Shohlar (uchinchi kitob) 3 bob

1 Sulaymon donolik so‘raydi. 16 Sulaymonning donishmandligidan bir lavha.

1 Sulaymon Misr shohi — Fir’avnning qizlaridan biriga uylanib, Fir’avn bilan aloqasini mustahkamladi, xotinini esa Quddusdagi Dovud qal’asiga olib keldi. U o‘z saroyini, Egamizning uyini va Quddus atrofidagi devorni bitirgunga qadar, xotini o‘sha yerda yashadi.
2 Xalq hali ham turli joylardagi sajdagohlarda qurbonlik qilib yurardi, chunki o‘sha kunlargacha Egamizga atab bir uy qurilmagan edi.
3 Sulaymon Egamizni sevardi, shuning uchun otasi Dovudning ko‘rsatmalari bo‘yicha yurardi. Lekin u ham sajdagohlarda qurbonlik qilar va tutatqi tutatardi.
4 Shoh qurbonlik qilish uchun Givonga ketdi. Chunki eng asosiy sajdagoh o‘sha yerda edi. Sulaymon ilgari ham o‘sha qurbongohda minglab kuydiriladigan qurbonliklar keltirgan edi.
5 Sulaymon Givonda kechasi tush ko‘rdi. Tushida Egamiz zohir bo‘ldi. Xudo unga: — Tila tilagingni! — dedi.
6 Sulaymon aytdi: — Ey, Xudoyim! Otam Dovud Sening quling edi. Otam Senga sodiq bo‘lib, solihlik bilan, to‘g‘ri ko‘ngil bilan yurgani uchun, unga ulug‘ sevgingni ko‘rsatding. Otamga marhamat qilib, bugun uning taxtiga o‘tirmog‘i uchun unga bir o‘g‘il ato etding.
7 Endi ey, Egam Xudo, bu qulingni otam Dovud o‘rniga shoh qilding. Men esa bir yosh boladayman, ko‘p narsaga aqlim yetmaydi, nima qilishimni ham bilmayman.
8 Endi men, quling, O‘zing saylab olgan xalqni boshqarishim lozim. Ko‘pligidan bu xalqni hisoblab chiqishning imkoni ham yo‘q.
9 Endi xalqingga shohlik qilishim uchun menga aql–idrok berginki, yaxshilik bilan yomonlikning farqiga borayin. Binobarin, Sening shu qadar behisob xalqingga kim hukmronlik qila olar?!
10 Sulaymon so‘ragan narsalar Rabbiyga ma’qul bo‘ldi.
11 So‘ng Xudo unga dedi: — Sen o‘zing uchun uzoq umr so‘ramading, o‘zing uchun boylik istamading, dushmanlaringning jonini so‘ramading. Aksincha, to‘g‘ri hukm etmoq uchun o‘zing uchun aql–idrok so‘rading.
12 O‘zingning so‘raganingga ko‘ra, senga donishmandlik va aql–idrok ato qilaman. Sendan avval o‘zingga o‘xshagani dunyoga kelmagan edi, bundan so‘ng ham senga o‘xshagani dunyoga kelmas.
13 Yana o‘zing so‘ramagan narsalarni — boylik va obro‘ni ham beraman: umring bo‘yi shohlar orasida senga teng keladigani bo‘lmas.
14 Sen ham farmonlarimga, amrlarimga rioya qilib, otang Dovud yurgani singari, Mening yo‘llarimdan yursang, umringni yanada uzaytiraman.
15 Sulaymon uyg‘onib ketdi, hammasi tush edi. Shundan keyin u Quddusga keldi va Egamizning ahd sandig‘i oldida turib, kuydiriladigan qurbonliklar va tinchlik qurbonliklari qildi, hamma a’yonlariga ziyofat berdi.
16 Bir kuni ikkita fohisha xotin shohning huzuriga kelib, uning oldiga kirishdi.
17 Xotinlardan biri gap boshladi: — Hazrati oliylari! Men mana bu ayol bilan bir uyda yashayman. U bilan uyda qolganimda, mening ko‘zim yoridi.
18 Mening ko‘zim yorigandan so‘ng uchinchi kuni bu ayol ham farzand ko‘rdi. Xullas, biz birga edik. Uyda faqat ikkovimiz, boshqa odam yo‘q edi.
19 Manavi xotin kechasi bolasini bosib olgan ekan, bolasi o‘lib qolibdi.
20 Yarim kechasi turib, bu cho‘ringiz uxlab yotganda, o‘g‘limni bag‘rimdan olib, o‘zining yoniga qo‘yibdi. Nobud bo‘lgan bolasini esa mening yonimga yotqizib qo‘yibdi.
21 Bolamni emizish uchun saharda tursam, u jonsiz yotgan ekan. Faqat ertalab unga qarab, mening o‘g‘lim emasligini bildim.
22 Ikkinchi xotin esa: — Yo‘q, tirigi — mening o‘g‘lim, o‘lgan bola — seniki! — dedi. Birinchisi esa: — Yo‘q, o‘lgan bola — seniki, tirigi — meniki! — dedi. Shunday qilib, ular shoh huzurida mojaro qilishdi.
23 Nihoyat, shoh dedi: — Biringiz: “Tirigi — mening o‘g‘lim, nobud bo‘lgani — seniki”, deyapsiz. Ikkinchingiz esa: “Yo‘q, nobud bo‘lgani — seniki, tirigi — meniki”, deyapsiz.
24 Shundan keyin shoh: — Menga bir qilich olib kelinglar! — deb buyurdi. Shohga qilich olib kelishdi.
25 — Tirik bolani ikkiga bo‘linglar. Yarmini bittasiga, yarmini esa ikkinchisiga beringlar! — deb farmon berdi.
26 Shu zahoti bolasi tirik qolgan ayol shohga dedi: — Hazrati oliylari! Tirik qolgan bolani manavi ayolga beravering! Uni o‘ldirmasangiz bo‘ldi! Bu ayolning farzandi uchun yuragi yonardi. Narigisi esa: — Menga ham bo‘lmasin, senga ham, ikkiga bo‘laveringlar! — dedi.
27 Shu onda shoh: — To‘xtanglar, bolani o‘ldirmanglar! — dedi. — Bolani rahmdil ayolga beringlar, onasi o‘shadir.
28 Shoh chiqargan bu hukmni butun Isroil xalqi eshitdi. Shundan keyin shohdan hayiqadigan bo‘ldilar, chunki e’tibor bersalar, adolatli hukm qilish uchun Xudo unga donishmandlik ato qilgan ekan.


Shu bobni eshitish:


Muqaddas Kitob. Tavrot, Zabur, Injil
Tavrot | Zabur | Injil (+audio)
Muqaddas Kitob  Muqaddas Kitob APP
Yuklab olish - Muqaddas Kitob O'zbek tilida Injil (latin 27mb .pdf)
Скачать - Муқаддас Китоб (Инжил) (кирилл 26mb .PDF)

Kitoblar



Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?
Qaysi kitoblarni tinglashni istaysiz?

docs.google.com/forms
Xush kelibsiz!

Яхши аудио Китоблар
Audiokitoblar Uzbek tilida


Kinolar va Multiklar
Kinolar Uzbek tilida


Audiokitob - Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd
Audiokitob Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd



Nimaga Marvarid?

Аудио Кутубхона
Audiokitob Uzbek tilida

Telegram bot: @audio_kito_bot
Kanal: @kitoblar_elektron_uz


Injil Uzbek tilidagi. Yangi Ahd

Matto Muqaddas xushxabar  Mark Muqaddas xushxabar  Luqo Muqaddas xushxabar  Yuhanno Muqaddas xushxabar  Havoriylarning faoliyati  Yoqubning maktubi  Butrusning birinchi maktubi  Butrusning ikkinchi maktubi  Yuhannoning birinchi maktubi  Yuhannoning ikkinchi maktubi  Yuhannoning uchinchi maktubi  Yahudoning maktubi  Rimliklarga maktub  Korinfliklarga birinchi maktub  Korinfliklarga ikkinchi maktub  Galatiyaliklarga maktub  Efesliklarga maktub  Filippiliklarga maktub  Kolosaliklarga maktub  1-Salonikaliklarga  2-Salonikaliklarga  Timo'tiyga birinchi maktub  Timo'tiyga ikkinchi maktub  Titusga maktub  Filimo'nga maktub  Ibroniylarga maktub  Yuhannoga ko'rsatilgan vahiy


Sharhlar

...ҳар куни — байрамнинг биринчи кунидан охирги кунигача Худонинг Таврот китобидан ўқиб берди...

...kunidan oxirgi kunigacha Xudoning Tavrot kitobidan o‘qib berdi...
Naximiyo 8:18


Yaxshi audio kitoblarni yuklab oling uzbek tilidagi

Дарбадар ўгилнинг қайтиши (Генри Нувен)    Худо жуда яқин келди (Макс Лукадо)    Эски Аҳд аёллари ҳақида вазлар (Чарлз Спержен)    Iso bizning taqdirimiz (Vilgelm Bush)    Сиз осмонда қилолмайдиган иш (Марк Кехилл)    Дарбадар ўғил (Чарлз Спержен)    Ҳомиладорлигим кундалиги (Вера Самарина)    Иброҳимнинг оиласи: парчаланган шажарани шифолаш (Дон Мак-Керри)    Зулматдаги нур (Доктор Джеймс ва Ширли Добсон)    Митти Тиллақўнғиз ва Серқуёш ўтлоқзор аҳолиси (Майя Огородникова)    Подшоҳнинг сири  (Урусла Марк)    Яна қароқчилар қўлидами? (Урусла Марк)    Қароқчиларникидай  эмас (Марк Урусла)    Эътиқод уфқлари (Георгий Винс)    (Биродар Андрей ва Алекс Янсен) Сирли масиҳийлар    Масиҳийлик таълимоти асослари (Роберт Спраул)    Ҳаёт бўронларига бардош беринг (Пол Эстебрукс)    Абадийликка ишонаман (Николай Ерофеевич Бойко)    Ўсмир ибодатининг кучи (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Чегарасиз хает (Ник Вуйчич) kitob Uzbek tilida    Севимли инсоннинг ҳаёти (Генри Нувен) kitob Uzbek tilida    Довюраклар (Макс Лукадо) kitob Uzbek tilida    Бирга қилинган ибодатнинг қудрати (Сторми Омартиан) kitob Uzbek tilida    Хузур халоват амрлари (Джон Макартур) kitob Uzbek tilida    Саботли инсон (Джош Макдауелл) kitob Uzbek tilida    Shijoatkor (Nik Vuychich) kitob Uzbek tilida    Мақсад Сари Йўналтирилган Ҳаёт (Рик Уоррен) kitob Uzbek tilida    Чалғитиш номли душман (Джон Мэйсон) kitob Uzbek tilida    Мафтункор Гўзаллик (Джон ва Стейси Элдридж) kitob Uzbek tilida    Севги ва ҳурмат (Эмерсон Эггерих) kitob Uzbek tilida    Ayollar... (Nensi Demoss) kitob Uzbek tilida    Хакиат асоси (Джон Стотт) kitob Uzbek tilida    ИБОДАТГЎЙ АЁЛНИНГ КУЧИ (СТОРМИ ОМАРТИАН) kitob Uzbek tilida    ТЎҒРИ ҚАРОР (Джош ва Дотти Макдауэлл) kitob Uzbek tilida    Нега? (Филип Янси) kitob Uzbek tilida    Hayotdagi yetakchilik va ijodiy salohiyat (Rik Joyner) kitob Uzbek tilida    Ishayo 53 sharxlar (Mitch Gleyzer) kitob Uzbek tilida    Xudoga qay tarzda manzur bolish mumkin (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Mukaddas ruxning siri (Robert Charlz Spraul) kitob Uzbek tilida    Ota-ona ibodatining kuchi (Stormi Omartian) kitob Uzbek tilida    Muhabbat tilsimi (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida  Xudoning qalbiga mos erkak (Jim Jorj) kitob Uzbek tilida    Bolaning nazaridagi qahramon (Djosh Makdauell) kitob Uzbek tilida    G‘alamisning xati (Klayv Steyplz Lyuis) kitob Uzbek tilida    Dolzarb Savollarga Javoblar (James Paker) kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    kitob Uzbek tilida    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Bolalar Audiokitob Uzbekcha    Bolalar kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audio kitob Uzbekcha    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida    Audiokitob Uzbek tilida  Hamdu Sanolar Uzbekcha    Hamdu Sanolar - Imon yuli. Uzbek musika



Kitobook – Kitoblar, AudioKitoblar: Инжил ва Muqaddas Kitob ва Инжил Каракалпак