Shohlar (ikkinchi kitob) 18 bob

1 Absalomning halokati. 19 Dovud o‘g‘liga aza tutadi.

1 Dovud yonida yurgan odamlarini bir joyga to‘plab, ular ustidan mingboshilar, yuzboshilar tayinladi.
2 So‘ng ularni Yo‘ab, uning akasi Abushay va Gatlik Etxayning nazorati ostida uch qismga bo‘lib jo‘natdi. Shoh odamlariga: — Men ham sizlar bilan birga boraman, — degan edi,
3 ular: — Biz bilan bormang, — deyishdi. — Bordi– yu, qochishimizga to‘g‘ri kelib qolsa, g‘animlarimiz biz bilan qiziqmaydi. Yarmimiz o‘lib ketganimizda ham e’tibor berishmaydi. Siz bizning o‘n mingtamizga arziysiz. Siz bizga shahardan turib yordam bering, bizga shunisi yaxshi.
4 — Sizlarga qaysinisi ma’qul bo‘lsa, shuni qilganim bo‘lsin, — dedi shoh. Odamlar yuz, ming kishilik to‘dalarga bo‘linib shahardan chiqishayotganda, shoh darvoza yonida turgan edi.
5 Shoh Yo‘abga, Abushay va Etxayga: — Absalom yosh, mening hurmatim uchun unga ziyon keltirmanglar, — deb tayinladi. Shohning lashkarboshilarga Absalomga aloqador buyruq berganini hamma sipohlar eshitishdi.
6 Absalomga ergashgan Isroil lashkari bilan jang qilish uchun Dovudning odamlari maydonga chiqishdi. Jang Efrayim o‘rmonida bo‘ldi.
7 Dovudning odamlari Isroil lashkarini mag‘lub qildi. Katta talafot bo‘ldi, o‘sha kuni yigirma ming kishi o‘ldi.
8 Jang tobora yoyilib borardi. O‘sha kuni o‘rmondagi falokatdan nobud bo‘lgan odamlarning soni jangda o‘ldirilganlarning sonidan ko‘p edi.
9 Jang payti Absalom xachirini minib yolg‘iz o‘zi qochib ketayotgan edi, to‘satdan Dovudning odamlariga duch kelib qoldi. Xachir katta eman daraxtining qalin shoxlari tagidan yelib ketayotganda, Absalomning boshi shoxlar orasiga kirib qoldi. Xachir yelib ketaverdi, Absalom esa daraxtga osilib qoldi.
10 Dovudning odamlaridan biri Absalomning osilib yotganini ko‘rib qoldi va borib Yo‘abga aytdi: — Absalomni ko‘rdim, u bir eman daraxtida osilib yotibdi!
11 Yo‘ab xabar olib kelgan odamga: — Uni ko‘rgan bo‘lsang, nimaga yerga qulatib o‘ldirmading? Senga o‘n kumush tanga va bir kamar in’om etgan bo‘lardim, — dedi.
12 O‘sha odam Yo‘abga shunday javob berdi: — Hatto ming kumush tanga sanab berganingizda ham, shoh o‘g‘liga qo‘limni tekkizmayman. Chunki shohning sizga, Abushay va Etxayga “Yosh Absalomning jonini saqlang” degan buyrug‘ini biz ham eshitgan edik.
13 Bordi–yu, Absalomning joniga qasd qilganimda, siz o‘zingizni chetga tortmasmidingiz, axir?! Baribir, shohimiz hamma narsadan voqif bo‘ladi–ku!
14 Yo‘ab: — Sen bilan pachakilashib vaqtimni yo‘qotmay, — dedi–yu, qo‘liga uchta nayza olib o‘sha yerga bordi. Absalom eman daraxtida muallaq osilib turar, hali tirik edi. Yo‘ab Absalomning yuragiga nayza sanchdi.
15 So‘ngra Yo‘abning o‘nta qurolbardori Absalomni o‘rab olib, tamomila o‘ldirishdi.
16 Yo‘ab jangni to‘xtatish uchun burg‘u chaldirdi, shunda Dovudning odamlari Isroil lashkarini quvlashdan to‘xtab orqaga qaytishdi.
17 Absalomni esa daraxtdan ko‘tarib olib, o‘rmondagi chuqur bir xandaqqa uloqtirishdi. Bir talay tosh uyib, xandaq og‘zini berkitishdi. Shu paytda Isroil lashkarining hammasi uy–uylariga qochib ketishgan edi.
18 Absalom hayotligida “Nomimni davom ettiradigan bitta o‘g‘lim yo‘q”, deb Shoh soyligida o‘ziga atab bir yodgorlik toshi o‘rnatgan va yodgorlik toshiga o‘zining nomini bergan edi. Bu yodgorlik shu kungacha “Absalom yodgorligi” deyiladi.
19 Zodo‘xning o‘g‘li Oximas Yo‘abga: — Ijozat bersangiz, tez borib shohimizga: “Egam sizni g‘animlaringiz qo‘lidan qutqardi”, deb xabar yetkazsam, — dedi.
20 — Yo‘q, — dedi Yo‘ab, — bugun sen xabar olib bormaysan. Boshqa safar xabar yetkazarsan, lekin bugun emas. Chunki shohning o‘g‘li o‘ldi.
21 Keyin Yo‘ab bir Habashistonlik odamga: — Sen borib, ko‘rganlaringni shohga ayt, — deb buyurdi. O‘sha odam Yo‘abga ta’zim qildi–yu, yugurib ketdi.
22 Ammo Oximas yana: — Nima bo‘lsa bo‘lar, ijozat bering, men anavi Habashistonlikning orqasidan yugurib borayin, — deb iltimos qildi. — O‘g‘lim, nimaga yugurib borishni istab qolding? Senga manfaat keltiradigan xabar yo‘q– ku! — dedi Yo‘ab.
23 — Nima bo‘lsa bo‘lar, hozir yugurib boray, — deb yana iltimos qildi Oximas. — Mayli, yugur, — dedi Yo‘ab. Oximas shu zahoti Iordan tekisligi bo‘ylab yugurib, Habashistonlikdan o‘zib ketdi.
24 Dovud bu vaqtda shahar darvozasi oldida o‘tirgan edi. Qorovul shahar darvozasi tepasiga chiqdi. Atrofga nazar tashlab, bittasining yugurib kelayotganini ko‘rdi
25 va bu haqda shohga aytdi. — Bittasi kelayotgan bo‘lsa, demak, yaxshi xabar olib kelyapti, — dedi shoh. O‘sha odam tobora yaqinlashib kelardi.
26 Qorovul yana boshqasining yugurib kelayotganini ko‘rib, darvozabonga: — Ana, yana bittasi yugurib kelyapti, — deb xabar berdi. — U ham yaxshi xabar olib kelayotir, — dedi shoh.
27 — Menimcha, oldindagi odam yugurishidan Zodo‘x o‘g‘li Oximasga o‘xshaydi, — dedi qorovul. — Oximas — yaxshi odam, yaxshi xabar olib keladi, — deya javob berdi shoh.
28 Shu payt Oximas baland ovoz bilan shohga: — Tinchlik–omonlik bo‘lsin, shohim! — dedi. So‘ng shohning oldida muk tushib ta’zim qilib: — Shoh hazratlariga qo‘l ko‘targanlar ustidan g‘alaba ato qilgan sizning Egangiz Xudoga hamdu sanolar bo‘lsin! — dedi.
29 — Bolam Absalom sog‘–salomatmi? — deb so‘radi shoh. — Yo‘ab men, qulingizni jo‘natgan paytda katta g‘alayon bo‘layotgan edi, keyin nima bo‘lganini bilmayman, — dedi Oximas.
30 — Bu tomonga o‘t, shu yerda kutib tur, — dedi shoh. Oximas nariga o‘tib kuta boshladi.
31 Shu orada Habashistonlik yetib keldi. — Shoh hazratlariga xushxabar! — dedi u. — Egam adolat qilib, sizga qarshi isyon ko‘targanlar ustidan g‘alaba ato qildi.
32 — Bolam Absalom sog‘–salomatmi? — deb so‘radi shoh Habashistonlikdan. — Shoh hazratlari! — dedi Habashistonlik. — G‘animlaringizning, yomon niyat bilan sizga qarshi otlanganlarning oxirati shu yigitning oxirati kabi bo‘lsin.
33 Shoh esankirab qoldi. Darvoza tepasidagi boloxonaga chiqib faryod qila boshladi. U boloxonaga chiqar ekan: — Oh, o‘g‘lim Absalom! Oh, o‘g‘ilginam, bolam Absalom! Sening o‘rningga men o‘lsam bo‘lmasmidi, o‘g‘lim?! Voy, bolam Absalom! — deb faryod qilardi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак