Shohlar (ikkinchi kitob) 14 bob

1 Absalom Quddusga qaytib keladi.

1 Shoh Dovud Absalomni sog‘inayotganini Yo‘ab bildi.
2 U bittasini Taxuva shahriga yuborib, u yerda yashaydigan bir donishmand ayolni oldirib keldi. Yo‘ab o‘sha ayolga: — Sendan bir iltimosim bor, — dedi. — Motamsaro qiyofaga kirib, azali kiyimlaringni kiyasan. Pardoz qilma, o‘zingni xuddi marhumga anchadan beri aza tutayotgan ayolday ko‘rsat.
3 Men senga nima aytsam, shoh huzuriga borib, unga yetkazasan. Keyin Yo‘ab ayolga nimalar aytishi lozimligini o‘rgatdi.
4 Taxuvalik ayol shoh huzuriga yo‘l oldi. Uning huzuriga borib, muk tushib ta’zim qildi–da: — Ey, shohim, yordam bering! — dedi.
5 — Nima bo‘ldi? — deb so‘radi shoh. — Men bir baxtsiz tul ayolman, — dedi u. — Erim o‘lgan.
6 Bu cho‘ringizning ikki o‘g‘li bor edi. Ikkovi dalada janjallashib qolishibdi. O‘sha yerda ularni ajratib qo‘yadigan biror kimsa yo‘q ekan, bittasi ikkinchisini urib o‘ldirib qo‘yibdi.
7 Endi esa butun qavmim bu cho‘ringizga qarshi chiqib: “Birodarini o‘ldirganni bizning qo‘limizga ber, birodarini o‘ldirgani uchun undan qasos olamiz, qotilni o‘ldiramiz, merosxo‘rini yo‘q qilamiz”, deyishyapti, oxirgi umid nishonamdan ham ayirishmoqchi. Agar yana fojia yuz beradigan bo‘lsa, yer yuzida erimning nomini davom ettiradigan biror kimsa qolmaydi–ku.
8 — Uyingga boraver, — dedi shoh, — men sening foydangga amr beraman.
9 — Shoh hazratlari, bu voqeaga men va otamning xonadoni aybdor bo‘lsin, — dedi Taxuvalik ayol, — shohim va uning taxti begunoh bo‘lsin.
10 — Kim senga biror narsa desa, uni mening oldimga boshlab kel. Bir ish qilayinki, o‘sha odam seni boshqa xafa qilmaydigan bo‘lsin, — dedi shoh.
11 — Bo‘lmasa, shohim o‘zlarining Egasi Xudo nomi bilan ont ichsinlar, toki qasoskorlar yana ziyon–zahmat yetkazmasin, — dedi ayol. — Aks holda, o‘g‘limni o‘ldirib qo‘yishadi. — Xudo shohid! O‘g‘lingning biror tukiga ham zarar yetmaydi, — dedi shoh.
12 — Endi ijozat bersangiz, bu cho‘ringiz shoh hazratlariga yana bir og‘iz gap aytmoqchi edi, — dedi ayol. — Ayt, — dedi shoh.
13 Ayol gapini davom ettirdi: — Bo‘lmasa, nima uchun shoh Xudoning xalqiga qarshi bunday nohaqlikni ravo ko‘rayotirlar? Shohim haligi gapi bilan o‘zlarini gunohkor qilganday bo‘ldilar. Chunki, shohim, o‘zingiz quvg‘in qilgan odamni qaytarmayapsiz.
14 Tuproqqa to‘kilgan suvni qayta yig‘ib bo‘lmaganiday, hammamiz ham olamdan o‘tib ketamiz. Lekin Xudo jonimizni olishni istamaydi. Xudo “Badarg‘a qilingan odam O‘zimdan uzoq ketmasin”, deb yo‘llarini qidiradi.
15 Odamlar meni qo‘rqitgani uchun, shoh hazratlariga shularni aytib berishga keldim. O‘zimga o‘zim aytdim: “Shohga maslahat solay–chi, balki bu cho‘risining tilagini bajo aylar.
16 O‘g‘lim bilan meni o‘ldirib, bizni Xudo bergan merosdan mahrum qiladiganning qo‘lidan qutqarishni faqat shoh o‘z zimmasiga olishi mumkin.
17 Shoh hazratlari o‘z so‘zi bilan meni tinchlantiradilar. Chunki shohim, Xudoning farishtasi kabi, yaxshi–yomon gapni tinglab, ajrim qiladilar.” Egangiz Xudo sizga yor bo‘lsin!
18 — Sendan bir narsani so‘rayman, lekin mendan hech narsani yashira ko‘rma! — dedi shoh. — So‘rasinlar, shoh hazratlari, — dedi ayol.
19 — Bu aytganlaringning hammasida Yo‘abning qo‘li bormi? — deb so‘radi shoh. Ayol unga shunday javob berdi: — To‘g‘risi, shoh hazratlari, sizdan hech narsani yashirib bo‘lmas ekan! Ha, bu cho‘ringizga shu gaplarni o‘rgatgan va buyruq bergan — qulingiz Yo‘ab bo‘ladi.
20 Ha, qulingiz Yo‘ab vaziyatni yaxshilash uchun o‘ylab topdi buni. Shoh hazratlari Xudoning farishtasi kabi donodir, el–yurtda bo‘lib o‘tgan voqealar uning nazaridan chetda qolmaydi.
21 Shundan keyin shoh Yo‘abga: — Sen istaganingday bo‘la qolsin, bor, anavi yigitni — Absalomni qaytarib kel, — dedi.
22 Yo‘ab muk tushib ta’zim qildi va: — Ey, shoh hazratlari, bugun men, qulingizning istagini bajo aylab, menga iltifot ko‘rsatayotganingizni bilib turibman, — deb shohni maqtadi.
23 Shundan keyin Yo‘ab Gashurga borib, Absalomni Quddusga olib keldi.
24 Lekin shoh: “Absalom uyiga borsin, mening huzurimga kelmasin”, deb amr berdi. Shuning uchun Absalom shohni ko‘ra olmay, uyiga ketdi.
25 Butun Isroilda Absalom kabi chiroyli, kelishgan odam yo‘q edi. U boshdan–tirnog‘igacha benuqson edi.
26 Sochini ko‘tarib yurish og‘irlik qilgani uchun har yil oldirardi. Oldirgan sochini tortib ko‘rganda, sochining og‘irligi shohlikdagi o‘lchov bo‘yicha besh yuz misqol chiqardi.
27 Absalomning uch o‘g‘li va Tamara degan go‘zal bir qizi bor edi.
28 Absalom Quddusda ikki yil turdi. Lekin shu vaqt davomida shohni ko‘ra olmadi.
29 Nihoyat, Yo‘abni shoh huzuriga jo‘natmoqchi bo‘lib, bu haqda unga xabar berdi. Ammo Yo‘ab Absalomnikiga kelishni istamadi. Absalom ikkinchi marta xabar yubordi. Yo‘ab yana kelmadi.
30 Shunda Absalom xizmatkorlariga: — Ko‘ryapsizlarmi, Yo‘abning arpa dalasi menikiga yondosh. Boringlar, uning arpasiga o‘t qo‘yinglar, — dedi. Xizmatkorlar borib, Yo‘abning arpasiga o‘t qo‘yishdi.
31 Shunda Yo‘ab Absalomning uyiga bordi. — Nimaga xizmatkorlaring dalamga o‘t qo‘ydi? — dedi.
32 Absalom unga shunday javob berdi: — Senga, menikiga kel, seni shoh huzuriga jo‘nataman, deb xabar bergan edim. Sen orqali shohga: “Gashurdan nega keldim? Qaytanga o‘sha yerda qolganimda, menga yaxshiroq bo‘lardi”, degan gaplarni yetkazmoqchi edim. Endi shoh huzuriga boray. Agar mening aybim bo‘lsa, o‘ldirsin.
33 Shundan so‘ng Yo‘ab shoh huzuriga borib, Absalomning aytganlarini unga yetkazdi. Shoh Absalomni chaqirtirdi. Absalom shoh huzuriga kela solib, muk tushib ta’zim qildi. Shoh Absalomni o‘pdi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18