Shohlar (uchinchi kitob) 8 bob

1 Ahd sandig‘i Egamizning uyiga keltiriladi. 14 Shoh Sulaymonning duosi. 22 Sulaymonning ibodati. 54 Sulaymonning so‘nggi duosi. 62 Sulaymon qurbonliklar keltiradi.

1 Shundan so‘ng Sulaymon Isroil oqsoqollarini, hamma qabila yo‘lboshchilarini, Isroil xalqi urug‘boshilarini Quddus shahriga to‘pladi. U Egamizningahd sandig‘iniDovud qal’asidan — SiondanEgamizning uyiga olib kelmoqchi edi.
2 Ularning hammasi yettinchi oyda — Yetanim oyidagi Chayla bayrami kuni shoh Sulaymonning huzuriga yig‘ilishdi.
3 Isroil oqsoqollarining hammasi kelgach, ruhoniylarsandiqni yerdan ko‘tarishdi.
4 Ruhoniylar va levilarEgamizning sandig‘i bilan birga, Uchrashuv chodirini, chodirdagi barcha muqaddas buyumlarni Egamizning uyiga olib kelishdi.
5 Shoh Sulaymon va to‘plangan butun Isroil jamoasi sandiqning oldida qo‘ylar, mollar so‘yib, qurbonlik qilishdi. Qurbonlik qilingan qo‘y va mollar shu qadar ko‘p ediki, hisobiga yetib bo‘lmasdi.
6 Ruhoniylar Egamizning ahd sandig‘ini unga atalgan joyga — Eng muqaddas xonaga, karublarning qanotlari ostiga qo‘yishdi.
7 Karublarning qanotlari sandiq usti bo‘ylab cho‘zilgan va sandiq hamda uning xodalarini berkitib turardi.
8 Xodalar shunchalik uzun ediki, ularning uchi Eng muqaddas xonaning shundaygina oldidan ko‘rinib turardi, boshqa joydan esa ko‘rinmasdi. Xodalar bugungacha ham o‘sha yerda turibdi.
9 Sandiqning ichida Muso Sinay tog‘ida qo‘ygan ikkita tosh lavhadan boshqa hech narsa yo‘q edi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin Sinay tog‘ida Egamiz ular bilan ahd tuzgan edi.
10 Ruhoniylar Muqaddas xonadan chiqayotganlarida, Egamizning uyi bulut bilan to‘lib ketdi.
11 Bulut nur sochib, ko‘zni qamashtirardi. Ruhoniylar xizmatni davom ettirish uchun u yerga kirolmay qoldilar, chunki uy Egamizning ulug‘vorligi bilan to‘lgandi.
12 Shunda Sulaymon ibodat qildi: — Ey, Egamiz! Sen, zim–ziyo zulmatda maskan qilarman, degan eding.
13 Mana endi senga ajoyib bir uy, abadiy istiqomat qilishing uchun bir maskan barpo qildim.
14 Keyin shoh orqasiga qayrilib, tik turgan jamiki Isroil jamoasini duo qildi.
15 Shoh dedi: — Isroil xalqining Xudosi — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin. U otam Dovudga bergan va’dasini bajardi.
16 Egamiz otamga shunday degan edi: “Xalqim Isroilni Misrdan olib chiqqan kunimdan beri Men ulug‘lanadigan uy barpo qilish uchun Isroil qabilalarining birorta shaharni tanlamadim, balki xalqim Isroil ustida hukmron bo‘lsin, deb Dovudni tanladim.”
17 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab bir uy barpo qilmoq otam Dovudning niyati edi.
18 Lekin Egamiz otam Dovudga shunday deb aytdi: “Modomiki, Menga atab bir uy barpo qilmoqni ko‘nglingga tuygan ekansan, yaxshi qilibsan.
19 Biroq Menga atab o‘sha uyni sen emas, balki sening pushti kamaringdan bino bo‘ladigan o‘g‘ling barpo qiladi.”
20 Egamiz va’da bergan edi, bajo ayladi: otam Dovudning o‘rniga taxtga men chiqdim, Egamiz va’da etganiday, Isroil taxtiga o‘tirdim, Isroil xalqining Xudosi — Egamizga atab bir uy bino qildim.
21 O‘sha uyda Ahd sandig‘i uchun ham joy tayyorladim. Egamiz ota–bobolarimizni Misr yurtidan olib chiqqandan keyin, ular bilan qilgan ahd lavhasi shu sandiqning ichida turibdi.
22 Sulaymon Egamizning qurbongohi oldida Isroil jamoasi ro‘parasida qo‘llarini ko‘kka cho‘zganicha dedi:
23 — Ey, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! Na yuqorida — ko‘kda, na quyida — yerda Senga o‘xshashi yo‘q. Senga butun qalbi bilan bog‘lanib, Sen ko‘rsatgan yo‘ldan yuradigan qullaringga Sen ahdingni sodiq saqlaysan.
24 Quling — otam Dovudga Sen O‘z og‘zing bilan bergan va’dalaringni bugun qo‘ling bilan bajo aylading.
25 Ey, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz! O‘zingning qulingga — otam Dovudga: “Bolalaring ham senga o‘xshab oldimda o‘ylab qadamini bossalar, sening naslingdan bo‘lgan erkak zoti to abad Isroil taxtida o‘tiradi”, deb va’da bergan eding. Endi bergan va’dangni ado et!
26 Ey, Isroil xalqining Xudosi! Qulingga — otam Dovudga aytganlaring to‘g‘ri chiqsin, deb iltijo etaman.
27 Xudo yer yuzida yasharmidi?! Sen osmonga, hatto falak toqiga ham sig‘massan. Falak toqi oldida men qurgan uy nima bo‘libdi?!
28 Ey, Egam Xudo, iltijo bilan qilgan ibodatimni qabul et! Senga yolvorib qilayotgan iltijolarimga javob ber.
29 Sen: “Men o‘sha yerda ulug‘lanay”, deb aytgan eding. Ko‘zlaring kechayu kunduz o‘sha joyga — o‘sha uyga qadalib tursin. Men, quling o‘sha tomonga qarab ibodat qilaman, ibodatlarimni tingla.
30 Isroil xalqi bilan birga o‘sha tomonga qarab qilgan iltijolarimizga quloq tut. Samolardan — O‘z makonningdan turib quloq sol, eshitginu gunohimizdan o‘t.
31 Kimdir gunohkorlikda ayblansa, o‘sha odam kelib, uying — qurbongohing oldida aybsizman, deb ont ichsa,
32 ey, Egam, samodan turib quloq sol, qullaringni O‘zing hukm et. Gunohkorning qilmishini bo‘yniga qo‘y, jazosini ber. Gunohsizning esa haqligini ko‘rsat, haq bo‘lgani uchun uni ozod qil.
33 Xalqing Isroil Sening oldingda gunoh qilgani uchun yovga mag‘lub bo‘lsa, yana qaytib Seni tan olsa–da, o‘sha uyda Senga yolvorib iltijo qilsa,
34 Sen samodan turib, ularning iltijolariga quloq sol, gunohlaridan o‘t. Otalariga O‘zing bergan yurtga ularni qaytar.
35 Ular Senga qarshi gunoh etganlari uchun osmon berkilib, yomg‘ir yog‘maganda, ular o‘sha uyga qarab, Seni yana tan olib iltijo qilsalar, Sen ularni gunohlari uchun jazolaganingda, tavba qilsalar,
36 qullaring Isroil xalqiga samodan turib quloq sol, ularning gunohidan o‘t. Ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat, toki o‘sha yo‘ldan ketsinlar, keyin xalqingga mulk qilib bergan yerga yomg‘ir yog‘dir.
37 Yurtda ocharchilik yo o‘lat paydo bo‘lsa, garmsel, zang kasali, chigirtka, qurt–qumursqa bossa yoki o‘z yurtida yov qamal qilsa, yoxud kulfat, xastalik boshiga kelsa,
38 har qanday inson yoki xalqing Isroil Senga yolvorib ibodat qilsa, har kim o‘z yuragidagi dardini aytib, bu uy tomonga qo‘llarini cho‘zsa,
39 Sen osmondan — maskaningdan turib quloq sol va ularning gunohidan o‘t. Har birining tutgan yo‘liga qara, xizmatiga yarasha ber,
40 toki Sen O‘zing ota– bobolarimizga bergan yurtda umrlarining oxirigacha Sendan qo‘rqib yashasinlar. Zotan, jamiki inson bolasining ko‘nglidagini yolg‘iz Sen bilasan, xolos.
41 Xalqing Isroildan bo‘lmagan begona odam Seni deb uzoq yurtdan kelib,
42 Sening shuhrating, qudrating va ajoyibotlaring haqida eshitib, o‘sha uyga qarab ibodat qilsa,
43 Sen makoningdan turib quloq sol. O‘sha odamning so‘raganini bajo ayla, toki yer yuzidagi hamma xalqlar Seni bilishsin, xalqing Isroil kabi Sendan hayiqadigan bo‘lsin. Men barpo qilgan shu uy Senga atab qilinganini bilsin.
44 Sen xalqingni g‘animlariga qarshi jang qilishga yuborganingda, ular O‘zing tanlab olgan bu shaharga, Senga atab men qurgan uyga yuz burib, ibodat qilsalar,
45 osmondan turib ularning iltijolarini eshit, bajo ayla.
46 Sening oldingda ular gunoh qilganlarida, chunki gunoh qilmaydigan odamning o‘zi yo‘q, Sen g‘azablanib, ularni yaqin yoki uzoq yurtlarga asir qilib olib ketadigan dushmanlarning qo‘liga bersang,
47 ular g‘animlari yurtida asirlikda yurib, esini yig‘ib olgach: “Gunoh qildik, shakkoklik qildik, aybdormiz”, deb tavba qilib, Senga yolvorsalar,
48 g‘animlar yurtida butun qalbi bilan, jonu dili bilan Senga qaytsalar, O‘zing ota– bobolariga bergan yurtga, O‘zing tanlab olgan shaharga, Senga atab men qurgan uyga yuz burib, O‘zingga ibodat qilsalar,
49 samodan — makoningdan turib ularning qilgan iltijolarini eshit, bajo ayla.
50 Xalqing Senga qarshi qancha gunoh qilgan bo‘lmasin, Senga qarshi qanchalik isyon qilgan bo‘lmasin, ularni kechir. Xalqingni asir etgan yov ko‘nglida shafqat qo‘zg‘atgin, toki ular xalqingga mehribonlik qilsin.
51 Axir, Isroil Sening xalqing, Sening ulushingdir. Ularni Misrdan — temir o‘choq ichidan O‘zing olib chiqqansan.
52 Xalqing Senga doimo iltijo qilganda, men, qulingning iltijolarini, xalqing iltijolarini eshitib, ularga doimo nazaringni solib marhamat qilgin.
53 Zotan, ota–bobolarimizni Misrdan olib chiqqaningda, quling Muso orqali aytganingday, ularni O‘zingning ulushing qilib, dunyodagi hamma xalqdan ajratib olding, ey, Egamiz Rabbiy!
54 Sulaymon Egamizning qurbongohi oldida tiz cho‘kib, qo‘llarini yuqoriga ko‘targanicha, Unga ibodatini aytib bo‘lgach, o‘rnidan turdi.
55 Sulaymon tik turganicha baland ovoz bilan Isroil jamoasini duo qildi:
56 — Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! U va’dasiga ko‘ra, O‘zining xalqi Isroilga tinchlik– omonlik berdi. U quli Muso orqali yaxshi va’dalar bergan edi, o‘sha va’dalarning birontasi ham bajarilmay qolmadi.
57 Egamiz Xudo ota– bobolarimiz bilan bo‘lganiday, biz bilan ham bo‘lsin, bizni tark etmasin, tashlab ketmasin.
58 Egamizning yo‘lidan yurmoq uchun, ota– bobolarimizga buyurgan amr, farmon va qonun– qoidalarga rioya etmog‘imiz uchun ko‘nglimizni O‘ziga rom qilsin.
59 Egamizning oldida iltijo qilarkanman, shu iltijolarimga quloq tutib, bu qulining va O‘zining xalqi Isroilning kundalik ehtiyojlarini bajo aylasin,
60 toki dunyodagi jamiki qavmlar Egamiz — Xudo ekanini bilib qo‘ysin. Undan boshqasi yo‘q.
61 Hozirgiday, uning farmonlari bo‘yicha yurmoq uchun, amrlariga rioya etmoq uchun chin yurakdan Egamiz Xudoga bog‘laninglar.
62 Shundan keyin shoh va hamma Isroil xalqi Egamizga atab qurbonlik qildilar.
63 Sulaymon 22.000 mol, 120.000 qo‘yni Egamizga atab tinchlik qurbonligi qildi. Shu tariqa shoh va butun Isroil xalqi Egamizning uyini bag‘ishladilar.
64 Shu kuni shoh Egamizning uyi oldidagi hovli o‘rtasini ham muqaddas qildi. So‘ng o‘sha yerda kuydiriladigan qurbonliklar, don nazrlari va tinchlik qurbonliklarining yog‘ini nazr qildi, chunki bularning hammasi Egamizning huzuridagi bronza qurbongoh ustiga sig‘magan edi.
65 Keyin Sulaymon va u bilan birga katta jamoa — Levo–Xomatdan tortib Misr soyligiga qadar yerlarda yashaydigan butun Isroil xalqi Egamiz Xudo oldida Chayla bayramini nishonlashdi. Bayram o‘n to‘rt kun davom etdi. Ular yetti kun qurbongohning Xudoga bag‘ishlanishini nishonlashdi, yetti kun Chayla bayramini qilishdi.
66 Chayla bayramidan keyin Sulaymon xalqqa ruxsat berdi, xalq shohni duo qildi. Shundan keyin Egamiz O‘z quli Dovudga va Isroil xalqiga ko‘rsatgan muruvvati tufayli hammaning ko‘ngli shodlikka to‘lib, uylariga qaytib ketdilar.


Shu bobni eshitish:


AUDIOKITOB. Barcha boblarni tinglash


AJOYIB KITOBNI O'QING Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP

• Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
• Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)
• Муқаддас Китоб (катта шрифтли нусхаси) (кирилл 38mb .PDF)

MUQADDAS KITOB
1. Eng ko'p o'qiladigan kitob - har yili taxminan 80 million nusxada nashr etiladi
2. Muqaddas Kitob 1600 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozilgan va hech qanday qarama-qarshiliklarga ega emas.
3. Injil uch tilda (ibroniy, yunon va oromiy) va uchta qit'ada yozilgan.
4. Muqaddas Kitob toʻliq yoki qisman 2377 til va dialektga tarjima qilingan.


MakDonaldning sharhlari kitob
MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari

30 yoshida Uilyam MakDonald Xudoga Muqaddas Kitobga sharhlar yozib, Yangi Ahdni oyatma-oyat tushuntirib berish va’dasini berdi.

Uilyam MakDonald - taniqli ilohiyot o‘qituvchisi, oltmishdan ortiq kitob muallifi.

Muallif so‘zboshisi
"Muqaddas Kitob sharhlari"ning maqsadi Xudoning Kalomini jiddiy o‘rganishni boshlashga yordam berishdir. Biroq, shuni esda tutish kerakki, hech qanday sharhlar kitobi Muqaddas Kitobning o‘rnini bosa olmaydi.

Sharhlar sodda va qisqa tilda yozilgan. Ular ilmiy yoki chuqur ilohiyot tadqiqoti darajasiga da’vo qilmaydi.

Kalomni hayotda amaliy qo‘llash zarur. Shu bois, sharhlar Xudoning Kalomini inson hayotida qanday tatbiq etish mumkinligi haqida maslahat berishga intiladi.

Muqaddas Kitobni qamrab olgan Muqaddas Ruh o‘quvchiga mo‘jizaviy intilish - Xudoni Uning Kalomi orqali bilish yo‘lini yoritib bersin.

MakDonaldning Muqaddas Kitobga sharhlari - Muqaddas Kitob: kitobook.com/mcdonald/


Kitoblar



Qaysi kitoblarni eshitmoqchisiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @audio_kitoblar_uzbektilida
🎧 Ushbu kanal siz uchun turli janrdagi Audio kitoblarni taqdim etadi.
- Kitoblar
- Tahlillar
- Suhbatlar
- Mulohazalar
- Bilimlar
- Tarixiy asarlar
- Motivatsion kitoblar
📖 Vaqtingizni unumli o‘tkazing va bilimlaringizni kengaytiring!


Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd





Tavrot Oʻzbek tilidagi. Eski Ahd

1-Tavrot kitobi 2-Tavrot kitobi 3-Tavrot kitobi 4-Tavrot kitobi 5-Tavrot kitobi
Muqaddas kitob. Eski Ahd
Yoshua kitobi Hakamlar kitobi Rut kitobi Shohlar. birinchi kitob Shohlar. ikkinchi kitob Shohlar. uchinchi kitob Shohlar. 4 kitob Solnomalar. 1 kitob Solnomalar. 2 kitob Ezra kitobi Naximiyo kitobi Ester kitobi Ayub kitobi

ZABUR va HIKMATLARI, Sulaymonning kitobi. Muqaddas kitob. Eski Ahd

Zabur kitobi Sulaymonning hikmatlari Voiz kitobi Sulaymonning kitobi
Payg‘ambarlar kitoblari. Eski Ahd
Ishayo kitobi Yeremiyo kitobi Marsiyasi kitobi Hizqiyo kitobi Doniyor kitobi Xo‘sheya kitobi Yo‘el kitobi Amos kitobi Obodiyo kitobi Yunus kitobi Mixo kitobi Noxum kitobi Xabaqquq kitobi Zafaniyo kitobi Xaggey kitobi Zakariyo kitobi Malaki kitobi

Muqaddas xushxabar Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto kitobi Mark kitobi Luqo kitobi Yuhanno kitobi Havoriylarning faoliyati

Maktublari. Yangi Ahd

Yoqub kitobi Butrus kitobi Butrus 2 kitobi Yuhanno kitobi Yuhanno 2 kitobi Yuhanno 3 kitobi Yahudo kitobi Rimliklar kitobi Korinfliklar kitobi Korinfliklar 2 kitobi Galatiyaliklar kitobi Efesliklar kitobi Filippiliklar kitobi Kolosaliklar kitobi Salonikaliklar kitobi Salonikaliklar 2 kitobi Timo‘tiy kitobi Timo‘tiy 2 kitobi Titus kitobi Filimo‘n kitobi Ibroniylar kitobi Vahiy kitobi


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18