Shohlar (ikkinchi kitob) 2 bob

1 Dovud Yahudo shohi bo‘ladi. 8 Ishbosit Isroilga shoh bo‘ladi. 12 Isroil va Yahudo orasidagi urush.

1 Shundan keyin Dovud Egamizdan: — Yahudo shaharlaridan birortasiga boraymi? — deb so‘radi. — Bor! — dedi Egamiz. — Qaysi shaharga boray? — deb so‘radi Dovud. — Xevronga bor! — deb javob berdi Egamiz.
2 Dovud ikkala xotini — Yizrillik Oxinavam va Karmillik Navolning bevasi Obigayl bilan o‘sha yoqqa jo‘nadi.
3 Odamlarini ham oilalari bilan birga olib ketdi. Hammalari Xevron atrofidagi shaharlarga joylashdilar.
4 Yahudo xalqi Xevronga borib, Dovudning boshiga moy surtib, uni Yahudo ustidan shoh qilib tanlashdi. Shunda ular Dovudga: “Giladdagi Yobosh shahri aholisi Shoulni dafn qilibdi”, deb xabar yetkazishdi.
5 Dovud xabarchilar orqali Yobosh aholisiga shunday xabar jo‘natdi: “Shoul shoh janoblariga sadoqatingizni ko‘rsatib, uni dafn qilibsizlar. Buning uchun sizlarni Egam yorlaqasin.
6 Egam sizlardan marhamatini va sadoqatini darig‘ tutmasin. Qilgan xayrli ishingizga yarasha sizlarga yaxshilik qilay.
7 Endi dadil, mard bo‘linglar. Shoh janoblari Shoul olamdan o‘tdilar. Yahudo xalqi esa menga moy surtib o‘zlariga shoh qildi.”
8 Nar degan odamning o‘g‘li Abnur Shoulning lashkarboshisi bo‘lgan edi. Abnur Shoulning o‘g‘li Ishbositni Moxanayim shahriga olib keldi.
9 Uni Gilad, Osher, Yizril, Efrayim, Benyamin hududlariga — butun Isroilga shoh qildi.
10 Ishbosit qirq yoshida shoh bo‘lib, u Isroilda ikki yil shohlik qildi. Lekin Yahudo xalqi Dovudga ergashdi.
11 Dovud Xevronda Yahudo xalqiga yetti yilu olti oy shohlik qildi.
12 Nar o‘g‘li Abnur Ishbositning odamlarini boshlab Moxanayimdan chiqdi va Givon shahriga qarab yurdi.
13 Dovudning odamlariga Zeruya o‘g‘li Yo‘ab bosh bo‘lib u yerga borganda, Givon hovuzi yonida Ishbositning odamlariga duch kelib qoldi. Tomonlarning biri hovuzning bir tarafida, ikkinchisi boshqa tarafida to‘xtashdi.
14 Abnur Yo‘abga: — Qani, har ikkala tomondan yigitlar ro‘paramizda olishsinlar, — dedi. — Mayli, olishaverishsin, — dedi Yo‘ab.
15 Ishbositning Benyamin qabilasidan o‘n ikki odami, Dovudning odamlaridan ham o‘n ikkitasi chiqdi.
16 Ular bir qo‘li bilan bir–birlarining boshlarini ushlashdi, ikkinchi qo‘li bilan qilichlarini bir–birlarining biqinlariga sanchishdi. Hammalari birga yerga yiqilib jon berishdi. Shu sababdan Givondagi o‘sha joyga “Tig‘lar maydoni” deb nom berilgan.
17 O‘sha kungi jang juda qattiq bo‘ldi. Baribir, Abnur boshliq Isroil odamlari Dovudning odamlaridan yengildi.
18 Zeruyaning uch o‘g‘li — Yo‘ab, Abushay va Osoyil ham o‘sha kuni u yerda edilar. Osoyil, xuddi kiyikka o‘xshab, juda chopag‘on edi.
19 U na o‘ngga, na chapga burilmay, to‘ppa–to‘g‘ri Abnurning izidan quvib ketdi.
20 Abnur orqasiga qarab: — Osoyil, bu senmisan? — deb so‘radi. — Ha, menman, — dedi Osoyil.
21 — Yo o‘ngga yoki chapga ket, yigitlardan birortasiga hamla qilib, qurol–yarog‘ini ol, — dedi Abnur. Ammo Osoyil Abnurning ortidan qolmadi.
22 Abnur Osoyilni yana ogohlantirdi: — Meni quvlama, tag‘in abjag‘ingni chiqarib yubormay! Aks holda akang Yo‘abning yuziga qanday qarayman?!
23 Baribir Osoyil uning ortidan qolmadi. Abnur nayzasining orqa uchi bilan Osoyilning qorniga bir urgan edi, nayza Osoyilning orqasidan teshib chiqdi. Osoyil yerga yiqildi–yu, jon berdi. Hamma Osoyil yiqilib o‘lgan joyga yetib bordi–yu, to‘xtab qoldi.
24 Yo‘ab bilan Abushay esa Abnurning izidan qolmadi. Kun botganda ular Omoh tepaligiga yetib borishdi. Omoh Givon cho‘liga boradigan yo‘lning sharq tomonidagi Giyoh degan joy yaqinida edi.
25 Benyamin qabilasidan odamlar yig‘ilib kelib Abnurning atrofiga birlashdi va bir tepalikning ustida to‘xtashdi.
26 So‘ngra Abnur Yo‘abni chaqirib dedi: — Qachongacha bir–birimizni qiramiz?! Buning oqibati yomon bo‘lishini bilasan–ku! Odamlaringga: “Bo‘ldi, endi birodarlaringizni ta’qib qilmanglar”, deb qachon buyruq berasan?
27 Yo‘ab esa shunday javob berdi: — Xudo haqi, yaxshiyamki o‘zing aytding. Bo‘lmasa, odamlarim ertaga ertalabgacha birodarlarini ta’qib qilishni to‘xtatmasdilar.
28 Yo‘ab burg‘u chaldirdi, hamma to‘xtadi. Shundan so‘ng ular Isroil lashkarini ta’qib qilishdan to‘xtab, ular bilan jang qilmadilar.
29 Abnur esa tun bo‘yi odamlari bilan Iordan vodiysi bo‘ylab yurib, Iordan daryosini kechib o‘tdi, ular jarlikni yoqalab, Moxanayimga yetib kelishdi.
30 Yo‘ab Abnurni quvlashdan to‘xtab, orqasiga qaytdi va hamma odamlarini to‘pladi. Osoyildan tashqari, Dovudning odamlaridan yana o‘n to‘qqiz kishi halok bo‘lgan edi.
31 Lekin Dovudning odamlari Abnurning qo‘l ostidagi Benyamin qabilasidan uch yuz oltmish kishini o‘ldirgan edilar.
32 Yo‘ab odamlari bilan Osoyilning jasadini olib kelib, ota–bobolarining Baytlahmdagi xilxonasiga dafn qilishdi. Yo‘ab va uning odamlari tuni bilan yo‘l yurib, Xevronga yetib kelishganda, tong otgan edi.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash

Shu bobni tarjimada ko’rish



AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18