Shohlar (uchinchi kitob) 11 bob

1 Sulaymon Xudodan yuz o‘giradi. 14 Sulaymonning dushmanlari. 26 Xudoning Yeribomga bergan va’dasi. 41 Sulaymonning o‘limi.

1 Shoh Sulaymon fir’avnning qizidan boshqa yana Mo‘ablik, Ommonlik, Edomlik, Sidonlik va Xet xalqidan ko‘pgina ajnabiy ayollarga ko‘ngil qo‘ydi.
2 EgamizIsroil xalqiga bu xalqlar haqida gapirib, shunday degan edi: “Ularga qiz bermanglar ham, qiz olmanglar ham. Aks holda ular ko‘nglingizni o‘z xudolariga rom qilib qo‘yadilar.” Sulaymon esa o‘sha ayollarga shahvat bilan yopishdi.
3 Uning yetti yuzta xotini shohlar qizlaridan bo‘lib, uch yuzta kanizagi ham bor edi. Xotinlari sababli shoh begona xudolarga yuz burdi.
4 Oxiri shunday bo‘ldiki, keksaygan chog‘ida shohning ko‘ngli xotinlari tufayli begona xudolarga moyil bo‘ldi. Dovud o‘zining Egasi Xudoga chin yurakdan bog‘langan edi, Sulaymon esa otasiga o‘xshamadi.
5 Shunday qilib, Sulaymon Sidon aholisining xudosi Ashtaret, Ommon xalqining makruh xudosi Mo‘laxga sajda qila boshladi.
6 Sulaymon Egamiz oldida qabihliklar qildi. Otasi Dovud Egamizga sodiq qolgan bo‘lsa, Sulaymon unday qilmadi.
7 Quddusning sharqidagi tepalikda Mo‘ab xalqining makruh xudosi Xamo‘shga va Ommon xalqining makruh xudosi Mo‘laxga sajdagoh qurdi.
8 Hamma ajnabiy xotinlari o‘z xudolariga tutatqi tutatib, qurbonliklar keltirishlari uchun shunday qildi.
9 Egamiz unga ikki marta zohir bo‘lib: “Begona xudolarga ergashma”, deb amr bergan edi. Lekin u Isroil xalqining Xudosi — Egamizdan yuz o‘girdi.
10 Egamizning amrini bajo qilmadi. Egamiz Sulaymondan qattiq g‘azablandi.
11 Shundan keyin U Sulaymonga dedi: — Modomiki, Sen bilan qilgan ahdimni va senga amr qilgan farmonlarimni bila turib bajarmagan ekansan, Men endi shohlikni sendan tortib olaman va tobe odamlaringdan biriga beraman.
12 Lekin otang Dovudning haqi–hurmati uchun bu ishni sen hayotligingda qilmayman. Shohlikni o‘g‘lingning qo‘lidan tortib olaman.
13 Shunda ham shohlikning hammasini tortib olmayman, qulim Dovudning haqi–hurmati uchun, O‘zim tanlab olgan Quddus haqi–hurmati uchun bitta qabilani sening o‘g‘lingga qoldiraman.
14 Egamiz Sulaymonga Edomlik Hadadni dushman qilib qo‘ydi. U Edom shohlari naslidan edi.
15 Ancha oldin Dovud Edomliklar bilan urush qilgan edi. O‘sha jangda Isroil xalqidan halok bo‘lganlarni dafn qilish uchun lashkarboshi Yo‘ab Edomga bordi.
16 Isroil lashkari va Yo‘ab Edomdagi erkak zotini bitta qo‘ymay qirib tashlagunga qadar, olti oy u yerda qolgan edilar.
17 Shunda Hadadga va uning otasiga xizmat qilgan ba’zi Edomliklar Misrga qochib ketishgan edi. O‘sha paytda Hadad kichkina bola edi.
18 Ular Midiyondan jo‘nab, Poronga yetib kelishdi. Porondan ham odamlar ularga qo‘shildilar. Keyin Misrga — Misr shohi fir’avn huzuriga yetib kelishdi. Fir’avn Hadadga uy berdi, oziq–ovqat tayin etdi, yer berdi.
19 Hadad fir’avnning hurmatini qozondi. Fir’avn Hadadga qayinsinglisini — malika Taxpanasning singlisini nikohlab berdi.
20 Xotini Hadadga o‘g‘li Ganuvatni tug‘ib berdi. Taxpanas bolani fir’avn xonadonida tarbiya qila boshladi. Ganuvat fir’avn xonadonida uning o‘g‘illari qatorida ulg‘aydi.
21 Hadad Misrda: “Dovud olamdan o‘tibdi, lashkarboshi Yo‘ab ham vafot etibdi”, degan xabarni eshitgach, fir’vnga dedi: — Menga ijozat bersalar, o‘z yurtimga ketsam.
22 Yurtimga ketaman, deysan, nima, mening yonimda biror narsaga muhtojlik sezyapsanmi? — deb so‘radi fir’avn. — Yo‘q, aslo, lekin baribir, menga ijozat bersalar, — deb turib oldi Hadad.
23 Xudo Razo‘nni ham Sulaymonga dushman qilib qo‘ydi. Razo‘n Elyodax deganning o‘g‘li edi. Razo‘n o‘z xo‘jayini, Zo‘vo shohi Hadadzarning dastidan qochib ketgan edi.
24 Dovud Zo‘voliklarni qirgach, Razo‘n ham atrofiga bir bosqinchi guruhni to‘plab, o‘sha guruhga bosh bo‘ldi. So‘ng ular Damashqqa borib, u yerda joylashdilar. Damashqda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar.
25 U ham Sulaymon hayot paytida Isroilga dushman bo‘lib qoldi. Razo‘n Oramda shoh bo‘lib turar ekan, Hadad kabi, Isroilga nafrat bilan qarab, doimo dushmanlik qilib keldi.
26 Yana Sulaymonning a’yonlaridan biri — Efrayim qabilasidan bo‘lgan Yeribom degani ham shohga qarshi bosh ko‘tardi. U Zarido shahridan Nabat deganning o‘g‘li edi. Yeribomning onasi beva ayol bo‘lib, oti Zaruva edi.
27 Yeribom Sulaymonga qarshi bosh ko‘targanining sababi quyidagicha edi: Sulaymon Quddusning sharq tomonidagi pastlikni to‘ldirib, mustahkamlab, otasi Dovud qal’asining devorlarini tuzatgan edi.
28 Yeribom juda ham qobiliyatli yigit edi. Yeribomning g‘ayratliligini ko‘rgan Sulaymon uni Yusuf qabilasidan olingan barcha qarollarga nazoratchi qilib qo‘ydi.
29 Bir kuni Yeribom Quddusdan tashqari chiqqan edi, Shilo‘lik payg‘ambar Oxiyo bilan yo‘lda uchrashib qoldi. Oxiyo yangi kiyimlar kiyib olgan ekan. U yerda ikkovidan boshqa hech kim yo‘q edi.
30 Shu payt Oxiyo ustidagi yangi kiyimlarini yechdi–yu, yirtib o‘n ikki bo‘lakka bo‘lib tashladi.
31 Keyin Yeribomga dedi: — O‘zingga o‘n bo‘lagini ol. Isroil xalqining Xudosi — Egamiz ham shunday aytmoqda: “Men Sulaymonning qo‘lidan shohlikni tortib olaman va o‘nta qabilani senga beraman.
32 Qulim Dovudning haqi–hurmati uchun, Isroilning hamma qabilalari orasidan O‘zim tanlab olgan Quddus shahri haqi– hurmati uchun bitta qabila Sulaymonniki bo‘ladi.
33 Sulaymon Mendan yuz o‘girib, Sidonning xudosi Ashtaretga, Mo‘ab xudosi Xamo‘shga, Ommonning xudosi Mo‘laxga sajda qila boshladi. Otasi Dovudga o‘xshamadi, oldimda to‘g‘ri ishlar qilmadi, farmonlarimga va qonun– qoidalarimga rioya qilmadi, yo‘llarimdan yurmadi.
34 Ammo shohlikni undan tamomila tortib olmayman. Amr va farmonlarimga rioya qilgan va o‘zim tanlab olgan qulim Dovudning haqi–hurmati uchun, Sulaymonni umrining oxirigacha shoh qilaman.
35 Shohlikni esa uning o‘g‘lidan tortib olib, o‘nta qabilani senga beraman.
36 Men o‘sha yerda ulug‘lanay, deb O‘zim uchun Quddus shahrini tanlaganman. Qulim Dovudning chirog‘i Quddusda hech qachon o‘chmasin, deb Sulaymonning o‘g‘liga bitta qabilani beraman.
37 Men seni Isroil shohi qilaman, ko‘ngling qayerni istasa, o‘sha yerda shohlik qilaverasan.
38 Agar qulim Dovudga o‘xshab aytganlarimga itoat qilsang: yo‘llarimdan yursang, oldimda to‘g‘ri ishlar qilsang, farmon va amrlarimga rioya qilsang, Men sen bilan bo‘laman. Isroilni senga berib, Dovudga qilganimday, xonadoning hukmronligini o‘zingdan keyin ham davom ettiraman.
39 Sulaymonning shu qilmishlari evaziga Dovudning naslini tahqirlayman, lekin to abad emas.”
40 Sulaymon Yeribomni o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Yeribom esa Misrga — Misr shohi Shishaxning yoniga qochib ketdi. U Sulaymon vafot etguncha Misrda qoldi.
41 Sulaymonning boshqa ishlari, butun faoliyati, uning donishmandligi haqida “Sulaymonning ishlari” kitobida yozib qoldirilgan.
42 Sulaymon Quddusda butun Isroil ustidan hukmdor edi. Uning hukmronligi qirq yil davom etdi.
43 Sulaymon olamdan o‘tdi. U otasi Dovud qal’asida ota– bobolari yoniga dafn qilindi. O‘rniga esa o‘g‘li Raxabom shoh bo‘ldi.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Турмуш ўртоғингиз нотўғри ёъл тутганда, Сиз тоғри ёъл тудинг (Лесли Верник)    Матонат соҳиби (Джош Макдауелл)    Бахтли оила (Абдулла Рашидов)    Zamonamiz durdonasi (Nikolay Boyko)    Худди Исо Каби (Макс Лукадо)    Уни Нажоткор деб аташлари таажжубли эмас (Макс Лукадо)    Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак