Shohlar (ikkinchi kitob) 20 bob

1 Shebaning isyoni. 23 Dovudning amaldorlari.

1 O‘sha paytda Benyamin qabilasidan Sheba degan yaramas bir odam shu yerda — Gilgalda edi. U Bixri deganning o‘g‘li edi. Sheba burg‘u chalib, shunday xitob qildi: “Essay o‘g‘li Dovudning bizga o‘tkazib qo‘ygan joyi yo‘q, Bizning ham undan qarzimiz yo‘q! Ey, Isroil erlari, hamma o‘z uyiga qaytsin!”
2 Shundan keyin jamiki Isroil odamlari Dovudni tark etib, Shebaga ergashib, ketib qolishdi. Yahudo xalqi esa o‘zlarining shohiga sodiq qolib, Iordan daryosidan Quddusgacha unga hamroh bo‘lishdi.
3 Shoh Dovud Quddusdagi saroyiga yetib borgach, saroyga qarab turinglar, deb qoldirib ketgan o‘nta kanizagini alohida uyda saqlashni buyurdi. Dovud ularni boqdi, lekin birortasi bilan birga bo‘lmadi. Kanizaklar esa umrlarining oxirigacha nazorat ostida, beva xotinlar kabi yashadilar.
4 Shundan keyin shoh Dovud o‘z lashkarboshisi Emosaga: — Uch kun ichida Yahudo xalqini huzurimga chaqirib kel, o‘zing ham shu yerda bo‘l, — dedi.
5 Emosa Yahudo xalqini chaqirib kelishga ketdi. Ammo belgilangan vaqtda qaytib kelmadi.
6 Shundan so‘ng Dovud boshqa lashkarboshisi Abushayga dedi: — Endi Sheba bizga Absalomdan ham og‘irroq kulfat keltiradi. Mening odamlarimni olib, Shebaning orqasidan quvla. Aks holda u mustahkam shaharga o‘rnashib olib, bizdan yashirinadi.
7 O‘sha zahoti Abushay Shebani tutib kelish uchun Quddusdan chiqdi. U Yo‘abni va uning odamlarini, Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilarni, hamma botir sipohlarni yoniga oldi.
8 Ular Givondagi katta qoyaning yoniga yetib borganda, Emosani uchratib qoldilar. Yo‘ab jang kiyimlarini kiyib olgan edi. Kiyimining ustidan kamar bog‘lagan, xanjarini qiniga solib, kamariga osib olgan edi. U Emosaning oldiga so‘rashish uchun qadam tashladi–yu, yashirincha xanjarini qinidan sug‘urdi. Yo‘ab Emosaga:
9 — Yaxshimisan, inim? — dedi–yu, go‘yo uni o‘pmoqchi bo‘lib, o‘ng qo‘li bilan Emosaning soqolidan ushladi.
10 Emosa Yo‘abning narigi qo‘lida xanjar borligini sezmay qoldi. Yo‘ab xanjarini Emosaning qorniga tiqib yubordi, Emosaning ichak–chovog‘i yerga to‘kildi. Ikkinchi marta xanjar urishiga hojat qolmadi, Emosaning joni chiqib bo‘lgan edi. Shundan keyin Yo‘ab bilan akasi Abushay Shebani quvlashda davom etishdi.
11 Yo‘abning odamlaridan biri Emosaning jasadi tepasida turib: — Yo‘abga kim sodiq bo‘lsa, kim Dovud tarafida bo‘lsa, Yo‘abning orqasidan borsin, — dedi.
12 Emosaning jasadi qonga belanib yo‘lning o‘rtasida yotar, har bir odam jasadga yaqinlashganda, uning tepasida to‘xtab qolardi. Yo‘abning haligi gapirgan yigiti bu ahvolni ko‘rib, Emosaning jasadini sudrab yo‘l yoqasidagi dalaga olib borib tashladi, ustiga kiyim tashlab qo‘ydi.
13 Jasad yo‘ldan olib tashlangandan so‘ng, hamma Shebani quvlab, Yo‘abning ortidan ketdi.
14 Shu orada Sheba hamma Isroil qabilalari yerlarini bosib o‘tib, Ovil–Bayt–Maxo shahriga yetib keldi. Bixri urug‘ining hammasi Shebaga ergashib, shaharga kirib olishdi.
15 So‘ng Yo‘ab hamma odamlari bilan Ovil–Bayt– Maxoga borib, o‘sha shaharni qamal qilib, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydilar va tepaga chiqib devorteshar qurol bilan devorni yiqita boshladilar.
16 Shu payt bir dono ayol shahar ichkarisidan ovoz berdi: — Eshitinglar! Quloq solinglar! Yo‘abni aytib yuboringlar, bu yoqqa kelsin, u bilan gaplashmoqchiman.
17 Yo‘ab ayolga yaqinroq bordi. — Yo‘ab sizmisiz? — so‘radi ayol. — Ha, menman, — dedi Yo‘ab. — Bu cho‘ringizning so‘zlarini eshiting! — dedi ayol.— Qulog‘im senda, — dedi Yo‘ab.
18 Ayol gapida davom etdi: — Qadimdan “Ovil shahrida maslahat qilinglar” degan gap bo‘lardi, shunga rioya qilib, hamma har qanday ishlarini hal qilishardi.
19 Biz Isroilning tinchligini istagan sodiq kishilarmiz. Siz esa Isroilda onaday bo‘lgan shaharni vayron qilmoqchisiz. Nimaga Egamning merosini yo‘q qilish sizga kerak bo‘lib qoldi?
20 — Xudo saqlasin! — dedi Yo‘ab, — vayron qilmoqchi yoki butunlay yo‘q qilmoqchi emasman.
21 Hecham unday emas. Efrayim qirlaridan Bixri o‘g‘li Sheba degan odam shoh Dovudga qarshi isyon ko‘targan edi. Faqat o‘shani bersangizlar bo‘ldi, men shahardan tinchgina ketaman. — Uning boshini devordan oshirib, sizga tashlashadi, — dedi ayol.
22 So‘ng ayol butun shahar ahliga o‘zining dono gaplarini yetkazdi. Shahar ahli Shebaning boshini kesib, devordan oshirib Yo‘abga tashladi. Yo‘ab burg‘usini chaldi. Yo‘abning odamlari shahardan chiqib, uylariga qaytib ketishdi. Yo‘ab ham Quddusga — shohning yoniga jo‘nadi.
23 Yo‘ab butun Isroil qo‘shinining lashkarboshisi edi. Yohayido o‘g‘li Binayo esa Xaretlik va Palatlik qo‘riqchilarning sardori edi.
24 Odoniram qarollar ustidan mas’ul, Oxilud o‘g‘li Yohushafat mushovir edi.
25 Shavo — kotib, Zodo‘x bilan Abuatar — ruhoniy,
26 Yovirlik Ero ham Dovudning ruhoniysi edilar.


Shu bobni eshitish:


Shu bobni tarjimada ko’rish


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Фарзандингиз учун қай тариқа чўпон бўлиш мумкин? (Тед Трипп)    Энага яна ёрдамга шошади (Мишель Лароу)  Сандон устида (Макс Лукадо)    Гувохлик ва биография (Николай Бойко Ерофеевич)    Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак