Shohlar (ikkinchi kitob) 23 bob

1 Dovudning vasiyati. 8 Dovudning “Uchta qahramon” va “O‘ttizta qahramon” degan guruhlaridagi bahodir jangchilar.

1 Essay o‘g‘li Dovudning so‘zlari. Dovudni Xudo yuksaltirgandir, Yoqubning Xudosi moy surtib, tanlab shoh qilgan uni, Dovud Isroilning suyukli qo‘shiqchisi bo‘lgandir. Dovudning oxirgi so‘zlari quyidagilardir:
2 “Egamning Ruhi men orqali gapirgan, Tilimda tayyordir Uning kalomi.
3 Isroil xalqining Xudosi men orqali so‘zlagan, Isroilning ishongan qoyasi menga aytgan: “Insonlarni adolat bilan boshqarayotgan, Xudodan qo‘rqib shohlik qilayotgan inson
4 Bamisoli tong shafag‘idir, Musaffo tongda nur sochayotgan quyosh kabidir, Nurlari yomg‘irdan so‘ng tuproqda maysa undirar.”
5 Xonadonim Xudo oldida shunday emasmi?! Chunki U men bilan to abad mustahkam bo‘ladigan, Har tomonlama ishonchli, buzilmas bir ahd tuzgan. Albatta g‘olib bo‘lishim uchun, har qanday tilagimga yetishim uchun, U shak–shubhasiz menga madad beradi.
6 Shakkoklar uloqtirilajak tikon kabidir, Chunki ularni qo‘l bilan ushlab bo‘lmas.
7 Tikonlarni ushlash uchun kishi Temir asbob yoki nayzaning sopini tekkizar, Tikanzorga o‘t qo‘yib kulini ko‘kka sovurar.”
8 Dovudning bahodir jangchilari ismi quyidagicha: birinchisi — Xaxmo‘n urug‘idan Yoshuvam. U “Uchta qahramon”ning sardori edi. U nayzasi bilan sakkiz yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda o‘ldirgan edi.
9 “Uchta qahramon”dan ikkinchisi Oxo‘va urug‘idan Do‘do‘ o‘g‘li Elazar edi. U jang qilish uchun to‘plangan Filistlarni Dovud bilan birga mag‘lub qilgan edi. Isroil lashkari u paytda chekingan edi.
10 Lekin Elazar joyida turaverdi, chekinmadi. Qo‘li toliqib, uvishib qolguncha Filistlarni o‘ldirdi. O‘sha kuni Egamiz uni ulug‘ zafarga erishtirdi. So‘ngra Isroil lashkari faqat halok bo‘lganlarni talon–taroj qilish uchun Elazarning orqasidan bordi.
11 “Uchta qahramon”dan uchinchisi Xarorlik Agey o‘g‘li Shammox edi. Filistlar Lexidagi bir yasmiqzor yoniga yig‘ilib kelganda, Isroil lashkari ularning oldiga tushib qochishgan edi.
12 Lekin Shammox yasmiqzorning o‘rtasida turganicha, o‘sha yerni himoya qildi va Filistlarni tor–mor qildi. Egamiz uni ham ulug‘ zafarga erishtirdi.
13 O‘rim–yig‘im paytida o‘sha uchalasi (ular “O‘ttizta qahramon” guruhi tarkibiga kirar edilar) Dovudning yoniga — Adullam g‘origa ketdilar. Rafa soyligida Filistlar lashkari qarorgoh qurgan edi.
14 Bu paytda Dovud o‘zining adirdagi qarorgohida edi. Bitta Filist qo‘nolg‘asi esa Baytlahmda joylashgan edi.
15 Dovud hasrat bilan: — Qaniydi birortasi Baytlahm darvozasining yonidagi quduqdan menga suv olib kelib bersa! — dedi.
16 O‘sha uchta qahramon Filistlar qarorgohini yorib o‘tishdi–da, Baytlahmdagi darvozaning yonidagi quduqdan suv tortib, Dovudga olib kelishdi. Lekin Dovud suvni ichmay, yerga to‘kib, Egamizga bag‘ishladi.
17 — Ey, Egam! — deb xitob qildi. — Bunday qilishdan meni O‘zing asra! Shu yigitlarning qonini ichaymi? Axir, ular jonini xavf–xatarga qo‘yib suv olib kelgani borishdi–ku! Shuning uchun ham Dovud suvni ichishni istamadi. “Uchta qahramon” ana shunday jasurlik ko‘rsatishgan edi.
18 Yo‘abning akasi Abushay “O‘ttizta qahramon”ning sardori edi. Abushay nayzasi bilan uch yuz kishini o‘ldirdi. Shu tariqa u “Uchta qahramon” singari dong taratdi.
19 U “O‘ttizta qahramon”dan ham mashhur edi, ularning yo‘lboshchisi bo‘ldi. Lekin “Uchta qahramon” qatoriga kirmasdi.
20 Yana Kabzayol shahridan Yohayido o‘g‘li Binayo degan jasur bir jangchi bor edi. U ajoyib ishlar qildi, Mo‘ablik ikki dovyurak odamni o‘ldirdi. Qor yoqqan kunda bir xandaqqa tushib, sherni o‘ldirdi.
21 Yana devday bir Misrlikni ham o‘ldirdi. Misrlikning qo‘lida nayzasi bor edi. Binayo uning ustiga tayoq bilan bostirib bordi. Nayzani Misrlikning qo‘lidan tortib oldi–da, o‘sha nayza bilan uni o‘ldirdi.
22 Binayoning qilgan ishlari ana shulardir. Shu tariqa Binayo “Uchta qahramon” kabi dong taratdi.
23 U “O‘ttizta qahramon” orasida shuhrat topdi, lekin “Uchta qahramon”dan biri hisoblanmasdi. Dovud uni qo‘riqchilar sardori qilib tayinladi.
24 Quyidagilar ham “O‘ttizta qahramon”dan edilar: Yo‘abning ukasi Osoyil, Baytlahm shahridan Do‘do‘ o‘g‘li Elxanon,
25 Xaro‘d shahridan Shammox va Elixo,
26 Palat shahridan Xalez, Taxuva shahridan Ixesh o‘g‘li Ero,
27 Onoto‘t shahridan Abuazar, Xusha shahridan Mavunnay,
28 Oxo‘va urug‘idan Zalmon, Natufo shahridan Maxray,
29 Natufolik Banax o‘g‘li Xalev, Benyamin naslidan Givolik Ribay o‘g‘li Etxay,
30 Piraton shahridan Binayo, Gash soyliklaridan Xidoy,
31 Bayt–Araba shahridan Abualvon, Boxurim shahridan Ozmobit,
32 Shalbim shahridan Eliyaxba, Yoshonning o‘g‘illari, Yo‘natan,
33 Xaror shahridan Shammox, Xarorlik Shoror o‘g‘li Oxiyom,
34 Maxo shahridan Axazbay o‘g‘li Elifalet, Gilox shahridan Oxito‘fel o‘g‘li Eliyom,
35 Karmil shahridan Xazro, Orov shahridan Paray,
36 Zo‘vo shahridan Natan o‘g‘li Yixal, Gad qabilasidan Banix,
37 Ommon xalqidan Zilax, Bero‘t shahridan Yo‘abning qurolbardori Naxray,
38 Yitar urug‘idan Ero va Goriv,
39 Xet xalqidan Uriyo. Hammasi bo‘lib o‘ttiz yetti kishi edi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак