi ham Gatlik bo‘lib, Rafa xalqidan edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак