Shohlar (ikkinchi kitob) 19 bob

1 Yo‘ab Dovudga tanbeh beradi. 8 Dovud Quddusga qaytadi. 18 Dovud Shimaxni kechiradi. 24 Dovudning Mefibositga mehribonligi. 31 Dovudning Borzulayga mehribonligi. 40 Yahudo va Isroil xalqi shohni talashishadi.

1 Shoh Dovud Absalom uchun ko‘z yoshi to‘kib, aza tutayotir, deb Yo‘abga xabar berishdi.
2 Dovudning sipohlari ham: “Shoh o‘g‘li uchun aza tutyapti ekan”, deb eshitishdi. Shunday qilib, o‘sha kungi zafar barcha lashkar uchun azaga aylandi.
3 O‘sha kuni sipohlar xuddi urushdan qochganlarday, shaharga xijolat tortib, pisib kirishdi.
4 Shoh esa yuzini berkitib, bor ovozi bilan: “Oh, o‘g‘lim Absalom! Absalom, bolaginam, jigarim!” deb faryod qilardi.
5 Yo‘ab shoh turgan uyga kirib, unga shunday dedi: — Bugun sizning joningizni, o‘g‘illaringiz, qizlaringiz, xotinlaringiz, kanizaklaringizning jonlarini qutqargan odamlaringizning hammasini xijolatga qo‘ydingiz.
6 Chunki siz o‘zingizdan nafratlanganlarga mehr qo‘yib, sizni yaxshi ko‘rganlardan nafratlanar ekansiz. Bugun lashkarboshilaringiz va mard yigitlaringiz sizning oldingizda hech narsaga arzimasligini oshkor qilib qo‘ydingiz. Ha, men bir narsani anglab yetdim: bugun Absalom omon qolib, hammamiz o‘lib ketsak, sizga yaxshi bo‘lar ekan!
7 Endi turing, tashqariga chiqib, odamlaringizga dalda bering! Egamning nomini o‘rtaga qo‘yib ont ichamanki, agar chiqmasangiz, shu kecha sizning yoningizda birorta odam qolmaydi. Bu esa yoshligingizdan to shu bugungacha boshingizga kelgan kulfatlar ichida eng yomoni bo‘ladi!
8 Shu gapdan keyin shoh shahar darvozasi oldiga borib o‘tirdi. Hamma lashkarga: “Shoh shahar darvozasida o‘tiribdi”, degan xabar yetib bordi. Shundan keyin ular shohning yoniga tashrif buyurishdi. Bu paytda Isroil xalqidan Absalom tomonda bo‘lganlari uy–uylariga qochib ketgan edi.
9 Isroilning turli qabilalaridan bo‘lgan odamlar bir–birlari bilan bahs qilishardi: — Bizni g‘animlarimiz qo‘lidan Dovud xalos qilgan, Filistlar qo‘lidan qutqargan edi. U Absalomdan qochib, yurtdan ketib qolgan.
10 Bizga yo‘lboshchi bo‘lsin, deb Absalomga moy surtib shoh qilgan edik, lekin u jangda o‘ldi. Shunday ekan, Dovuddan iltimos qilaylik, qaytib kelsin, bizning shohimiz bo‘lsin.
11 Shoh Dovud ruhoniylar Zodo‘x bilan Abuatarga quyidagicha xabar jo‘natdi: — Yahudo oqsoqollariga borib aytinglar, shoh shunday demoqda: “Butun Isroil xalqi, shohni o‘z xonadoniga qaytarish kerak, deyapti. Isroil xalqining gaplari mening qulog‘imga yetib keldi. Nima uchun sizlar loqaydlik qilyapsizlar?
12 Sizlar qarindoshlarimsiz, jigarlarimsiz! Nega sizlar shohni qaytarib olib kelishni orqaga suryapsizlar?”
13 Emosaga ham shu gapni yetkazinglar: “Sen jigarimsan–ku! Seni hozirdan boshlab Yo‘abning o‘rniga umrbod lashkarboshi qilib tayinlayman. Shunday qilmasam, Xudo meni ne ko‘yga solsa solsin, hatto undan battarrog‘ini ko‘rsatsin!”
14 Shunday qilib, Dovud jamiki Yahudo xalqini tamoman o‘ziga moyil qildi. Nihoyat, ular shohga: “Hamma odamlaringizni ergashtirib orqaga qayting!” deb xabar berishdi.
15 Shoh orqaga qaytib, Iordan daryosi bo‘yiga yetib keldi. Yahudo xalqi: “Shohni kutib olaylik, Iordan daryosidan olib o‘taylik”, deb Gilgalga keldi.
16 Benyamin qabilasidan Gera o‘g‘li Shimax ham shu yerda edi. U shoh Dovudni kutib olish uchun shoshilganicha Boxurim shahridan Yahudo odamlari bilan birga daryo bo‘yiga yetib keldi.
17 Uning yonida Benyamin qabilasidan ming kishi bor edi. Shoul xonadonining xizmatkori Zibax ham o‘n besh o‘g‘lini va yigirmata qulini ergashtirib keldi. Ular daryo bo‘yiga tezda shohdan oldin yetib kelishdi.
18 “Shoh xonadonini daryodan olib o‘taylik, shohning hamma xohishini bajo keltiraylik”, deb ular xizmat qilishdi. Shoh Iordan daryosini endi kechib o‘tmoqchi bo‘lib turgan edi, Shimax o‘zini shohning oyoqlari ostiga tashladi–da,
19 unga yolvordi: — Shoh hazratlari gunohimdan o‘tsinlar! Quddusdan chiqqan kuningiz qilgan gunohimni eslamasinlar, xayollariga keltirmasinlar, shoh hazratlari!
20 Chunki men, qulingiz, o‘z gunohimni bilaman. Mana, shoh hazratlarini kutib olish uchun bugun jamiki Isroildagi odamlardan birinchi bo‘lib men keldim.
21 Shunda Zeruya o‘g‘li Abushay: — Nahotki, Egam moy surtib tanlagan shohni haqorat qilgani uchun Shimax o‘ldirilmasa?! — dedi.
22 — Ey, Zeruya o‘g‘illari! — dedi Dovud. — Kim sizlarning fikringizni so‘radi? Menga aql o‘rgatmoqchimisizlar? Shu topda Isroil shohi ekanimni o‘zim bilmaymanmi? Isroilda shu bugun birorta odamning qoni to‘kilmaydi!
23 So‘ng Dovud Shimaxga: — O‘lmaysan! — deb ont ichdi.
24 Shoulning nabirasi Mefibosit ham shohni kutib olishga borgan edi. Shoh ketgan kundan boshlab sog‘–salomat qaytgunigacha, Mefibosit na oyoqlarini, na kiyimlarini yuvgan, na soqolini qirqqan edi.
25 Mefibosit shohni kutib olishga Quddusdan kelganda, Dovud undan: — Mefibosit, nimaga men bilan ketmading? — deb so‘radi.
26 Mefibosit shunday javob berdi: — Ey, shoh hazratlari, men, qulingiz, cho‘loq bo‘lganim uchun, qulim Zibaxga: “Eshakni egarla, men eshakka minib shoh bilan birga ketaman”, degan edim. Lekin u meni aldadi,
27 shoh hazratlarining oldida men, qulingizning yuzini qora qildi. Ammo siz, shoh hazratlari, Xudoning farishtasidaysiz. Sizga nima ma’qul kelsa, shuni qiling.
28 Otam xonadonining hamma a’zolari shoh hazratlaridan faqat o‘limni kutib yurganlarida, siz men, qulingizga xonadoningizdagilar qatorida dasturxoningizdan taom yeyish imtiyozini berdingiz. Sizdan bundan ortiq bir narsa so‘rashga qanday haqim bor, ey, shohim?!
29 — O‘zingning ishlaring to‘g‘risida gapirishingga hojat yo‘q, — dedi shoh. — Senga va Zibaxga, yerlarni bo‘lishib olaveringlar, deb buyurgan edim–ku.
30 — Shoh hazratlari nihoyat saroyga sog‘– salomat qaytib keldilar, shuning o‘zi menga kifoya, — dedi Mefibosit. — Endi hamma yerni Zibax olaversin.
31 Giladlik Borzulay ham shohga Iordan daryosini kechib o‘tishida yordam berib, uni kuzatib qo‘yay, deb Ro‘g‘olimdan kelgan edi.
32 Borzulay ancha keksayib qolgan, sakson yoshda edi. U boy odam bo‘lib, shoh Moxanayimda istiqomat qilib turgan paytda, shohning tirikchiligini ta’minlagan edi.
33 Shoh Borzulayga: — Men bilan yuring, endi Quddusda men sizning tirikchiligingizni ta’minlayman, — dedi.
34 Lekin Borzulay: — Qancha umrim qoldiki, siz bilan Quddusga ketsam? — dedi.
35 — Men, qulingiz, hozir sakson yoshdaman. Bundan bu yog‘iga nima yoqadi, nima yoqmaydi — ajrata bilmasam, yeb–ichganimning ta’mini seza olmasam. Yana erkak–ayol qo‘shiqchilarning ovozini farqlay olmasam. Shunday ekan, nimaga shoh hazratlariga yana yuk bo‘layin?
36 Men, qulingiz, Iordan daryosini shoh bilan birga kechib, sizga bir oz hamroh bo‘laman, xolos. Shoh nima uchun menga shu qadar iltifot qilishi kerak?
37 Ijozat bersangiz, men orqamga qaytayin, o‘z shahrimda — ota–onamning xilxonasida jon berayin. Lekin mana qulingiz Ximxan shu yerda, u siz bilan narigi qirg‘oqqa o‘tsin. Unga nimani ma’qul ko‘rsangiz, shuni qilarsiz.
38 — Ximxan men bilan narigi qirg‘oqqa kechib o‘tadi, — dedi shoh. — Siz unga nimani ma’qul ko‘rsangiz, u uchun shuni bajo keltiraman. O‘zingiz uchun nima istaysiz? Ayting, bajo qilayin.
39 Shundan so‘ng shoh bilan barcha odamlar Iordan daryosini kechib o‘tdilar. Shoh Borzulayni o‘pib, duo qildi. Borzulay o‘z yurtiga qaytib ketdi.
40 Shoh Gilgalga jo‘nadi. Ximxan ham u bilan birga ketdi. Yahudo odamlarining hammasi va Isroil odamlarining yarmi shohni kuzatib borayotgan edilar.
41 Bir payt jamiki Isroil xalqi shohning oldiga borib shunday deyishdi: — Nega birodarlarimiz Yahudo xalqi sizni olib qochib, o‘zingizni, xonadoningizni, odamlaringizni Iordan daryosining bu tomoniga ham o‘tkazib qo‘yishdi?
42 Yahudo xalqi Isroil xalqiga shunday javob qaytarishdi: — Chunki shoh bizning yaqinimiz. Nimaga sizlar xafa bo‘lyapsizlar? Shohning yeydiganidan biror narsa yedikmi?! Yoki o‘zimizga biror narsa oldikmi?
43 — Isroilda o‘nta qabila bor, — deb javob berdi Isroil xalqi. — Shuning uchun Dovudda sizlardan ko‘ra, bizning o‘n marta haqimiz bor. Shunday ekan, nega bizni mensimaysizlar?! Shohimizni qaytarib kelaylik, deb birinchi bo‘lib biz aytmaganmidik?! Yahudo xalqining gapi Isroil xalqinikidan ko‘ra, qattiqroq bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18